Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish



Yüklə 38,99 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü38,99 Kb.
#199944
  1   2   3   4   5
3-mustaqil ASLIDDIN


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI



“ TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI


3-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASINING
“ KOMPYUTER TARMOQLARI ” FANIDAN
3-MUSTAQIL ISHI

Bajardi : O’runov.A


Qabul qildi: Abduvaliyev.A

MAVZU: Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo‘mitalar.


Reja:

  1. Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari.

  2. "Ethernet" texnologiyasi.

  3. Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari.

  4. ATM, ISDN, xDSL texnologiyalari.

  5. Global tarmoqlar (WAN) va ularning qurilish usullari.

  6. WAN tarmoqlarida qo‘llaniladigan standar texnologiyalar.



Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratishbu texnologiyalarni tanlash, ishchi stansiyalar sonini, ularning o’zaro joylashuvini aniqlash bo’lib, faoliyat turiga qarab foydalanuvchilarning ishchi guruhlari aniqlanadi. Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) cheklangan hududda ishlaydi, uni yaratishda odatda maxsus o’rama juft yoki koaksial kabellardan foydalaniladi. Ayrim hollarda uzoq masofalarda aloqani ta’minlashda yoki himoya bo’yicha yuqori talab qo’yilganda optik tolali kabellar ko’llaniladi. Lokal tarmoqlar uchun kabel bir vaqtda ko’plab abonentlar foydalanuvchi monokanal rolini bajaradi.Belgilangan maqsadi, atxitekturasi, ma’lumot almashinuvini tashkil qilish va abonentlarni o’zaro aloqa qilish qoidasi bo’yicha lokal tarmoqlarning har xil turlarini belgilash mumkin. LHT barcha turlari axborot tizimlari hisoblanib, axborot resurslari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ko’p hollarda LHT katta tarmoqning bir qismi bo’lib, bo’lim, departament, laboratoriya, markaz, ofis yoki ishlab chiqarish sohalariga bog’liq bo’lgan hududiy harakterdagi ma’lumotlarga ishlov berish vazifasini bajaradi. Bo’limlarning faoliyat turi servislar va xizmat sifatini o’z ichiga oluvchi localtarmoqlarning arxitekturasiga ta’sir ko’rsatadi.Funksional vazifasiga ko’ra lokaltarmoqlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- ish hujjat almashinuvi, normativ-ma’lumotnoma, kutubxona va axborot arxivi bo’yicha foydalanuvchilarning axborot xizmatini bajaruvchi tarmoq;
- asosiy vazifasi ilmiy-texnik hisoblashlarni bajaruvchi va tadqiqot loyihalarini avtomatlashtirish bo’lgan lokal tarmoq
;- qaror qabul qilish tizimlari, ekspert tizimlari, masofaviy o’qitish, dizayn va loyihalash tarmoqlari;
- mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va marketing bo’yicha korxona faoliyatini boshqaruvchi lokal tarmoq.Lokal tarmoqning dastlabki texnologiyalarida fizik pog’onada kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring,FDDI,Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning o’rtalariga kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi. Zamonaviylokaltarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi.

1-rasm. Korxonaning mahalliy tarmog`ini yaratish (LAN)

Yüklə 38,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin