Mavzu: Dasturning unumdor ishlashi uchun qo’yiladigan shartlar va yuqori unumdorlik. Reja:
1. Dastular nima va ular qanday yaratilishi va yaratilish bosqichlari haqida.
2. Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.
3. Dasturlarning yuqori unumdorliklari va avzalliklari.
4. Dasturning unumdor ishlashi uchun qo’yiladigan shartlar.
5. Xulosa.
6. Foydanalingan adabiyotlar.
Dastur Nima?
Dastular nima va ular qanday yaratilishi va yaratilish bosqichlari haqida. Kompyuterlar dasturlarsiz hech qanday ishga qodir emas. Oddiy misol siz foydalanayotgan kompyuter ham Operatison Tizim(Windows,Mac OS) larsiz biror ishga yaramaydi. Aslida Operatsion Tizimlar ham dastur hisoblanadi. Dastur bu kompyuter bajarishi uchun dasturchilar tomonidan beriladigan buyruqlar ketma ketligi. Va bu buyruqlarni dasturchilar turli xil dasturlash tillari orqali yozishadi.
Dastur - bu kompyuter bajarishi uchun dasturchilar tomonidan beriladigan buyruqlar ketma ketligi. Va bu buyruqlarni dasturchilar turli xil dasturlash tillari orqali yozishadi.
Biz foydalanadigan web-brauzer, kompyuter o'yinlari, word kabi dasturlar to'g'ridan to'g'ri kompyuterning hardware(uskunalar) qismi bilan aloqa qila olmaydi. Kompyuter dasturlari va kompyuterning hardware qismini bog'lab turuvchi narsa bu Operatsion Tizimlardir.
Hardware - kompyuterni tashkil etadigan ichki qismlari. Masalan, kompyuterning ichki qismidagi qattiq disk , tezkor xotira, web-camera va boshqa shunga o'xshash qismlari. Operating System(Operatsion tizim) - bu biz ishlatadigan dasturlar va protsessor, xotira, qattiq disklar, klaviatura kabi kompyuterning hardware qismlari o'rtasidagi to'g'ridan -to'g'ri aloqani ta'minlovchi dastur. Ha to'g'ri eshitdingiz Operatsion tizim ham dastur faqat juda quyi darajada turadigan murakkab dastur hisoblanadi. Ko'p ishlatiladigan operatsion tizimlar bular Microsoft Windows, Mac OS, Linux sistemalaridir.
Operatsion tizimlar biz foydalanadigan dasturlar bilan bog'lanishi uchun maxsus dasturlarni talab qiladi. Bu dasturlarga device drivers(qurilma drayverlari) deyiladi. Bu qanday ishlashini biroz soddalashtirilgan diagrammada ko'rishingiz mumkin:
Sistema Arxitekturasi
Biz har doim foydalanadigan dasturlar, Operatsion tizimlar va qurilma drayverlari dasturchilar tomonidan yaratiladi. Bular ichida eng keng tarqalgani User Applications,ya'ni biz har kuni foydalanadigan web-browser, word , excelga kabi dasturlardir. Dasturchilar yaratgan dasturlar operatsion tizimning markaziy, eng muhim qismi bo'lgan System Kernel bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa qiladi.