Lorem ipsum dolor sit amet



Yüklə 482,53 Kb.
səhifə2/2
tarix07.11.2022
ölçüsü482,53 Kb.
#67736
1   2
Ekologiya mustaqil ish


AQSH da 1939 yilgi tuproq eroziyasi mamlakatga 400 mln. dollar miqdorida zarar yetkazdi.

Tuproqning ko`plab ishdan chiqishi 1984, 1985 va 1987 yillarda Efiopiya xalqlarini yangi joylarga ko`chishga majbur qildi.

Tuproq eroziyasi ayniqsa Xitoyda kuchli bo`lib, bu jihatdan u dunyoda birinchi o`rinda turadi. Bu mamlakatda 150 mln. gektar yer eroziyaga uchragan.
Tuproqning sho`rlanishi – tuproqqa suv va chang bilan kelib qo`shiladigan tuzlar miqdorining ularni o`simliklar o`zlashtirishi miqdoridan ortib ketishi. Bu hodisa ko`proq quruq iqlimli zonalarda uchraydi.Keyingi vaqtlarda tuproqning sho`rlanishi Markaziy Osiyoning Orol dengizi ta'sirida bo`lgan hududlarida ko`payib bormoqda.Mutaxassislarining tadqiqotlari ko`rsatishcha Orol dengizining qurib, tuzli sahroga aylangan maydonidan yilida 65 mln tonnagacha sho'r qum havoga ko`tarilib, atrof hududlar tuprog`iga yog`iladi. Bundan tashqari ma'lum miqdordagi tuz tuproqqa oqar suv bilan ham tushadi.
Shoʻrlangan tuproqlar, asosan, quruq iqlimli mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Xitoy, AQSH, Oʻrta Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va boshqalar)da katta maydonlarda tarqalgan .

Shoʻrlangan tuproqlar quyidagi turlarga bo'linadi :

- kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1—0,2%) - oʻrtacha (0,2—0,4%)
- kuchli (0,4—0,8%)
- juda kuchli shoʻrlangan (shoʻrxoklar; 0,8% dan koʻp)
Tuproqning botqoqlanishi – tuproq suvni yo`qotishga qaraganda ko`p qabul qilishdan uning strukturasi o`zgarishi. Bu hodisa yer osti suvlari yaqin joylashgan va yong`gin-sochinlar ko`p bo`lib turadigan sernam zonalarda uchraydi.

Asosan, atmosfera yogʻinlari bugʻlanishdan ustun boʻlgan zonalarda tarqalgan. Arid zonada Botqoqlanish sof holda kam uchraydi; aksariyat tuproq shoʻrlanishi bilan birga yuz beradi, natijada ekinlar yaxshi rivojlanmaydi va nobud boʻladi. Botqoqlanish tabiiy va sunʼiy sabablarga koʻra yuz beradi.
Tuproq unumdorligining pasayishi - undagi oziq moddalarining kamayishidan, tuproqning sho`rlanishi, botqoqlanishi, pestitsidlar va mineral o'gitlardan noto‘g‘ri foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarining noto'g'ri o`tkazilishidan kelib chiqadi. Hisoblarga ko'ra bir gektar yerdan 136 sentner kartoshka hosili olinganda u bilan birga tuproqdan 48,2 kg azot, 19 kg fosfor va 86 kg kaliy chiqib ketadi. Shunga o`xshash boshqa turdagi qishloq xo`jalik mahsulotlari ham tuproqdan ko`p miqdordagi makro va mikroelementlarni o`zi bilan olib ketadi. Bularning o`rnini to`ldirib turmaslik, tuproqqa yetarli miqdorda organik va mineral o'gitlarni kiritmaslik uning kambag`allashib, unumdorligi pasayishiga olib keladi.
Yer maydonlarini uning cho`lga aylanishi dunyoning hamma joyida ham kuzatilmoqda. 1985 yilgi ma'lumotlarida keltirilishicha cho`lga aylanish natijasida har yili 50-70 ming kv. km. yer ishdan chiqmoqda. Agar har bir kvadrat kilometr yer 200 ming AQSH dollariga baholanishini hisobga olsak, tuproqning cho`lga aylanishidan dunyo iqtisodiyoti har yili 10 mlrd. dollar zarar ko`rmoqda. Tabiiy sharoiti noqulay bo`lgan hududlardan tashqari unumdor tuproqli yerlari cho`lga aylanish xavfi ostida turgan hududlar ham bor. Bunday yerlar 30 mln. kv. km. ni, yoki Yer yuzi quruqligining 19% ni tashkil qiladi. Xulosa qilib aytganda arid mintaqalar jami maydonining 2/3 qismi cho`lga aylanish xavfi ostida turibdi.
E'tiboringiz uchun rahmat !
Yüklə 482,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin