Loyiha ish №4 Har bir grafik hikoya qiladi maqsad



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix22.09.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#63940
Loyiha ish 4 (1)



Loyiha ish № 4 
Har bir grafik hikoya qiladi 
MAQSAD.
Grafikda tasvirlangan vaziyatning og'zaki xulosasini berishni o'rganish. 
Agar rasm ming so'zga arzigulik bo'lsa, unda grafik hech bo'lmaganda bir necha qator jumlalariga 
arziydi. Darhaqiqat, grafik ba'zan hikoyani ko'p so'zlarga qaraganda tezroq va samaraliroq aytib berishi 
mumkin. 1929 yildagi fond bozori qulashining halokatli ta'siri Dow Jones indeksining (DJIA) grafigidan 
darhol ko'rinadi. O'sha paytdagi gazetalarda bunday grafiklar halokatning naqadar kattaligini 
yetkazishning samarali usuli sifatida chop etilgan. 
Quyidagi rasmdagi xabarni yetkazish uchun hech qanday so'z kerak emas. Grafik oddiy bir voqeani 
aytib beradi: nimadir pastga tushdi - ehtimol savdo, foyda yoki mahsuldorlik - va mas'ul shaxs juda 
xavotirda 
Ushbu loyiha tadqiqotida biz grafiklar aytib beradigan hikoyalarni o'qiymiz va biz hikoya qiluvchi 
grafiklarni yaratamiz.
 
 


I. Hikoyani grafikdan o‘qish. 
1. Quyida haroratning vaqtga nisbatan to'rtta grafigi (soat 8:00 dan boshlab) ko'rsatilgan 
bo’lib, ulardan 
keyin uchta hikoya berilgan. 
Rasm A 
Rasm B 
Rasm C 
Rasm D 
1.
Hikoyalarning har birini grafiklarning biri bilan moslang. 
2.
Hech qanday hikoyaga mos kelmaydigan grafik uchun xuddi shunday hikoya yozing. 
Hikoya 1
Tushda muzlatkichdan go'shtni olib, eritish uchun peshtaxtaga qo‘ydim. Keyin uyga 
kelganimdan keyin pechda pishirdim. 
Hikoya 2 
Ertalab muzlatgichdan go'shtni olib, eritish uchun peshtaxtaga qo'ydim. Keyin uyga 
kelganimdan keyin pechda pishirdim. 
Hikoya 3 
Ertalab muzlatgichdan go'shtni olib, eritish uchun peshtaxtaga qo'ydim. Men buni 
unutib, ishdan uyga qaytayotganimda kafeda tanovvul qildim. Nihoyat uyga 
kelganimdan so'ng go'shtni muzlatgichga qo'ydim. 
2. 100 metrga to‘siqlar osha yugurishda uchta yuguruvchi qatnashdi. Grafikda yugurish masofasi har bir 
yuguruvchi uchun vaqt funksiyasi sifatida ko'rsatilgan. Grafik sizga ushbu poyga haqida nima deyishini 
tasvirlab bering. Poygada kim g'olib chiqdi? Har bir yuguruvchi poygani tugatdimi? Sizningcha, B sportchi 
bilan nima sodir bo'lgan? 


3. Quyidagi chizmaga mos keladigan (har qanday vaziyatni o'z ichiga olgan) hikoya tuzing. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin