Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Ishlab chiqarishning moddiy asosi



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Ishlab chiqarishning moddiy asosi
– bu ishlab chiqarish 
fondlaridir. Ularni olish, yangilash va kengaytirish uchun korxona 
zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi va maqsadli pul 
fondlarini tashkil etishi kerak. Maqsadli pul fondlari ishlab chiqarish 
fondlarini aylanishida xizmat qiladi va ularni uzluksizligini 
ta’minlaydi. Bu holat, ishlab chiqarish fondlarini tashkil etish, doim 
to‘ldirish va ko‘paytirish jarayonlarini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan qiymat sotilgandan so‘ng 
taqsimlanadi. Shu taqsimlanish jarayonida ish haqi fondini tashkil 
etish, sof daromadni taqsimlash va sarflash uchun moliyaviy 
munosabatlar vujudga keladi. Sof daromad faqatgina moddiy ishlab 
chiqarishda emas, balki nomoddiy ishlab chiqarishda ham bir nechta 
pul fondlarini tashkil etilishida manba bo‘lib, taqsimlanish 
jarayonida moliyaviy munosabatlarning murakkab birikmalarini 
vujudga keltiradi.
Foyda shaklini olgan sof daromad hisobiga, moddiy ishlab 
chiqarish 
sohalarida, 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish, 
uni 
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ishlab 
chiqarish fondi, ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun 
belgilangan iste’mol fondi, zahira va rezerv fondi tashkil etiladi. Sof 
daromad umumdavlat pul fondlarini (byudjet, Pensiya fondi va 
boshqalar) tashkil etilishida, soliq to‘lovlari va boshqa shakllarda 
manba bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, moddiy ishlab 
chiqarishda tashkil etilgan moliyaviy resurslar xalq xo‘jaligini 
boshqa bo‘g‘inlarida pul fondlarini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bu 
esa, butun davlatni moliyaviy tizimini boshlang‘ich asosi bo‘lib 
xizmat qiladi va moddiy ishlab chiqarish moliyasining xususiyatini 
ifodalaydi. Turli xil ehtiyojlarni qondirish imkoniyati, mamlakatning 


98 
umumiy moliyaviy holati aynan moddiy ishlab chiqarish 
moliyasining holatiga bog‘liqdir.
Moliya, shuningdek ayirboshlash va iste’molga o‘z ta’sirini 
o‘tkazishi mumkin. Bu maqsadli pul fondlari orqali amalga 
oshiriladi. Ularning miqdori, tashkil etish shartlari va tartibi, 
foydalanish tamoyillari ayirboshlash va iste’mol sohalarini 
talablarini hisobga olgan holda o‘zgaradi. Bu xususiyat, iqtisodiy 
rag‘batlantirish sifatida, moliya bilan foydalanish jarayonida 
obyektiv asos bo‘lib, katta ahamiyatga ega.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi noishlab chiqarish sohasini 
vujudga kelishiga imkon yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi 
xalq xo‘jaligining asosiy sohasi bo‘lib, qiymat, ijtimoiy mahsulot va 
milliy daromadni vujudga keltiradi. Noishlab chiqarish sohasi esa, 
shu vujudga kelgan daromadni taqsimlanishida ishtirok etadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin