Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə129/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatlar tomonidan jinoiy ish yuritishdagi jabrlanuvchi, fuqarolik da'vogari, fuqarolik javobgari, guvoh manfaatlarida vakillik qilishining ba'zi masalalariga to‘xtalib o‘tamiz.
Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, jabrlanuvchilarning huquqlari jinoyatlardan va hokimiyatning suiiste'molidan qonun bilan himoya qilinishiga advokatlarning e'tiborini qaratamiz.
Davlat jabrlanuvchiga adolatli sudlovdan foydalanishni va yetkazilgan zararni qoplashni ta'minlaydi. Qonunda kafolatlangan huquqlarning buzilishi jinoiy sud yurituvida jinoiy-protsessual qonunning sezilarli buzilishi deb baholanadi.
Shuni nazarda tutish lozimki, agar advokat o‘z zimmasiga himoyachilik majburiyatini olishda qabul qilingan topshiriqni rad etish huquqiga ega bo‘lmasa, jabrlanuvchining vakili funksiyasini bajarish advokat tomonidan faqat jabrlanuvchining jarayondagi ma'naviy haqligiga amin bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin.
Jinoiy ish jarayonida jabrlanuvchining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga majburiyatlar olishning ma'naviy asosi advokat tomonidan ishning xolis, to‘liq va har tomonlama o‘rganilishi adolatli sudlovni amalga oshirishning zaruriy sharti ekanligi, jabrlanuvchi qonuniy asoslarda o‘zining buzilgan huquqi va manfaatlarini talab qilayotganligini tushunish sanaladi.
Advokat, xususiy ayblov ishi bo‘yicha jabrlanuvchining vakili sifatida, sudga jinoiy ish qo‘g‘atish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilishi mumkinligiga e'tibor berish kerak.
Amaliyotda fuqarolik da'vogarining vaikli sifatida advokat sudlanayotganga jaxo chorasiga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini aytishi yoki bu fikrni prokurorning taklifiga qo‘shishini kuzatish mumkin.
Bunday holatlarda advokat advokatlik faoliyatining ma'naviy asoslaridan chetlanadi, degan fikr tug‘iladi. Bundan tashqari, mulkiy manfaat jazoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikka ega emasligini barcha biladi.
Advokat-fuqarolik da'vogari vakili dalillarni o‘rganib chiqish, tasniflash masalasiga va da'voni qondirishga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa holatlarga aralashishga haqli, lekin jazoni tayinlash masalasi fuqarolik da'vogari vakilining vakolatidan tashqaridagi ishdir.
Jinoiy ish yurituvda jabralanuvchining, fuqarolik da'vogarining, fuqarolik jvobgarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, avvalo, buning uchun vakolatga ega davlat organlari faoliyati bilan ta'minlanadi. Qolaversa, bu vakolatlarni mansabdor shaxslar manfaatdor shaxslarning iltimoslaridan qat'iy nazar amalga oshirishlari lozim.
Shunga qaramay, qonun jabrlanuvchiga, fuqarolik da'vogariga, fuqarolik javobgariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun keng imkoniyatlar beradi, jumladan, vakil yordamidan foydalanish (vakil sifatida advokat ham qatnashishi mumkin) imkoniyatiga ega.
Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan va u tegishli organ (su. Tergovchi va sh.k.) qarori bilan jabrlanuvchi deb topilgan ham jismoniy shaxs, ham yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. faqat shunda, O‘zbekiston Respublikasi JPK 55-m.ga muvofiq, jabrlanuvchi vakilga ega bo‘lishi mumkin.
Jabrlanuvchi sifatida tan olish to‘g‘risidagi qarorning mavjudligi shaxsga protsessual huquqlar beradi. Zarar yetkazilganmi, yo‘qmi - buni su d hal qiladi. Shunday holatlar ham bo‘ladiki, jinoyat sodir etilgan va undan jabrlangan shaxs uning sodir etilishiga o‘zining noqonuniy yoki g‘ayriaxloqiy xatti-harakati bilan ko‘maklashgan bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin