3. Soliq ob‘ekti, yalpi tushum tarkibi va soliq bazasi.
Soliq Kodeksning
43-bobiga
muvofiq aniqlanadigan jami daromad
soliq solish
obyektidir
(463-modda), bundan Soliq Kodeksning
304-moddasiga
muvofiq,
ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda
soliq solish chog‘ida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno.
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
1.
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-
qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va
ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.
Bunda, agar
yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga
binoan buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi
buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni
realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning
buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
2. mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara
(lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi;
3. vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid
boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun —
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
4. tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun — agar ushbu moddada
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni
olish bahosi (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma
ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash,
mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga
bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi;
5. notijorat tashkilotlarining Soliq Kodeks 318-moddasining
birinchi qismida
ko‘rsatilmagan daromadlari.
LOGO
6) tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar
tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy
daromadning 15 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etsa.
5) hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular
shakllangan davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar bo‘yicha qayta hisob-kitob
o‘tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi;
4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo‘shimcha
baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha
summa hisobidan olingan daromadlar;
3) qaytariladigan ko‘p marta aylanadigan tara qiymati,
agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni)
sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo‘lsa;
2) soliq agentida soliq solinishi lozim
bo‘lgan dividendlar;
1)
O‘zbekiston
Respublikasining
davlat
obligatsiyalari
va
boshqa
davlat
qimmatli
qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan
yuridik
shaxslarning
xalqaro obligatsiyalari
bo‘yicha daromadlar;
|