bilan dezoksiriboza nuklein kislotalar va ATF tarkibiga kiradi.
Turli mevalar, shuningdek, asalning shirin bo‘lishi ularning tarkibidagi glukoza va fruktozaga bog‘liq.
Lipidlarning funksiyalari. Lipidlar hujayrada
xilma-xil funksiyalarni
bajaradi. Plastik (qurilish materiali) funksiyasini bajaradigan lipidlarga hujayralar membranali tuzilmalarining tarkibiga kiruvchi fosfolipidlar,
xolesterin, lipoproteinlar, glikolipidlar misol bo‘ladi.
Mustahkamlash:
Gomopolimer va geteropolimer tushunchalarini izohlang.
Uglevodlar va ularning guruhlarini aytib bering.
Uglevodlarning funksiyalarini aytib bering.
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan
mavzuni konspektlab, o`qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:
SANA: SINF 10 FAN: BIOLOGIYA 6-MAVZU:
OQSILLAR VA NUKLEIN KISLOTALAR
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:Oqsillar va nuklein kislotalar xaqida o’quvchilarga dts talablari sasosida bilimlar berish
Tarbiyaviy: O’quvchilarda Ona-Vatanga, unga bo’lgan hurmat hissini kuchaytirish.
Rivojlantiruvchi: valin, izoleytsin, leytsin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fe - nilalanin, purin, pirimidin xaqida o’quvchilarni bilimini rivojlantirish
Fanga oid kompetensiyalar:
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi.
Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o’tkazish kompetentsiyasi. Sog’lom turmush tarzi va ekologik kompetentsiya.