Sudya tomonidan qanday tamoyil qoidasi buzildi? vaziyat.
Zo‘rlashdan jabrlangan voyaga yetmagan V. tergovchiga, o‘zining yuridik savodsiziligi sababli, advokat yordamiga muhtoj ekanligini, lekin bu yordam haqini to‘lay olmasligini bildirdi. Tergovchi qanday yo‘l tutishi lozim? vaziyat.
Og‘irlatuvchi holatlarda odam o‘ldirishda ayblanayotgan shaxs himoyasini kelishuv asosida amalga oshirayotgan advokat Ergashev dastlabki tergovdayoq tezkor militsiya xodimlari shipshitishi bilan depressiya holatida aybni o‘z bo‘yniga olgan va o‘zini ayblashda qaysarlik bilan turib olmoqda, o‘zi sodir etmagan jinoyatda o‘zini aybdor deb tan olmoqda. Himoya chizig‘ini aniqlab, o‘z himoyachisi bilan navbatdagi xoli uchrashuv paytida bu borada u bilan fikr almashdi va birgalikdagi harakatlar bilan oqlanishga erishishni taklif qildi. Ayblanuvchi keskin hayajonlanish holatida himoyachini rad etishini e'lon qildi. Advokat-himoyachi qanday yo‘l tutishi kerak? vaziyat.
Sud muhokamasi belgilanishi bosqichida tovlamachilik to‘g‘risidagi jinoiy ishni o‘rganib chiqib, sudya aniqladiki, ushbu jinoyatda ayblanayotgan, tergov olib borilgan o‘zbek tilini yomon biladigan qalmiq X. tarjimon bilan ham, himoyachi bilan ham ta'minlanmagan, holbuki ikkalovining ham yordamidan voz kechmagandi, lekin bu haqda iltimosnoma ham kiritmagan, chunki advokat va tarjimonning ishda qatnashishi uchun “bir umr pul to‘lab yurish kerak” deb adashgan. Bundan tashqari, aniqlandiki, tergovchi V. jabrlanuvchi A.ning rafiqasining tog‘abuvasi ekan. Jinoiy ish bo‘yicha sudya (sud) qanday yo‘l tutishi kerak?
1 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Oliy Majlis 14 sessiyasidagi ma'ruza, 1999 yil 14 aprel // O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratamiz. J.7. - T.: O‘zbekiston, 1999 y. - S. 359.
2 Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma'ruza, 29 avgust 1996 yil // Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. J. 5. - T.: O‘zbekiston, 1997. - S. 112-113. Advokatlik faoliyati deb “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan shaxslar tomonidan professional asosda jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, adolatli sudlovga erishishni ta'minlash maqsadida ko‘rsatiladigan malakali yuridik yordam e'tirof etiladi.
3 Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma'ruza, 29 avgust 1996 yil // Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. J. 5. - T.: O‘zbekiston, 1997. - S. 112-113.