Litosfera (grekcha: λίθος tosh, σφαίρα oʻram; tosh oʻram) yerning qattiq



Yüklə 287 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.05.2023
ölçüsü287 Kb.
#115101
Litosfera - Vikipediya



Litosfera
Litosfera (grekcha: λίθος - tosh, σφαίρα -
oʻram; — tosh oʻram) — yerning qattiq
holatdagi tosh oʻramining qalinligi okean
tubida 5–7 km, quruqlikda 30–40 km va
togʻli oʻlkalarda 70–80 km gacha boradi,
u choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ
jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida,
asosan, choʻkindi togʻ jinslari tarqalgan
boʻlib, ularning qalinligi 20 km gacha,
okean tublarida esa bir necha yuz metrga
yetadi. Ular tarkibi boʻyicha chaqiq,


kimyoviy va organik cho'kindilardan
tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Cho'kindilarning ostida 10–40 km
qalinlikdagi granit qobigʻi joylashgan
boʻladi, okean tubida ular uchramaydi.
Granit va okean cho'kindilari qobigʻi
ostida bazal’t qobigʻi joylashgandir. Uning
qalinligi oke an tubida 5–7 km va
quruqlikda 20–30 km ga boradi.
Yer litosferasining tektonik taxtasi


Yerning tosh oʻrami satxining tashqi
tuzilishiga rel’ef deyiladi. Rel’efning
shakllanishi uning yoshini, morfologik
tuzilishini, oʻzgarishi va tarqalishi
qonuniyatlarini gemorfologiya fanini
oʻrganadi
[1][2]
. Yer sathining tuzilishi,
tarixiy taraqqiyoti, unda hayotning
rivojlanishi asosan yerning ichki qismida
vujudga keladigan tektonik jarayonlarga
va iqlimga bogʻliqdir. Yerning muz
qoplamagan quruqlik satxi 133,4 mln km
boʻlib, uning 55,7 mln km
2
 tropik, 24,3
litosferaning turli qismlari


mln km
2
subtropik, 22,5 mln km
2
mo'’tadil, 21,2 mln km
2
qutb
mintaqalariga to'gʻri keladi. Quruqlikning
10-11 % i dehqonchilikda va 20 % i
yaylovlar oʻrnida ishlatiladi. Dunyo aholisi
jon boshiga 0,4 gektar dehqonchilik
qiladigan yer to'gʻri keladi. Yer tekis,
namlik va harorati yetarli boʻlgan gil, togʻ
jinslaridan tashkil topgan boʻlsa, u yerda
oʻsimlik, hasharotlar va mikroorganik
qoldiq chiqindilariga boyib, tuproq
qatlamining hosil boʻlishi tezlashadi.
Tuproq qatlamining qalinligi taxminan 1-3
metr boʻlib, u A, V, S qavatlardan iborat
boʻladi. Yuqorida joylashgan chirindiga
boy boʻlgan eng unumdor qismi A-
gumusli qavat hisoblanadi. Uning ostida


tepadan yuvilib tushgan karbonat tuzli
Villyuvial qavat joylashgan boʻlib, 1,5-2
metr chuqurlikgacha kam oʻzgargan eng
quyida S-ona jinsli qavat yotadi. Tuproq
turlari qutblardan ekvatorga hamda
tekisliklardan togʻlarga qarab iqlim
oʻzgarishi bilan qonuniy ravishda oʻzgarib
boradi. Moʻtadil mintaqaning yillik
yogʻingarchiligi 500–600 mm boʻlgan
oʻrmon choʻllarida chirindi(gumus) ga
boy (10 % gacha) eng unumdor, qoʻngʻir,
qora tuproqlar tarqalgan. Markaziy
Osiyoning dasht va yarim dashtlarida
oʻsimliklarning tabiiy sharoitda
rivojlanishi uchun namlik yetishmaganligi
sababli
[3]
, kam (1-2 %) gumusli kul rang,
bo'z tup roqlar tarqalgan. Geologik zamin,


rel’ef va iqlimning oʻzgarishiga qarab, har
yerning oʻziga xos tuproqlari, oʻsim lik
turlari va hayvonot dunyosi rivojlanadi
[4]
.
Insoniyatning dehqonchilik va qurilish
faoliyatlari bilan shugʻullanishi natijasida
tabiiy landshafti oʻzgar gan hududlar
maydoni yildan-yilga oshib bormoqda.
Hozirgi vaqtda quruqlikning 10-11 % i
haydab dehqonchilik qilinadigan va 2 % i
har xil inshootlar qurib band qilingan
madaniy landshaftlarga aylantirilgan.
yevropada bu nisbat 30-10 % ni, Osiyoda
21–2 %ni, Avstraliyada 5–2 %ni tashkil
qilsa, Oʻzbekistonda 12,5-6,5 %ni tashkil
qiladi. Quruqlikning 0,3 %ida shaharlar
joylashgan. Shaharlar maydoni


Germaniya hududining 10 %ini, Buyuk
Britaniyaning 12 %ini, Oʻzbekistonning
2,2 %ini egallaydi
[5]
.
Litosfera sathidan insoniyatning yashashi
uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjalik
mahsulotlari (inshootlar qurishda
foydalanishdan tashqari) va qazilma
boyliklar qazib olishda foydalaniladi.
Ochiq usulda qaziladigan konlarning
chuqur ligi 800 metrga, yopiq usulda
qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3–
4 km ga etadi. BMTning maʼlumotiga
kura, 1972-yilda dunyo boʻyicha
3,231,100 ming tonna koʻmir, 2,646,290
ming tonna neft, 600,200 ming tonna
temir rudasi, 75,180 ming tonna boksit,


3,660 ming tonna xrom rudasi, 7,300
ming tonna mis, 3,350 ming tonna
qoʻrgʻoshin rudasi, 5,430 ming tonna rux
rudasi, 159,200 ming tonna tuz, 118,500
ming tonna fosforit va boshqalar qazib
olingan. Yirik metallurgiya sanoat
korxonalari atrofida landshaftlarning
oʻzgarishi, oʻsimliklarning qurib dashtga
aylanishi yuz bergan, Yevropa da birinchi
marta kalmiklar yerida 500 ming gektarli
dasht paydo boʻlgan(u har yili 50 ming
gektarga kengayib bormoqda).
Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda
quruqlikning 6/1 qismi kon, yoʻl va har xil
inshootlar bilan band boʻladi. Aholi
sonining oshib borishi, qurilishlarning
kengaiishi dehqonchilikka yaroqli


yerlarning kamayishiga sabab
boʻlmoqda. Mutaxassislarning fikricha,
XXI asrda yerlarning unumdorligini 3,5-
4 % ga oshirilmasa, sayyoramizda yiliga
200 mln tonna don yetishmovchiligi
holati yuz berishi mumkin
[6]
.
atmosfera
gidrosfera
biosfera
1. 
Jordan, Thomas H. (1978). "Composition
and development of the continental
tectosphere". Nature 274 (5671): 544.
Yana qarang
Manbalar


doi:10.1038/274544a0 (https://dx.doi.or
g/10.1038%2F274544a0) .
2. 
O'Reilly, Suzanne Y.; Zhang, Ming; Griffin,
William L.; Begg, Graham; Hronsky, Jon
(2009). "Ultradeep continental roots and
their oceanic remnants: A solution to the
geochemical "mantle reservoir"
problem?". Lithos 112: 1043.
doi:10.1016/j.lithos.2009.04.028 (https://
dx.doi.org/10.1016%2Fj.lithos.2009.04.02
8) .
3. 
Burke, Kevin; Torsvik, Trond H. (2004).
"Derivation of Large Igneous Provinces of
the past 200 million years from long-term
heterogeneities in the deep mantle". Earth
and Planetary Science Letters 227 (3–4):
531. doi:10.1016/j.epsl.2004.09.015 (http


s://dx.doi.org/10.1016%2Fj.epsl.2004.09.
015) .
4. 
Parsons, B. and McKenzie, D. (1978)
"Mantle Convection and the thermal
structure of the plates" (https://web.archi
ve.org/web/20200923223723/http://ww
w.earth.ox.ac.uk/~johne/teaching/pdfs/p
arsons-mckenzie78.pdf) Journal of
Geophysical Research 83 (B9): 4485
doi:10.1029/JB083iB09p04485 (https://d
x.doi.org/10.1029%2FJB083iB09p04485)
archived from the original (http://www.ear
th.ox.ac.uk/~johne/teaching/pdfs/parson
s-mckenzie78.pdf) on 2020-09-23
https://web.archive.org/web/2020092322
3723/http://www.earth.ox.ac.uk/~johne/t
eaching/pdfs/parsons-mckenzie78.pdf .
Qaraldi: 2013-09-17.Litosfera]]


Bu sahifa oxirgi marta 17-Avgust 2022, 12:58 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
5. 
Daly, R. (1940) Strength and structure of
the Earth. New York: Prentice-Hall.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Litosfera&oldid=2786618" 
dan olindi

Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin