Лойиҳа матни 117824-(126644)



Yüklə 284,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix05.05.2023
ölçüsü284,25 Kb.
#107977
1   2   3   4   5   6   7   8
Сурхон келажак лидерлари низом

3-bob. Klubga aʼzo bo‘lish tartibi
8. Klub aʼzoligiga davlat fuqarolik xizmatiga qiziqishi bor va kelajakda rahbarlik
lavozimlarida faoliyat yuritish istagi bo‘lgan, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga ehtiyoji
bor, liderlik qobiliyatlariga ega, o‘qish va faoliyatda ijobiy yutuqlarga erishgan oliy taʼlim
muassasalari bitiruvchilari hamda davlat organlari va tashkilotlaridagi 20-35 yoshdagi davlat
fuqarolik xizmatchilari qabul qilinishi mumkin.
9. Klub aʼzoligiga qabul qilish tanlov orqali amalga oshiriladi va tanlov har yili bir
marotaba eʼlon qilinadi.
10. Klub aʼzoligiga tanlov jarayonlarida har bir nomzod qoida tariqasida quyidagi to‘rt
bosqichli sinovdan o‘tishi talab etiladi:
1-bosqich: nomzodning shaxsiga oid maʼlumotlarni shakllantirish. Bunda har bir nomzod
belgilangan shakldagi maʼlumotlarni elektron so‘rovnomada to‘ldiradi;
2-bosqich: nomzodning bilimlarini baholash bo‘yicha test sinovlarini topshirish. Test


e-qaror.gov.uz
02.08.2021
5
sinovlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maxsus elektron platformasida test
topshiradi, testdan 56 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga
o‘tkaziladi;
3-bosqich: nomzodning ijodiy va fikrlash salohiyatini baholash.
Bunda nomzodlar “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida va/yoki shu
mazmundagi boshqa mavzularda 250-350 so‘zdan iborat esse (insho) yozishi talab etiladi;
4-bosqich: nomzodning amaliy ko‘nikma va sifatlarini baholash. Bunda nomzodlar suhbat
orqali assessmentdan o‘tkaziladi.
Tanlovning 3- va 4-bosqichlaridagi har bir sinov natijalari 100 ballik mezonda baholanib,
umumiy ball ko‘satkichi yuqori nomzodlar Klub aʼzoligiga qabul qilinadi.
11. Tanlov jarayonida nomzodlarni saralash va aʼzolikka qabul qilish viloyat
hokimligining tashkiliy nazorat guruhi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo
viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari, oliy taʼlim
muassasalari professor o‘qituvchilari hamda manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda
tuzilgan tashkiliy guruh (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy guruh) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Klub aʼzoligiga dastlabki qabul qilish kvotasi soni 50 nafarni tashkil etadi. Klub
aʼzoligiga tashkil etiladigan kelgusidagi tanlovlar kvotasi Klubning ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda Tashkiliy guruh tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishgan holda
belgilanadi.

Yüklə 284,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin