Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi Reja: Lotin amerikasi mamlakatlari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə4/4
tarix13.06.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#129689
1   2   3   4
Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi

Taraqqiyotning inqilobiy yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yoʻli bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida boʻlganlar.
Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qoʻzgʻoloni gʻalaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag'darildi. Bu hukumatni agʻdarish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U oʻz oldiga Kubani AQSFI ga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qoʻydi.
AQSH oʻz navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qoʻlladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yoiini tanladi.
Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik gʻoyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990- yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qoʻllamay qoʻydi. Kuba iqtisodiy ogʻir ahvolga tushib qoldi.
Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukumatini tashvishga solib qoʻydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan oʻz siyosatida oʻzgarish qilishga majbur boʻldi.
1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yoʻlidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga moʻijallangan boʻlib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtirilishi, agrar islohot oʻtkazilishi, uy-joy qurilishi, sogʻliqni saqlash va ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerikasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd. dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi koʻzda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi.
1993—1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet el sarmoyasi ishtirokida qoʻshma korxonalar qurilishi rag'batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet el valutasining muomalada boʻlishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy birlashuvga jiddiy e’tibor berdilar.
Braziliya va Argentina oʻrtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda, mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham jiddiy e'tibor bilan qaradilar. 1992— 1994-yillar davomida AQSH, Kanada va Meksika oʻrtasida «Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi» tashkil etilganligi bu boradagi muhim qadam boʻldi.
Lotin Amerikasining ba'zi davlatlari ham bu shartnomaga qoʻshilishga intilmoqda.
Lotin amerikasi (ispancha America Latina) — Shim. Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel — Norte daryosidan jan.da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy maydoni 20,5 mln. km². L. A.da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. L. A. aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. L. A. mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularning avlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va boshqa yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. L. A. axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi «L. A.» deb ataladi.
Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar L. A. aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan L. A.ning bosib olinishini boshlab berdi. 19-asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi.
L. A.ning 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. L. A. tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari
Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin