Logopedik ko‘rik



Yüklə 19,86 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü19,86 Kb.
#161563
  1   2
ЎҚУВЧИЛАРНИ ҚАБУЛ ҚИЛИШ БЎЙИЧА ДИРЕКТОР БУЙРУҒИ


Logopedik ko‘rik” natijalari asosida nutq nuqsonlari aniqlangan o‘quvchilarni logopediya shoxobchasiga qabul qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 oktabrda 2722-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qoshidagi logpediya shoxobchasi to‘g‘risidagi Nizom, Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mudirining 2023 yil 29-sentabrdagi 1028-4-69-XT/2023-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida


BUYURAMAN:



  1. Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi mudirining 2023 yil 29-sentabrdagi 1028-4-69-XT/2023-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Logopediya shoxobchasi uchun boshlang‘ich sinflarga yaqin joyda tegishli sanitariya qoidalari, normalari va geginiya talablariga javob beradigan, 20 kv. metrdan kam bo‘lmagan xona ajratilsin hamda Nizomning 1-ilovasidagi talablarga asosan to‘liq jihozlansin.
4. O‘qituvchi-logoped (deffektolog) belgilangan tartibda tarifikatsiyadan o‘tkazilsin.
5. O‘qituvchi-logoped (deffektolog) V.Axmedovaga;
-belgilangan shtat bo‘yicha guruhlarni shakllantirish;
-logopediya shoxobchasi (guruhlar kesimida) mashg‘ulotlar jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlangan xolatda umumiy dars jadvali yoniga osib qo‘yish.
-maktab (biriktirilgan maktab ham) jamoasi va o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga tushuntirish ishlarini olib borish;
-logopediya shoxobchasida mashg‘ulotlar (dars) ni sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazish vazifalari yuklatilsin.
6.Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: J.To’raqulova


Ijrochi: V.Axmedova
Тел: +998 99 084 37 71



Yüklə 19,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin