Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


voyaga yetmagan shaxsga yoshi katta shaxslarnin ta'siri



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə126/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138
Адвакатлар дарслик

voyaga yetmagan shaxsga yoshi katta shaxslarnin ta'siri

Agar jinoyatni sodir etishdan oldin voyaga yetmaganga nisbatan yoshi katta shaxslarning, jumladan ish bo‘yicha jabrlanuvchilar deb topilganlarning noqonuniy yoki gij-gijlovchi harakatlari ro‘y bergan bo‘lsa, sud buni aybdorning jazosini yengillatuvchi haolat deb topish huquqiga ega.
Yana voyaga yetmagan shaxs jinoyatni sodir etish chog‘ida yoshi katta odamga moddiy, xizmat yoki boshqa bog‘liqlikda bo‘lmaganligiga, uning irodasi katta yoshlining noqonuniy harakatlari bilan sindirilganligi tufayli jinoiy harakatlari majburiy bo‘lmaganmi - shunga e'tibor berish kerak.
Agar voyaga yetmaganda ruhiy buzilish bilan bog‘liq bo‘lmagan psixik rivojlanishda orqada qolish belgilari kuzatilsa, harakatlar (harakatsizlik)ning amaliy xarakteri va ijtimoiy xavfini to‘liq anglay olganmi yoki ularni boshqara olganmi - shuni aniqlash lozim.
Ushbu maqsadda kompleks psixologik-psixiatrik ekspertiza o‘tkazilishi mumkin, uning oldiga albatta quyidagi masalani hal etish vazifasi qo‘yilishi kerak: voyaga yetmagan ayblanuvchi unga yuklanayotgan qilmishni sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining amaliy xarakterini va ijtimoiy xavfini anglashi yoki ularni boshqarishi mumkinmidi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday darajada?
Bu bilan voyaga yetmaganning intellektual rivojlanishining uning yoshiga muvofiqligi aniqlanadi.
Bu holatlarning barchasi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni qo‘llash yoki bundan ozod etish masalasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi tufayli, advokat voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan ozod qiluvchi yoki jazoni yengillatuvchi holatlarni tasdiqlovchi ma'lumotlarni yig‘ishda faollik ko‘rsatishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi JPK 51-m.ga muvofiq, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoiy ish yurituvida himoyachining qatnashishi majburiy sanaladi.
Voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha dastlabki tergovda va sud majlisida himoyachi (advokat)ning majburiy qatnashishi to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilmaslik jinoiy-protsessual qonunning sezilarli buzilishi deb ko‘riladi va hukmning bekor qilinishiga olib keladi.
Voyaga yetmagan gumonlanuvchilarni, ayblanuvchilarni himoya qilishda advokatlar BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan adolatli sudlovni amalga oshirishga oid minimal standart qoidalari (Pekin qoidalari, 1985 yil 25 noyabr)dagi talablarni keng qo‘llashlari lozim.
Voyaga yetmagan gumonlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoq ostida saqlash agar u og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda gumon qilinsa yoki ayblansa, qo‘llanilishi mumkin.
Voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasni hal etishda har bira vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi JPK 558-m.da belgilangan tartibda nazoratga berish imkoniyati muhokama etilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi JPK 556-m. belgilaydiki, voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchi ustidan nazorat uning ota-onasi va vasiylar yoki boshqa, ishonch qozongan shaxslar, shuningdek u yashaydigan bolalar ixtisoslashgan muassasasi mansabdor shaxslari tomonidan uning o‘zini yaxshi tutishini ta'minlashdan iborat, bu haqda ushbu shaxslar yozma majburiyat beradilar.
Qamoq ostida bo‘lmagan voyaga yetmagan gumonlanuvchini, ayblanuvchini prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga chaqirish ham uning qonuniy vakillari orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin