Korxonalar iqtisodiy faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarida logistikaning roli
Logistika konsepsiyasi.
Amaliy holda xalq xo‘jaligida kuchli va samaradorligi yuqori darajadabo‘lganinfratuzilmarivojlanayapti.Rivojlanganmamlakatlardaishlabchiqaruvchilarbozorkon’yunkturasi,raqobatniko‘zdatutibishqilishzarurligini tushunib olganliklari, tez - tez o‘zgarib turadigan iqtisodiy vaziyatga moslashishgaintilishlarilogistikaningrivojlanishigasababbo‘ldi.
"Logistika" terminining aniq tavsifini berish oson emas. Logistika o‘ziga bir necha yo‘nalishlarni qamrab oladi. Katta firma boshlig‘i nuqtai nazaridan logistikaga berilgan tavsif muhandis yoki iqtisodchi nuqtai nazaridan berilgan tavsif bir - biridan farqlanishi mumkin. Bunday ahvol har bir mutaxassisning xalq xo‘jaligi bozor iqtisodiyoti tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, marketing doirasida ish tutayotgan menejer yoki tadbirkor nuqtai nazaridan logistika quyidagicha izohlanadi:
Logistika - ma’lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ va xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash, foydalanishni tashkil qilish va boshqarish. Logistikaning maqsadi - ma’lum tovarni ma’lum vaqtda eng kam (minimal) harajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistikani iqtisodiyotning ishlab chiqarish infratuzilmasi, desa ham bo‘ladi. Logistikaning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi (2-chizma):