Sud majlisi boshlanishidan oldin advokat o‘zi bergan kassatsiya shikoyatni qaytarib olishi, o‘zgartirish yoki to‘ldirishi mumkin. Kassatsiya ish yurituvida o‘z manfaatlarini himoya qilishni mahkum, uning qonuniy vakili yoki qarindoshi ikkinchi instansiya sudida ishtiroki majburiy bo‘lmagan himoyachiga topshirishlari mumkin. § 6. Advokatning nazorat instansiyasi sudida ishtiroki Nazorat shikoyati mazmunidan kelib chiqib, himoyachi unda hukmga, ajrimga, qarorga ularning qonuniyligi, asoslanganligi va adolatliligi nuqtai nazaridan o‘zining munosabatini to‘liq ifodalashga intilishi kerak. Birgina jinoiy - protsessual qonunbuzilishi yoki moddiy qonunlarning noto‘g‘ri qo‘llanilganini aasoslash bilan kifoyalanish kerak emas. Advokat o‘zi aniqlagan, sudgacha va sud ish yurituvida qo‘l qo‘yilgan va jinoiy ish bo‘yicha g‘ayriadolatli sud qarori chiarilishiga sabab bo‘lgan barcha qonunbuzarliklarning tahlilini beradi. Agar himoyachi qonunbuzarliklar aniqlamasa yoki ularga jinoiy ishni surishitirsh va ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, uning uchun shikoyat qilinayotgan sud qarorining tayinlangan jazo turi va miqdori, jazoni o‘tash bo‘yicha mahkum jazosini o‘tashi kerak bo‘lgan muassasa turi, qondirilgan fuqarolik da'vosi, oqlash asoslari va sh.k. bo‘yicha adolatli bo‘lgani yuzasidan baholashi maqsadga muvofiq. Amalda ko‘pgina kassatsiya instansiyalari hukmlari va ajrimlari ularga qo‘yiladigan adolatlilik talabini aks etirmaydi, bu sifatlarning sud qarorlarida mavjud emasligi esa advokatga ularni nazorat tartibida o‘zgartirish masalasini oldinga olib chiqish huquqini beradi. Advokatning nazorat shikoyati nazorat instansiyasi sudi tomonidan mahkum, oqlangan, ularning himoyachilari (agar ular bu haqda iltimosnoma kiritsalar) qatnashadigan sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Nazorat instansiyasi sud majlisida advokat-himoyachi og‘zaki tushuntirishlar berib, ularda qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida talablarni asoslab berish huquqiga ega. Kassatsiya va nazorat shikoyatlarida, shuningdek kassatsiya va nazorat instansiyalarida chiqishlarda advokatning mavqyei, uning talablari aniq va yorqin bo‘lishi kerak: hukm, ajrm, qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish. Kassatsiya va nazorat shikoyatlarida, shuniningdek advokatning kassatsiya va nazorat instansiyalari sudlaridagi chiqishlarida muqobil talablar nomaqbuldir.