e-qaror.gov.uz
02.08.2021
5
sinovlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maxsus
elektron platformasida test
topshiradi, testdan 56 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga
o‘tkaziladi;
3-bosqich: nomzodning ijodiy va fikrlash salohiyatini baholash.
Bunda nomzodlar “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida va/yoki shu
mazmundagi boshqa mavzularda 250-350 so‘zdan iborat esse (insho)
yozishi talab etiladi;
4-bosqich: nomzodning amaliy ko‘nikma va sifatlarini baholash. Bunda nomzodlar suhbat
orqali assessmentdan o‘tkaziladi.
Tanlovning 3- va 4-bosqichlaridagi har bir sinov natijalari 100 ballik mezonda baholanib,
umumiy ball ko‘satkichi yuqori nomzodlar Klub aʼzoligiga qabul qilinadi.
11. Tanlov jarayonida nomzodlarni saralash va aʼzolikka
qabul qilish viloyat
hokimligining tashkiliy nazorat guruhi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo
viloyat filiali, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi masʼul
xodimlari, oliy taʼlim
muassasalari professor o‘qituvchilari hamda manfaatdor tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda
tuzilgan tashkiliy guruh (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy guruh) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Klub aʼzoligiga dastlabki qabul qilish kvotasi soni 50 nafarni tashkil etadi. Klub
aʼzoligiga tashkil etiladigan kelgusidagi tanlovlar kvotasi Klubning ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda Tashkiliy guruh tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishgan holda
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: