Lotin tili va tobbiy terminologiya fanidan farmatsiya yo`nalishi uchun 1 mavzudan mashg`ulot materiallari


Lotin tili (Lingua latina) nima uchun «latin» deb ataladi?



Yüklə 237,9 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü237,9 Kb.
#183568
1   2   3   4   5
1 mavzu

Lotin tili (Lingua latina) nima uchun «latin» deb ataladi? Gap shundaki, bu tilda latinlar (latini) so‘zlashgan. Lotin Tibr darѐsi kuyisida joylashgan Lasiy (Latium) viloyatida yashagan Kadimgi Italiya qabilalaridan biridir. Eramizdan avvalgi 753-754 yillarda ushbu viloyat markazi Rim (Romo) shahri bo‘lgan va Lasiya aholisi o‘zlarini «Rimliklar» «Romani» deb atay boshlaganlar. Tarixiy rivojlanish davrida lotin tili boshqa Italiya tillari ―umbr” va ―oss” tillarini asta -sѐkin siqib chiqardi va G‘arbiy O‘rta Yer dengizining to‘la huquqli xo‘jayiniga aylandi. Lotin tilining tarixiga nazar solar ekanmiz, uning rivojlanishidagi bir necha muhim bosqichlarni qayd etishni lozim topdik: I – bosqich: «Arxank» (eski) latindir. Bu bosqich eramizdan avvalgi 754-yil, II asrga to‘g‘ri keladi. Arxank latinning qadimgi qo‘lѐzmalari eramizdan oldingi VI asrlarga tegishlidir, ammo bunday ѐzuvlar juda ozchilikni tashkil qiladi. Eramizdan avvalgi III asrlarda Rim qudratli davlatga aylandi. Bu esa o‘z navbatida qadimgi ѐzma obidalarning ko‘payishiga olib keldi. Rim siѐsiy arboblarining epitafiyalari (esdaliklari) ham asosan shu davrga mansubdir. Arxank davrida adabiѐt sohasida ham ancha ishlar qilingan.Adabiyot sohasida ushbu davrning yirik vakili, Qadimgi Rim komediyasining otasi Tit Maksiy Plavtning 20 komediyasi to‘liq yetib kelgan. Bu komediyalarning tili, leksikasi, fonetikasi klassik lotin normalariga ancha yaqindir. II – bosqich: Klassik lotin (eramizdan avvalgi I asr 50-yillar ). Bu lotin tili rivojlanishidagi muhim bosqichdir, shuning uchun ham bosqichni «oltin lotin» deb ataydilar. Bu davrda Rim sivilizasiyasining eng gullagan davri bo‘lib, bu davr nafaqat Rimni, balki butun Yevropani mashhur qilib tanitgan, buyuk insonlari bilan tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan bosqichdir. Bu davrda qadimgi mashhur orator, yurist, dono nutqlar muallifi Siseronning chiqishlari muhim rol' o‘ynaydi.
Siseronning nutqlari hozirgi kun yuristlari uchun ham namuna bo‘lib hisoblanadi. Buyuk sarkarda, ѐzuvchi tarixiy nasrda juda chiroyli ijod qilgan Gay Yuliy Sezar' ham shu bosqichning vakilidir. Uning tarixiy nasrda ѐzgan «Gall urushi haqidagi bitiklar» asari juda mashhurdir. Klassik lotin davrining eng mashhur shoirlaridan biri Vergiliydir. Uning Rim xalqi milliy eposi sanaladigan «Eneida» si ѐki Ovidiyning «Metamorfozlar» i (mifologik syujetdagi she'riy asar)i, «Muxabbat san'ati» (Ars amandi) ishqiy elegiyalar to‘plami hisoblanadi. Hozirgi kunda aksariyat o‘quv yurtlarida aynan klassik davrdagi lotin tili o‘rganiladi. III - bosqich: Postklassik lotin (eramizning II – IV asri). Bu davr «kumush lotin» nomi bilan tarixda nom qoldirgan. Istoriografiya (tarixiy manbalarni o‘rganish ѐki bir davrni o‘rganish) gullab - yashnagani bilan xarakterlanadi. Postklassik lotin davrining eng mashhur mualliflari – Rim tarixchilaridir. IV - bosqich: Kechki lotin (eramizning IV asri tugatilgandan keyingi). Barvarlar davlatlarining paydo bo‘lishi, xristianlikning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadigan davrdir. Kechki lotin davri ѐzuvchilari ko‘prok tarixchilar va xristian xudojo‘ylari bo‘lgan. Tarixdan bizga ma'lumki, Rim imperiyasi tugatildi, ammo lotin tili o‘lmadi. XVII asrgacha barcha ish yuritish hujjatlari faqat lotin tilida ѐzilgan. Masalan: aynan lotin tilidagi birinchi hujjat rus-xitoy muzokaralari tarixdagi mashhur ―Nergin shartnomasi‖ tuzilgan.
Lotin tilidan Golland faylasufi B.Spinoza (1632 1677), Ingliz olimi I.N'yuton(1643-1727), R. Dekart, M. V. Lomonosov va boshqalar foydalanishgan. O‘sha davrlarda lotin tilini bilmasdan ta'lim olishning iloji bo‘lmagan. Hozirgi kunga kelib lotin tilidan filologiya, tarix, tibbiѐt kabi turli sohalarda foydalaniladi. Lotin tili Vatikan davlati va Katolik cherkovining rasmiy tili sanaladi. Juda ko‘p tillardagi katta miqdordagi so‘zlar ko‘pgina zamonaviy tillar ѐzuvining asosi bo‘lib hisoblanadi. Hozirda, bizning nazarimizda, antik lotin zamonaviy tillarga ko‘chgan va deyarli o‘zgarishsiz ijtimoiy va ilmiy-texnik terminalogiyalarda saqlanib qolgan. Masalan: student, leksiya, notarius, translyasiya, deduksiya, prezidium va hokozolar shular jumlasidandir. Lotin tili zamonaviy ish qog‘ozlarida va adabiѐtlarda qo‘llaniladi. Biz fikrimizning isboti tariqasida, so‘zimiz oxirida lotin tilining o‘rni fakat tillar negizida emas, balki tibbiѐt yuragida ham saqlanishini shu birgina misol orqali aytmoqchimiz:
«In via est in medicina, via sina lingua latina», ya'ni «Lotin tilisiz – tibbiyotga yo‘l yo‘q!»

Tibbiy terminologiya – bu tizimlar tizimidir. U tibbiy, tibbiy biologik va boshqa tibbiѐt bilan bog‘liq ko‘plab alohida sohalarning tizimlaridan tashkil topadi.


1. Bugungi kunda anatomik va gistologik tuzilmalarning nomlarini o‘z ichiga olgan anatamik va gistologik namenklatura.
2. Klinik terminologiya turli klinik sohalarning terminlarini shuningdek, patologik anatomiya va patalogik fiziologiyaning terminlarini o‘z ichiga oladi.
3. Farmasevtik terminologiya - bu o‘simliklar va kimѐviy kelib chiqishga ega bo‘lgan dori vositalarining nomlaridir.

Yüklə 237,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin