Lokal tarmoq aloqa vositalari Reja: Lokal kompyuter tarmoqlari. Lokal tarmoqlarning asosiy turlari



Yüklə 244 Kb.
səhifə1/5
tarix10.06.2023
ölçüsü244 Kb.
#127982
  1   2   3   4   5
2.Lokal tarmoq aloqa vositalari


Lokal tarmoq aloqa vositalari


Reja:


1. Lokal kompyuter tarmoqlari.
2. Lokal tarmoqlarning asosiy turlari.
3. Lokal Kompyuter tarmog`ida ishlash afzalligi.
4. Tarmoqdagi qurilmalarining o`zaro aloqasini
boshqarish



  1. Lokal kompyuter tarmoqlari.

Global tarmoqlar, ma'lumki, yirik shaxarlar, mamlakat, qit'alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa etarlicha kichik maydonni o‘z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo‘ljallanadi. Bunday xajm LKT 10 Mbay/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o‘zaro kabel bilan bog‘lashdan iborat. Ular o‘z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) maxsus platalar orqali kompyuterning sistemali platalarini kengaytiradi.
Yuqori darajada qulaylik, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishdagi xar hil xatolarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tarmoqning butun ishi tarmoq bayonnomasi deb nomlanuvchi qoida va kelishuvlar bilan muvofiqlashtirib boriladi. Tarmoq bayonnomasi qo‘llaniladigan birikmalar (raz'em), kabellar, uzatiladigan signallarni kodlashtirish usullari, ma’lumotlar yozuvi formati, xatolarni payqash va tuzatish hamda shu kabilardan iborat.





Aloxida tugunlami tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi.
Odatda uchta topologiya qo‘llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu xolda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig‘iga parallel bog‘lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham aloxida, ham markazlashgan bo‘lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-xakam ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Aloxida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir hil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi.






  1. Xalqasimon. Bu xolatda barcha kompyuterlar yopiq xalqasimon, ketma-ket bog‘lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabami uzatgan kompyuter yana o‘sha xabami qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.







  1. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so‘ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.





4. Daraxtsimon bog‘lanish.




5. Qutisimon bog‘lanish.


6. Araalash bog‘lanish.







Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin