e-qaror.gov.uz
02.08.2021
4
7. Klubning funksiyalari quyidagilardan iborat:
yoshlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini va jozibadorligini
oshirish, istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar orasida davlat fuqarolik
xizmatining ijobiy timsolini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
istiqbolli va iqtidorli shaxslarni yoshlar orasidan izlab topish va saralab olish, istiqbolli
kadrlar seleksiyasini amalga oshirish, saralangan yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlab
borish;
davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda
yoshlar o‘rtasida davlat fuqarolik xizmati va kadrlar maʼmuriyatchiligi sohasida amalga
oshirilayotgan ishlar, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi
kurashish, davlat fuqarolik xizmatchilariga yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni singdirish
bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
Klub aʼzoligiga qabul qilingan yoshlarni Vatanga sodiq inson etib tarbiyalash, ularda
mustaqil fikrlash, boshqaruv va liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda davlat boshqaruvi
sohasida dunyoqarashini kengaytirish maqsadida o‘quv-seminarlar, uchrashuvlar va master-klass
va treninglar tashkil etish;
yosh davlat fuqarolik xizmatchilari bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, ularni tahlil
qilish hamda ushbu muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq amaliy ishlarni tashkil etish;
yosh davlat fuqarolik xizmatchilarining safini kengaytirish, ularning kasbiy
kompetensiyalarini oshirish;
yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni manfaatlarini himoya qilish,
intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun shart-
sharoitlar yaratib berishga ko‘maklashish.
Dostları ilə paylaş: