Tayanch so`zlar: (sistemalilik, komplekslilik, empirik metod, dyuntologiya qiyosiy langityudinal praksimetrik usul, didaktik tamoil.) Nutq buzilishini o`rganishda va tuzatishda logopediya nutq va fikrning o`zaro bog`likligi xaqidagi anomal bolaning rivojlanishidagi umumiy va maxsus qonuniyatlarning o`zaro munosabatlari to`g`risidagi nazariy qoidalarga, nutq va faoliyatning hamkorlikda rivojlanish xaqidagi ichki va tashki omillarning o`zaro ta`sir xaqidagi, ruxiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari xaqidagi nazariyaga tayanadi.
Shundan kelib chiqib, logopediya quyidagi asosiy prinsiplarga tayanadi: sistemalilik, komplekslilik, rivojlanish prinsipi, nutq buzilishining bolani psixik rivojlanishidagi boshqa tomonlari bilan o`zaro bog`liq xolda qarab chiqish, faoliyatli yondashuv, ontogenetik prinsip, etiologiya va mexanizmlarni xisobga olish prinsipi, nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va tuzilishini xisobga olish, umumdidaktik va boshqa prinsiplar. Sistemalilik prinsipi til xaqida murakkab funksional sistema to`g`risidagi tushunchaga tayanadi. Uning buzilish komponentlari o`zaro chambarchas aloqada bo`ladi. Shu munosabat bilan nutqni, uning rivojlanish jarayonlarini va buzilishini tuzatishni o`rganish nutq kurilish sistemasining barcha komponentlariga, barcha tomonlariga ta`sir etishni nazarda tutadi. Rivojlanish prinsipi, shuningdek bolaning yaqin rivojlanish doirasidan urin olgan ma`lum vazifalar, qiyinchiliklar bosqichlarni logopedik ish jarayoniga ajratishni ham ko`zda tutadi.
Nutq buzilishini o`rganish va tuzatishda didaktik prinsiplar: Ko`rgazmalilik, tushunarlilik,onglilik, yakka tartibda yondashish va boshqalar muxim o`rin tutadi.
Logopediya fani metodlarini shartli ravishda bir nechta guruxlarga bo`lish mumkin:
1.Tashkiliy metodlar: kiyosiy longityudonal, kompleksli.
2.Empirik metodlar: observasion, eksprimental, psixodiagnostik, faoliyatni shuning bilan bir qatorda nutqiy faoliyatni ham tashkil qilishning parasmetrik usullari, biografik metod.
3 Mikdor va sifat analizi bunda olingan ma`lumotlar EXM ni qo`llagan xolda mashinada ishlab chiqariladi.
4.Interpretatsion metodlar uslublar o`rganilayotgan xodisalar o`rtasidagi aloqalarni nazariy tashkil qilish usullari.
Logoped umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlar sistemasini egallagan bo`lishi kerak. Bu bilimlarning majmui va kengligi unda nuqsonli rivojlanishning tipologiya va tarkibi, nutqiy nomukammallikning oldini olish va uni bartaraf etish usullari xaqidagi, ruxiy pedagogik ta`sir etish metodlari to`g`risidagi tasavvurlarni shakllantiradi. Logoped nutq buzilishlarini payqab olishi, ularni tuzatish va bartaraf etish usul hamda metodlarini egallagan bo`lishi, bunday nuqsonlarni oldini olishga doir profilaktik ishlarni yo`lga qo`yishi, nutqi zaiflashgan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida ham, maktab yoshida ham ona tili bo`yicha o`qitishning maxsus metodlarini qo`llay olishi, g`ayritabiiy nutqli bolalarning muxim psixik xususiyatlarini bilishi, ularni tarbiyalash usul hamda metodlarini egallagn bo`lishi, ulardagi oliy miya qobig`i faoliyatini tuzatish va rivojlantirish uslublaridan qo`llay olishi kerak.
Logopedning ixtisosi bo`yicha chuqur bilimga egaligi dasturlarni, maktab darsliklarini, logopediya bo`yicha qo`llanmalarni bilishni o`z ichiga oladi. Bolalarni o`qitish, tarbiyalash va ularning buzilgan nutqlari yuzasidan olib boriladigan ishlarning samaradorligiga erishish uchun logopedning shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni o`zida namoyon etadi: kasbiga qiziqishlik, bolalarni sevish, o`ziga va atrofdagilarga talabchanlik, pedagogik xayo va kuzatuvchanlik, saxiylilik, kamtarinlik, mas`uliyatlilik, so`zda va amalda kat`iylik, izchillik.
Logoped ilg`or tajribalarini umumlashtirib bolalarning nutqini tuzatishning eng yaxshi vositalari bo`yicha izlanish olib borishi kerak. U egallab olishi lozim bo`lgan malakalar keng va turlichadir: o`quv-bilish, o`quv-tashkiliy, o`quv-pedagogik. Bundan tashqari logopedning ishi deontologiya prinsiplariga kat`iy amal qilishga asoslanishi kerak.
Pedagogik deontologiya pedagogik etika va estetika, pedagoglik burchi va pedagoglik odobi xaqidagi ta`limotlarni o`z ichiga oladi. Unga amal qilishda pedagogdan, logopeddan nutqida kamchiligi bor bolaning ota-onalari psixologiyasini tushunishi va ulur bilan bir qatorda qayg`urishi talab qilinadi.
Logoped juda sabotli, tadbirkor va xayrixox, nutqi buzilgan shaxsga va uning ota-onalariga vrachning bemorga va uning yaqin kishilariga muomalasi kabi munosabatda bo`lishi, nutq buzilishlarining og`ir jixatlari va muximi mexanizmlarni aniqlashda, ular xaqida oldindan ma`lumotlar to`plashda extiyotkorlik qilish, nutq buzilishlarining tashki ko`rinishini ular moxiyatini xisobga olishi kerak.
Logoped va bolalar muassasi shifokori, logoped va tarbiyachi, logoped va pedagog o`rtasida o`rnatiladigan o`zaro to`g`ri munosabatlar pedagogik deontologiyaning muxim sharti bo`lib xisoblanadi. Har qanday fanning ajralib chiqishi va mavjudligining majburiy sharti undagi o`z tushunchani darajalash apparatining mavjudligidir.
Logopediyada nutq normalari va uning buzilish tushunchasini farqlash muximdir. nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi.
Nutqning normal faoliyati xolatida uning psixofiziologik mexanizmlari Saqlangan bo`ladi. Nutq buzilishlari gapiruvchi shaxsning ma`lum til muxitida qabul qilingan, nutq faoliyati normal xolda ishlayotgan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog`liq xolda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi.