O‘ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANILISHI FANIDAN TEST
1-variant
1. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan?
a)1992-yil 3-mart b)1989-yil 21-oktabr c)1993-yil 2-sentabr d) 1993-yil 6-ma
2.Turkiy o‘zbek tilning rivojida kimning hissasi katta?
Alisher Navoiy b)Amir Temur c)Ahmad Yassaviy d) Bobur
3. Yusuf Xos Hojib qaysi asarning muallifi?
Hibbatul haqoyiq b) Qutadg‘u bilig c)Devonu lug‘atit turk d)Xamsa
4.O‘zbek tili qaysi tillar oilasiga kiradi?
Hind-yevropa tillari oilasining eron turkumi b)Oltoy tillar oilasining turkiy turkumi
Hind-yevropa tillari oilasining slavyan tillari turkumi c)Oltoy tillar oilasining eron turkumi
5. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi?
A) kir sovun B) tarjimayi hol C) liq to‘la D) och sariq
6. Tutuq belgisi (’) qo‘yilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
A) mashuq, mezon B) mo‘tadil, vaz C) maraka, tazim D) taziya, murojaat
7. Qaysi qatordagi so‘zda til oldi jarangli tovush lab-lab jarangli tovushi sifatida talaffuz etiladi?
A) mehmon B) bo‘yni C) gapni D) minbar
8. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) oliyjanob, taqiqlamoq, ohanrabo B) taqchil, bug‘u, hasharot
C) hukumron, alyuminiy, vakum D) bo‘ysunmoq, gulsapsar, binoyi
9. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) yarim avtomat B) bug‘doy rang С) janubi g‘arb D) sovuq mijoz
10. Noto‘g‘ri yozilgan so‘z qaysi qatorda berilgan? A) hasharot B) netron C) obro‘li D) xushhazm
11. Talaffuz va imloda farqlanadigan so‘zlar ko‘rsatilgan qatorni toping.
1) tonna; 2) avtomat; 3) bahor; 4) okean; 5) kollej; 6) ishlov; 7) tovuq; 8) yasha; 9) bilan
A) 1, 2, 5, 7, 8, 9 B) 3, 4, 6, 8, 9 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7, 9 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
12. Qo‘sh undosh xato qo‘llangan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) dramma, ushshatmoq B) yallig‘lanish, horittirmoq
C) himmatli, haqqoniyat D) uvvos, uddaburon
13. Adabiy me’yor saqlangan so‘zlar qatorini belgilang.
A) giyohvan, xayir, g‘ish, mas B) pasay, chapdas, qayrilmoq, sanalmoq
C) artis, grip, dramma, darax D) yarmi, bag‘ri, ayrilmoq, ikkala
14. Xato yozilgan sonlarni toping.
A) besh-o‘n, ellik-oltmishtacha B) uchchala, to‘rttala C) bitta, ikkita D) uchdan bir, beshdan uch
15. Qaysi juftlikda so‘zlar xato yozilgan?
A) mo‘’jaz, mo‘’jiza B) surat, sur’at C) nasha, nash’a D) tana, ta’na
16. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra har bir so‘zi bosh harf bilan yoziluvchi birliklar qatorini belgilang
A) O‘zbekiston Qahramoni B) Barcha qatordagi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi.
C) Xotira va qadrlash kuni D) Mustaqillik kuni
17. "O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari" (1995) ga ko‘ra chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qatorini toping.
A) unda bunda, uyma uy B) ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi
C) ochiqdan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri D) yangidan yangi, to‘g‘ridan to‘g‘ri
18. Chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
A) orom//baxsh, qiyma//taxta, ur//to‘qmoq B) gul//chechak, bordi//keldi, och//sariq
C) bodom//qovoq, to‘q//qizil, kecha//kunduz D) uyma//uy, kiyim//kechak, dam//badam
19. Qaysi javobda 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra ajratib yoziladigan so‘z berilgan?
A) sovuq mijoz B) yarim avtomat C) kula yozdi D) bug‘doy rang
20. -illa fe’l yasovchi qo‘shimchasi qaysi so‘zlarga qo‘shilganda fonetik yozuv asosida yoziladi?
A) lo‘k, g‘ing, ship B) shov, shiq, dik C) shov, guv, ship D) shov, guv, shuv
21. Diagramma so‘zining 3-bo‘g‘ini nechta tovushdan tarkib topgan?
A) 3 ta undosh, 1 ta unli В) 3 ta undosh, 2 ta unli C) 2 ta undosh, 1 ta unli D) 1 ta undosh, 1 ta unli
22. Qaysi qatordagi so‘zlarda “o” unlisi “a” singari talaffuz qilinadi?
A) dekoratsiya, omonim, monitoring B) savol, bahor, zamon C) okulist, tonna, tort D) dekoratsiya, bola
23. Quyida berilgan so‘zlarning qaysilariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, bu so‘z fonetik yozuv asosida yozilmaydi?
1) o‘rin; 2) park; 3) rizq; 4) kapalak; 5) bo‘g‘iz; 6) nutq; 7) qorin; 8) butoq; 9) farq; 10) tuproq
A) 3, 4, 5, 10 B) 6, 8, 9 C) 2, 3, 6, 9 D) 1, 5, 9, 10
24. Qo‘sh unlilarsiz yozilishi kerak bo‘lgan so‘zni toping.
A) manfaatdor B) mutakaabbir C) mutolaa D) mutaassib
25. Imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni toping.
1) yutiq; 2) badiiy; 3) ukrayin; 4) tassurot; 5) mone; 6) ehtirom
A) 1, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 4, 5
26. Talaffuzda tovush orttirilishi yuz bergan so‘zlar qatorini toping.
A) tabiat, doim, ilm B) unga, achchiq, issiq C) qadr, do‘st, g‘isht D) go‘sht, yozdir, iliq
27. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A) hasharot B) zalvorli C) qaynana D) qat’i nazar
28. Quyida berilgan juft so‘zning qaysi biri imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?
A) yaroq-aslaha B) yaroq-aslaxa C) yarog‘-aslaha D) yarog‘-aslaxa
29. Noto‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini ko‘rsating.
A) oliyjanob, taqiqlamoq, ohanrabo B) taqchil, bug‘u, hasharot
C) hukumron, alyuminiy, vakum D) bo‘ysunmoq, gulsapsar, binoyi
30. 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) yarim Avtomat B) bug‘doy rang С) sovuq mijoz D) janubi g‘arb
Dostları ilə paylaş: |