Hukm e'lon qilinganidan keyin jabrlanuvchi va uning advokati apellyasiya, kassatsiya shikoyati kiritishga va xususiy shikoyat qilish huquqlariga egalar
Hukm e'lon qilinganidan keyin jabrlanuvchi va uning advokati apellyasiya, kassatsiya shikoyati kiritishga va xususiy shikoyat qilish huquqlariga egalar. Vakilning vakolatlari vakillik qilinuvchining roziligiga asoslangan va unga to‘liq bog‘langan, ya'ni jabrlanuvchi istalgan paytda uning vakili tomonidan tuzilgan har qanday hujjatni bekor qilishi mumkin. vakilning huquqlari qonunda keltirib o‘tilgan va kengroq talqin qilinishi mumkin emas. Jabrlanuvchining, fuqarolik da'vogari, fuqarolik javobgarining vakili jarayondan uning istalgan bosqichida chiqishi mumkin. Nisbatan yaqinda O‘zbekiston Respublikasi jinoiy jarayoniga jinoiy ish bo‘yicha guvohga advokat xizmatlaridan foydalanish huquqini berish ko‘rinishidagi yangilik kiritildi.62 O‘zbekiston Respublikasi JPK 66-1-m. ga muvofiq, guvoh advokati - bu belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va unga kerakli yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega shaxsdir. Jinoiy ishda tomonlar manfaatlarining himoyasini amalga oshiruvchi shaxs ushbu ish bo‘yicha guvohning advokati bo‘la olmaydi. Guvohning advokati guvoh chaqirilgandan boshlab, u advokatlik guvohnomaisni ko‘rsatgani va order taqdim qilganidan keyin ishda ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Guvoh advokati quyidagi huquqlarga ega: o‘zi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxs qanday jinoiy iish bo‘yicha chaqirilganini bilish; guvohning so‘roq qilinishida, shuningdek uning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida qatnashish, unga qisqa maslahatlar berish; so‘roq o‘tkazayotgan shaxs ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni so‘roq qilishda qatnashayotgan tarjimonni qonunda belgilangan tartibda rad qilish; so‘roq tugaganidan keyin guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgani haqida arz qilish, u so‘roq bayonnomasiga kiritilishi lozim. Guvoh advokati quyidagilarga majbur: guvohga kerakli yuridik yordam ko‘rsatish; dalillarni yo‘q qilish, qalbakilashtirish, guvohlarni ko‘ndirish va boshqa noqonuniy harakatlar yo‘li bilan adolatni o‘rnatishga to‘sqinlik qilmaslik; ish ko‘rilishida va sud majlisida tartibga rioya qilish.