Lms turlari va imkoniyatlari reja : lms asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi


LMS ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH



Yüklə 150,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix18.04.2023
ölçüsü150,3 Kb.
#99658
1   2
Mamasoliyeva Shahloxon

 LMS ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH 
GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASIGoogle Classroom platformasi 
haqida tushunchaAxborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya 
nomlaridan biri Google ta’limga oid vositalarni taklif etish imkoniyatini 
qo‘ldan boy bermagan holda, Google for Education tashabbusi asosida 
Google Classroomni ishga tushirdi. Ushbu bulutli LMS hech qanday 
sozlovlarni talab etmaydi va Googleda akkauntga ega foydalanuvchi 
platformadan bemalol foydalanishi mumkin. Google Classroom 
platformasida o‘quvchilar o‘qituvchilar tomonidan kiritilgan o‘quv 
materiallarini o‘qishi, topshiriqlarni bajarishi, savollarga javob berishi, 
nazorat testlarini topshirishlari mumkin. Mazkur platformadan xohlagan 
qurilma va brauzer yordamida foydalanish mumkin. Eng muhimi, Google 
Classroom — tekin!Quyida Google Classroom platformasining ishi bilan 
yaqindan tanishib chiqamiz.
Google Classroom platformasida o‘quv kursiga a’zo bo‘lish 
1. Google akkaunti orqali tizimga kiriladi (1). 


2. Google Classroom platformasiga o‘tish uchun Google xizmatlaridan 
Classroom tanlanadi (2). 
3. Kursga bog‘lanish uchun (+) belgisi orqali Join Class tanlanadi va 
muloqotlar oynasida kursning
kodi (kursga kirish uchun o‘qituvchi tomonidan beriladigan kod, masalan, 
2ubiu5p) kiritiladi (3).
4. Tarkibidagi o‘quv materiallari bilan tanishish va topshiriqlarni bajarish 
uchun kurs tanlanadi (4). 
Google Classroom platformasida o‘quv kursi bilan tanishish 
1. Stream bo‘limida ijtimoiy tarmoqlar singari xabarlar, o‘quv kursiga 
kiritilgan materiallar ketma-ketligi bilan tanishish mumkin 2. People 
bo‘limida kurs o‘qituvchilari va kursda ta’lim olayotganlar haqida 
ma’lumot olish mumkin 3. Classwork bo‘limi orqali kurs materiallari bilan 
tanishish mumkin 4. All Topics — kurs bo‘yicha kiritilgan mavzularning 
ro‘yxati. Qandaydir mavzu tanlanganda, unga mos o‘quv materialining 
ro‘yxati ochiladi 5. Mavzu bo‘yicha kiritilgan nazariy materiallar (5), 
amaliy topshiriqlar (6), savollar (7) va nazorat testlari bilan tanishish, ular 
tarkibidagi fayllarni ko‘rish mumkin.6. Amaliy topshiriq, savol va nazorat 
testlari faollashgan rang shaklida bo‘ladi. O‘quvchilar ularni tanlab, You 


work bo‘limi orqali o‘z javoblarini kiritishlari mumkin (7. Google 
Calendar yordamida topshiriqlar va turli e’lonlar haqida ma’lumot olish 
mumkin 

Yüklə 150,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin