652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining turlari va ularning turkumlanishi Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlangan davrida
paydo bo‘lganligi va ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida u xo‘jalik
mexanizmining eng barqaror va yo‘lga quyilgan qismlaridan biri
hisoblanishi haqidagi ma’lumotlarni oldingi ma’ruzalarda aytib
o‘tgan edik. Xuddi shunday, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar
bozorini paydo bo‘lishi, davlat korxonalarini xususiylashtirish va
aksiyadorlik korxonalariga aylantirish jarayoni bilan bog‘liq.
Qimmatli qog‘ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan:
- birlamchi bozorlarga
shaklan esa:
- ikkilamchi bozorlarga
38
- birjaviy bozorlarga
- nobirjaviy bozorlarga bo‘linadi.
Endi shu bozorlarni har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlar
emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni
qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki
sarmoyadorga sotish bozoridir.
Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarni takror chiqarilishi
(masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emis-
siyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi.
Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan
axborotni oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumot
beriladigan emissiya prospektini yoki qimmatli qog‘ozlarni
muomilaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan
tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi
maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni
joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. Qimmatli
qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida
emitent to‘g‘risida ma’lumotni e’lon qilgan holda qimmatli
qog‘ozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan
imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq, obuna shaklida faqat
tegishli davlat boshqaruv idorasiga ma’lum qilgan qoida qimmatli
qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish
yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan
va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qog‘ozlar
oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozoridir.
Uning funksiyasi qimmatli qog‘ozlarning oldi – sotdisini tezkorlik
bilan ta’minlashdir. Bunda sotuvchi va xaridorni uchrashtirish, bo‘sh
kapitalni iqtisodiyotni eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar
qilish, tomonlarning o‘zaro manfaatlarini ta’minlash ikkilamchi
bozorning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlik
hisoblanadi.
Yuqori likvidlikka ega, ya’ni qisqa vaqt ichida juda katta
miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni, ularning kursini sezilarsiz
39
o‘zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi-sotdiga jalb qila olishdir,
yoki boshqacha qilib aytganda,