Logistikaning vujudga kelishi va uning predmeti


-chizma. Logistik tizimning tuzilishi



Yüklə 76,19 Kb.
səhifə3/5
tarix16.03.2023
ölçüsü76,19 Kb.
#88167
1   2   3   4   5
Korxonalar iqtisodiy faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarida logistikaning roli

2-chizma. Logistik tizimning tuzilishi

Logistika:



  1. ehtiyoj;

  2. ishlab chiqarish;

v) transport;
g) mahsulot taqsimlashning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Logistika konsepsiyasining bir necha kategoriyalari bor, ulardan asosiylari quyidagilar.

  1. Taqsimlash kategoriyasi deganda-faoliyatning bir turi va reklama qiladigan, (realizatsiya), mahsulotni sotadigan, transportirovka qiladigan va xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar tushuniladi.

  2. Logistika - material va mahsulotlar oqimini boshqarish, xomashyo bilan ta’minlashdan boshlab, to oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berilgunga qadar, shu bilan birga materiallar harakatiga yordam qiluvchi axborot oqimi kategoriyasi.

Odatda har bir firma o‘z mahsulotining taqsimlanishini nazorat qiladi va boshqaradi. Logistika tizimi esa xalq xo‘jaligida material va mahsulotlar oqimini boshqaradi.

  1. Makrologistika kategoriyasi.

  2. Mikrologistika kategoriyasi.

Logistika tizimi qismlarining ta’rifi



Logistika tizimi 7 asosiy qismdan iborat bo‘ladi.
1-qism. Ishlab chiqarish zahiralari. Ishlab chiqarish zahiralari butun iqtisodiyot tizimining tejamli va samarali ishlashi uchun sharoit yaratadi. Bu zahiralarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashtirish yoki iste’molchilarga yaqinroq joylarda saqlash mumkin. Zahiralardagi mahsulot harakatsiz qolgan deb hisoblanmasligi uchun zahira miqdori eng muvofiq (optimal) bo‘lishi kerak. Zahiralarning eng muvofiq miqdori doimo o‘zgarib turadigan ehtiyoj ta’siriga javob beradi va transportning bir tekisda ishlashini ta’minlashga sharoit yaratadi.

  1. qism. Xomashyo va materiallar sotib olish. Xomashyo va materiallar ishlab chiqarishni tashkil etishda asosiy manba hisoblanadi.

  2. qism. Transport. Yuklar transport orqali ta’minlovchilardan korxonalarga tashib olib boriladi. Omborlarga, bir ombordan boshqa omborga va iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Barcha transport aloqalari hattoki tijorat vositachi orqali ta’minlovchi yoki iste’molchilar orqali kiraga olingan transport ham hisobga olinadi.
Masalan, ta’minlovchining iste’molchiga qaraganda arzonroq transportdan foydalanish imkoniyati bor. Bunday vaziyatda u raqobatda ustunlikka ega bo‘ladi. Agar iste’molchi transport harajatlarini o‘ziga olsa, narxlar pastroq tushiriladi. Transportning asosiy ko‘rsatkichlari qiymati va ishonchliligidir.

  1. qism. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq logistika bo‘limlari ehtiyojni aniqlashdan tashqari, bozordagi talab va takliflarning o‘zgarishini yumshatish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

Ba’zi mutaxassislar ishlab chiqarish bo‘linmalari logistika tizimida kiritilishi kerak emas, deb hisoblaydilar. Lekin ko‘pchilikning fikricha, ishlab chiqarish bo‘linmalari logistika tizimida katta ahamiyatga ega. Bu yerda eng muhim muammolardan biri - ishlab chiqarish korxonalari kattaligi va joylashtirish o‘rnini aniqlash.

  1. qism. Ombor xo‘jaligi. Bu qismga korxona omborxonalari, ko‘tara savdo va ba’zi hollarda chakana savdo uchun mo‘ljallangan mintaqaviy va mahalliy omborlar kiradi.

  2. qism. Axborot aloqasi va nazorat. Har bir logistika tizimi axborot va nazorat tizimchalari orqali boshqariladi. Bu tizimchalar orqali buyurtmalar qilinadi, yuklarni ortish va transportirovka qilish to‘g‘risidagi talablar yetkaziladi. Bu tizimcha yordamida zahiralar talabga mos bo‘lgan miqdorda saqlab turiladi. Bu tizimcha umumiy axborot tizimining bir qismidir.

  3. qism. Xodimlar. Bu qism logistika tizimining eng muhim qismi hisoblanadi. Unda xodimlarni tanlash va tayyorlash masalalariga katta ahamiyat beriladi.




Yüklə 76,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin