G l i s e r i n ichak ximusida erigan bo’ladi. U molekulasi kichik (S>10) bo’lgan yog’ kislotalari bilan qonga suriladi va jigarga keladi. U yerda gliserin yo glyukoneogenez jarayonida, yoki ATF ta’sirida fosforlanib gliserol - 3 - fosfat holida (huddi glikoliz yoki glyukogenoliz jarayonlaridagidek) oksidlanish reaksiyalariga kirib bioquvvat hosil qiladi. Buning uchun hosil bo’lgan gliserol - 3 - fosfat d ye g i d r o g ye n a z a fermenti ta’sirida oksidlanib, dastlab dioksiasetonfosfatga, so’ngra u 3 - fosfollserin aldegidini hosil qiladi:
Hosil bo’lgan 3 - fosfogliserin aldegidini keyingi o’zgarishlarini, karbonsuvlardan, glyukozaning anaerob almashinuvida sodir bo’ladigan biokimyoviy o’zgarishlarning 5 - bosqichidagidek, o’zgarishlarni davom ettirib, bioquvvat hosil qiladi. Aniqrog’i, piruvatgacha o’zgaradi va u anaerob va aerob yo’llar bilan bioquvvat hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |