Логопедиянинг методологик асослари


Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi



Yüklə 44 Kb.
səhifə2/2
tarix29.09.2022
ölçüsü44 Kb.
#64341
1   2
Logopediyaning metodologik asoslari

Nutq buzilishlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. So`zlovchining yoshiga nomuvofiklik xususiyati.
2.SHevachilik, nutqiy savodsizlik, til bilmaslikning ifodasi bo`lmagan xususiyatlar.
3.Nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog`liq bo`lgan xususiyatlar.
4.Uz-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustaxkamlanadigan barqaror xususiyatlar.
5.Nutq buzilishining harakteriga bog`liq xolda aniq logopedik ta`sir etishni talab qiluvchi xususiyatlar.
6.Bolaning keyingi psixik rivojlanishiga tez-tez salbiy ta`sir o`tkazadigan xususiyatlar.
Nutqning to`liq rivojlanmaganligi va nutq buzilishi tushunchalari bir-biridan farq qiladi. to`liq rivojlanmagan nutqda u yoki bu nutq a`zolari ishi yoki umuman nutq sistemasi sifat jixatidan eng past darajada shakllangan bo`ladi. Nutqning buzilishi nutq faoliyati mexanizmlarining nutq faoliyati mexanizmlarining ishlashi jarayonida buzilishdan, normadan olishdan iborat bo`ladi. nutqning to`liq rivojlanmay qolishi deganda xozirgi logopediyada nutqiy notekislikning shunday turli shakli tushuniladiki, unda barcha nutq komponentlarining shakllanishi buzilgan bo`ladi. Shunday qilib, nutq rivojlanishining buzilishi va nutq rivojlanishining tuxtab qolish tushunchalari bir-biridan farqlanadi.
Nutq ontogenezi jarayonini ko`rsatuvchi nutq rivojlanishining buzilishidan farqliroq, nutq rivojlanishining tuxtab qolishi, bu sur`atning sekinlashuvini bildiradi. Nutqning buzilishi alomati bu nutqiy faoliyatning qandaydir buzilish belgisidir. Nutqiy buzilish alomati bu nutqiy faoliyat buzilishining belgilari majmuidir. nutq buzilishi mexanizmlari deganda nutqiy faoliyat buzilishining paydo bo`lishi va rivojlanishining shart qilib kuyuvchi jarayon va operatsiyalarning bajarilishidan chetlashish harakteri tushuniladi.
Nutq buzilishining potoinezi bu nutqiy faoliyatda buzilishlarning paydo bo`lishi va rivojlanishiga sabab buluvchi potologik mexanizmdir. nutqiy nuqson deganda ma`lum nutq buzilishining nutqiy va nutqsiz alomatlari hamda ularing bog`lanish harakteri majmui tushuniladi. nutq buzilishlarini bartaraf etishda shunday tushunchalar qo`llaniladi: logopedik ta`sir etish, tuzatish o`rnini tuzatish, rivojlantirsh, o`qitish, tarbiyalash, qayta tarbiyalash, tuzatish-tarbiyalash orqali o`qitish va boshqalar.
Logopedik ta`sir nutqiy faoliyat buzilishini tuzatish, nutqi buzilgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga yo`naltirlgan jarayonni o`z ichiga oladi. nutq buzilishini tuzatish- nutq buzilishi alomatini to`g`rilash yoki yengillashtirshdir. Kompensatsiya organizmning qandaydir harakatlarining yo`qolishi yoki buzilishi xollaridagi psixologik funksiyalarni qayta ko`rishning ko`p qirrali, murakkab jarayonini namoyon qiladi. To`liq shakllanmagan va buzilgan nutqli hamda nutqsiz harakatlarning rivojalanishi va tiklanishi logopedik ta`sir etishning maxsus sistemasidan qo`llanish asosida amalga oshadi.
Bu jarayonda kompensatsiya shakllanadi. O`qitish ikki tomonlama boshqariladigan jarayondir. U bolalarning bilim, malaka va ko`nikmalarni o`zlashtirish borasidagi faol bilim faoliyatini, bu faoliyat ustidan pedagogik raxbarlikni amalga oshirishni o`z ichiga oladi. O`qitish jarayoni uzviy birlikdagi ta`lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Tarbiyalash jamiyat extiyojlariga muvofik ravishda shaxsning yoki uning aloxida sifatlarining shakllanish jarayonini maqsadga yunaltirilgan xolda uzluksiz, tashkiliy tarzda boshqarish demakdir. Qayta tarbiyalash jarayonida nutqiy faoliyati buzilgan kishilarning o`ziga xos muxim xususiyatlarini tuzatish ishlarini amalga oshiriladi. Logopedik ta`sir nutq buzilishlarini bartarf etishga, to`g`rilashga ham, nutqsiz buzilishlarning salbiy alomatlarini yo`qotishga ham qaratilgan bo`lishi mumkin.
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:


1.П.М. Пўлатова “Олигофренопедагогика” Тошкент 2005 йил.
2. В.С. Рахманова “Махсус педагогика” Тошкент 2004 йил.
3.Выготский.Л.С. «Проблема у отсталости» Москва 1956 йил.
4.Под ред. Дульнева. Г.М.»Коррекционная роль обучения в школе»М.1971 й. 5. М. Аюпова “Логопедия” Тошкент, 2007 йил.
6. М. А. Павалёва “Справочник логопеда” Ростов-на-Дону, 2007 год.
7. Алмазова.Е.С. Логопедическая работа по восстановлению голоса у детей.
8.Правдина.О.В. Логопедия 1969 йил
Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin