Лойиҳа матни 117824-(126644)



Yüklə 284,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.05.2023
ölçüsü284,25 Kb.
#107977
1   2   3   4   5   6   7   8
Сурхон келажак лидерлари низом

e-qaror.gov.uz
02.08.2021
7
raqamli iqtisodiyot va boshqaruvni raqamlashtirish;
mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati: yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar;
davlat boshqaruvi tizimiga davlat fuqarolik xizmati talablarini joriy etish samaradorli;
boshqaruv va liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
faoliyatda vaqtdan unumli foydalanish (taym-menejment);
rivojlangan xorijiy davlatlarda davlat xizmatiga oid tajribalar;
rahbar etikasi va boshqaruv madaniyati;
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va byurokratiyaga qarshi kurashishning
zamonaviy mexanizmlari;
kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish;
shaxs psixologiyasi va stressni boshqarish va boshqa mavzular.
Klub faoliyati mobaynida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda davlat xizmati sohasida
faoliyat olib borayotgan rahbar va mutaxassislar jalb etiladi va yuqoridagi namunaviy mavzular
bo‘yicha hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan hamda rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar,
qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida klub aʼzolariga
atroflicha axborot beradilar.
20. Klub aʼzolarida davlat fuqarolik xizmatiga qiziqtirish, yuksak kasbiy salohiyat,
yetakchilik, boshqaruvchilik va vatanparvarlik sifatlarini shakllantirish borasida davlat
boshqaruvida kadrlar siyosatiga oid turli mavzularda amaliy mashg‘ulotlar, uchrashuvlar, ochiq
davra suhbatlari, hududdagi muvaffaqiyatli davlat xizmatchilari tomonidan ishtirokchilar uchun
mahorat darslari, davlat organlari va tashkilotlariga ekskursiyalar, seminar-treninglar tashkil
etiladi.
5-bob. Klub aʼzoligidan chiqish tartibi
21. Klub aʼzoligiga qabul qilingan yoshlar:
o‘z xohishiga ko‘ra;
Klub faoliyatida tashkil etilgan tadbir va loyihalarga kamida uch marotaba sababsiz
ishtirok etmagan taqdirda;
uch oy davomida kamida bitta imtiyozga yetarli ball to‘play olmasa;
mazkur Nizom talablariga rioya etmasa;
35 yoshdan oshgan taqdirda Tashkiliy guruh tomonidan Klub aʼzoligidan chiqariladi.
22. Klub aʼzoligidan chiqarilgan yoshlar qayta Klub aʼzoligiga eʼlon qilinadigan tanlov
jarayonlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Klub aʼzosining xorijiy mamlakatlarning taʼlim
muassasalariga o‘qishga kirish, stajirovka o‘tash hamda harbiy xizmatga yuborilishi holatlari
bundan mustasno.



Yüklə 284,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin