Lms turlari va imkoniyatlari reja : lms asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi



Yüklə 150,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü150,3 Kb.
#99658
  1   2
Mamasoliyeva Shahloxon



LMS TURLARI VA IMKONIYATLARI 
Reja :
1. LMS ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH.
2. MOODLE PLATFORMASI 
Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil 
etuvchi, amalga
oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat 
olib borish va ularni
saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma. Ta’limni 
boshqaruv tizimlari o‘quv kursi
tarkibini ishlab chiqish va uni nazorat qilish uchun markaziy joyni taqdim 
etish orqali o‘quv
jarayonini 
soddalashtirishga 
yordam 
beradi. 
Shuningdek, 
LMS 
o‘quvchilarga dars vaqtida olgan
bilimlarini boyitish uchun zarur qo‘shimcha manbalarni ham yuborish 
imkoniyatiga ega qiyosi
yo‘q platformadir. 


LMS platformalari uch turga bo‘linadi: bulutli platformalar, serverga 
asoslangan va CMS bilan integratsiyalangan LMSlar.LMSning bulutli 
platformalari. O‘quv kursining materiallari LMSning bulutli 
platformalarida web-xizmatni taklif etuvchining server kompyuteriga 
joylashtiriladi. LMSning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning 
server kompyuteriga o‘rnatib bo‘lmaydi. LMSning bulutli platformalari 
web-xizmat (masalan, pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni 
web-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin o‘quv 
kurslarini yaratish mumkin. Buning uchun web-xizmat o‘zining serveridan 
joy ajratadi va barcha ma’lumotlar ushbu serverda
TAYANCH TUSHUNCHALARBulutli platforma — o‘z xizmatlarini 
foydalanuvchi resurslariga bog‘liq bo‘lmagan holda taqdim etuvchi 
platforma.Korporativ — bir vaqtda bir necha hududdan turli pog‘onalarda 
boshqariluvchi tarmoq.saqlanadi. Foydalanuvchi esa bunga o‘ziga kerakli 
materiallarini yuklashi, ta’lim oluvchilarni qo‘shishi va onlayn ta’lim 
jarayonini yurgizishi mumkin. LMSning bulutli platformalaridan, asosan, 
korporativ ta’limda foydalaniladi. LMSning bulutli platformalari: iSpring 
learn, Google classroom, Schoology, Loop, Learn Amp va 
boshqalar.Serverga asoslangan LMSlar tashkilot yoki ta’lim 
muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa foydalanuvchilarga tizimga 


korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi. Barcha 
http://eduportal.uz 
ma’lumotlar tashkilot yoki ta’lim muassasasi server kompyuterida 
saqlanadi. Buning uchun esa LMSni o‘rnatish, sozlash, uning tashkilot 
yoki ta’lim muassasasi dasturiy ta’minotlari bilan integratsiyasini 
ta’minlash lozim. Asosan, ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida 
foydalaniladi.Serverga asoslangan LMSlar: Moodle, BlackBoard, Canvas, 
Absorb LMS va boshqalar.CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarda LMS 
funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga qo‘shiladi va CMSning 
imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv 
kurslar bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab 
va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi.CMS bilan 
integratsiyalashgan LMSlar: LearnDash (wordpress), joomla, drupal, 
wix.Schoology (https://www.schoology.com/) — ta’lim muassasalari 
uchun mo‘ljallangan bulutli LMS. Schoology Google Drive, Microsoft 
OneDrive, Blackboard Collaborate, Moodle, PowerSchool, Evernote va 
YouTube bilan birlasha oladi. Shuningdek, u maktab ma’lumotlari tizimi 
bilan sinxronlashadi. O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari 
va topshiriqlar yuzasidan fi kr almashish hamda o‘quvchilar va ularning 
ota-onalari bilan uyushgan holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi. 


iSpring Learn (https://www.ispringsolutions.com/ispring-learn) 
platformasi ta’lim muassasalari va kompaniyalarda kadrlar tayyorlash 
uchun ishlab chiqilgan. Biroq ayni paytda amalda asosiy mijozlari sifatida 
ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Platformaning ma’ruza muharriri 
bo‘limi yordamida modul va uning materiallari (matnli, audio, video, 
taqdimot, simulyator, topshiriq, test va b.) kiritiladi. Hisobotlar bo‘limi 
yordamida foydalanuvchilar faoliyati hamda o‘zlashtirish natijalari tahlili 
va statistikasini yuritish mumkin. 
Google Classroom (https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun 
mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni 
qo‘shish, kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim 
etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va 
faoliyatini kuzatib borish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi 
imkoniyatlarni taqdim etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga 
ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi mumkin.
Moodle (Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) 
(http://moodle.org/) masofaviy ta’lim olish muhiti hisoblanib, sifatli 
masofaviy kurslarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Bu dasturiy mahsulot 
dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida ishlatiladi. Bepul tarqatiladigan 
bu dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi 


soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko‘plab 
talablarini qanoatlantira oladi. Moodle masofaviy ta’limda o‘qitish 
jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi, jumladan, o‘quv 
materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish 
nazoratini amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi. 
LearnDash — ommabop kontent boshqaruv tizimi (CMS)da sinfl ar 
yaratish, ularni boshqarish, o‘zgartirish va nashr etish imkonini beruvchi 
ishonchli plagin. Bu plagin WordPress platformasi tarkibida ishlaydi. Shu 
sababli, agar ta’lim muassasasi kompyuteriga WordPress o‘rnatilgan 
bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda LearnDash plaginini o‘rnatgan holda o‘quv 
kurslarini yaratish mumkin.Plagin bir necha kursni yaratish va ularning 
tarkibini bitta sinfdan boshqa sinfga nusxalash imkonini ham beradi. 
Shuningdek, kontent tarkibidagi funksiyalar yordamida sertifi kat hamda 
nishonlarni rasmiylashtirish mumkin. 
LMS ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH. MOODLE 
PLATFORMASI 
So‘nggi yillarda o‘quvchilarda mustaqil bilim olishga, maktab dasturiga 
qo‘shimcha sifatida turli dasturlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib 
bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar tomonidan ularning 
qiziqishlari doirasida videodarslarning qo‘yilishi bunga yaqqol misol bo‘la 


oladi. Hozirda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi yoshlarga internet 
orqali o‘z qiziqishlari doirasida ta’lim olish imkonini bermoqda. Buning 
uchun ulardan rus va ingliz tillarini suhbatlashish darajasida bilish, 
shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalaridan xabardorlik, xususan, 
SMM, LMS, CMS, MOOC kabi platformalarda ishlash bilim va 
ko‘nikmalariga ega bo‘lish talab etiladi. 
Moodle platformasi haqida tushuncha 
Moodle — o‘quv materiallarini turli usullarda uzatish (15 turdagi interfaol 
vosita), bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish monitoringini yuritish uchun 
mo‘ljallangan platforma. Moodle platformasida o‘quvchilar mustaqil va 
erkin ravishda istagan bilimini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi bevosita uning intellektual 
salohiyatiga bog‘liq bo‘lganligi bois, ular tomonidan ko‘rgazmalilikning 
keng imkoniyatlaridan foydalanish egallanayotgan bilim mohiyatini 
teranroq anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, bu tizim o‘zining 
ochiq kodliligi bilan har qanday dasturchiga istalgan ta’lim loyihasini o‘z 
ehtiyojlariga “moslash” hamda unga yangi xizmat turlarini qo‘shish 
imkonini beradi. Bu bepul tarqatiladigan platforma o‘zining funksional 
imkoniyatlari, o‘rganish uchun oddiyligi va foydalanishda qulayligi bilan 


foydalanuvchilarning har qanday talabini qanoatlantira oladi. Quyida 
Moodle platformasining DEMO versiyasi bilan ishlashini ko‘rib chiqamiz. 
TAYANCH TUSHUNCHALAR 
DEMO versiya — platformaning belgilangan vaqt davomida ishlashi 
mumkin bo‘lgan nusxasi.Ochiq kodli dasturiy ta’minot — dasturning kodi 
ochiqligi sababli tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud bo‘lgan 
dasturiy ta’minot. 
Open Source (Ochiq kodli dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik 
Reymond hamda Bryus Perens tomonidan kiritilgan. Ochiq kodli dasturiy 
ta’minot — dasturning kodi ochiq va undan erkin foydalanish mumkin 
bo‘lgan, zaruriy holatlarda unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati 
mavjud dasturiy ta’minot. 
Moodle platformasida ta’lim olish 
1. Moodlening rasmiy manzili (moodle.org) brauzerning manzil qatoriga 
kiritiladi. Asosiy menyu
qatoridan DEMO, ochilgan sahifadan esa Mount Orange School, so‘ng Go 
to courses tugmachasi tanlanadi. 
2. Kurslar ro‘yxatidan Art and Media, bo‘limlar ro‘yxatidan esa Digital 
Literacy o‘quv kursi tanlanadi.


3. Kirish orqali tizimda ro‘yxatdan o‘tish, agar ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lsa, 
login va parol yordamida tizimga kirish mumkin (1). 
4. Til bo‘limi orqali platformaning tilini o‘zgartirish mumkin (2). Mazkur 
platforma bir necha tilga tarjima qilingan. 
5. O‘quv kursi va uning modullari yordamida kerakli modulga o‘tish 
mumkin (3). 
6. Kalendar bo‘limi orqali topshiriq, tadbir va xabarlar haqida ma’lumot 
olish mumkin (4). 
7. Kursning birinchi modulida, asosan, e’lonlarni o‘qish va 
so‘rovnomalarga javob berish mumkin (5).
8. Kursning keyingi modullarida matnli, audio, video, taqdimot, glossariy 
va boshqa turdagi o‘quv
materiallarini sahifaning o‘zi orqali yoki yuklab olish yordamida 
o‘zlashtirish mumkin (6). 
9. Topshiriqlar modulida esa amaliy topshiriq, savol, krossvord, viki 
topshiriq va testlar beriladi (7). 
Moodle platformasida har bir mavzu, unga ko‘ra tuzilgan o‘quv materiali 
va nazorat topshiriqlari alohida-alohida berilishi ham mumkin, chunki 
aksariyat hollarda o‘quv materiallari va nazorat topshiriqlari aralash holda 


beriladi. O‘quv materiallari va nazorat topshiriqlarining qay tartibda 
berilishi o‘qituvchi xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi. 

Yüklə 150,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin