sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va
usullarini izlaydi.
Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch
vazifani bajaradi:
Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni
boshlang’ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi,
darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi. Ularning
samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.
Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim berishning
metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi,
qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish,
amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab
javob beradi.
Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy
nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish,
tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish
vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va
malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni
bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik
xatolarni tekshiradi, uni oldini
olish chora tadbirlarini belgilaydi.
Ona tili ta’lim tizimining
barcha bosqichlarida o’rgatiladi.
Maktabgacha tarbiya
muassasalarida, asosan
bolalarning nutqini o’stirish
nazarda tutiladi. Boshlang’ich
sinfda o’quvchilar nutqini
o’stirishdan tashqari, ona tilidan
elementar nazariy
tushunchalarni amaliy
o’zlashtirishlari ham nazarda
tutiladi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z
ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: |