Lipidlarning funksiyalari



Yüklə 73,67 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü73,67 Kb.
#198577
1   2   3
34567uihj

Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
Media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topaolishni, saralashni, qaytaishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Uslubi: An’anaviy
Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar, doska bo’r, daftar.

Darsning borishi:





Yangi mavzuning bayoni: Oqsillar tarkibida C, O, H, N, S tutuvchi yuqori molekular biologik polimerlar bo‘lib, ular 20 xil aminokislotalardan tashkil topgan. Ular birinchi darajali biologik ahamiyatga ega ekanligi uchun proteinlar (grekcha «protos» – birlamchi, muhim) deb ataladi. Tirik organizmlar hayot jarayonlari ko‘p jihatdan oqsil moddalarga va ularning biologik funksiyasiga bog‘liq. Oqsillar viruslar va barcha tirik organizmlar: bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar tarkibining ajralmas qismi hisoblanadi. Hujayrada yuz beradigan kimyoviy o‘zgarishlarda oqsillar ishtirok etadi. Oqsillar polimer moddalar bo‘lib, ularning monomerlari aminokislotalardir. Aminokislotalar.
Aminokislotalar kichik molekulali organik birikmalar bo‘lib, organik karbon kislotalarning hosilalari hisoblanadi. Tirik organizmlardagi oqsil turlarining xilma-xilligi oqsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning turli variantlarda kombinatsiyalar hosil qilishi tufayli ta’minlanadi. Aminokislotalar molekulasi barcha aminokislotalar uchun bir xil bo‘lgan ikki qismdan, aminoguruh (– NH2) va karboksil guruh (– COOH) va har bir aminokislota uchun o‘ziga xos bo‘lgan qism – radikaldan iborat (7-rasm).
O‘simliklar va ko‘pchilik mikrooganizmlar hujayralaridagi oqsillar tarkibiga kiruvchi barcha aminokislotalar tabiatda uchraydigan boshqa moddalardan sintezlanadi. Biroq bu xususiyat odam va hayvonlarda (ayrim xivchinlilardan tashqari) mavjud emas. Odam va hayvonlar bir necha

aminokislotalarni boshqa organik moddalardan sintezlay olmaydilar. Bu aminokislotalar ular organizmiga ovqat tarkibida qabul qilinishi kerak. Bu aminokislotalar almashinmaydigan aminokislotalar
deyiladi. Masalan: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin. Odam va hayvon organizmida boshqa organik moddalardan sintezlanadigan aminokislotalar almashinadigan aminokislotalar deyiladi. DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga antiparallel
bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan tugallanadi.
Mustahkamlash:

  1. Biologik polimerlarning qanday guruhlarini bilasiz?

  2. Aminokislotalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini gapirib bering.

  3. Almashadigan va almashmaydigan aminokislotalarni izohlang.

V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

Yüklə 73,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin