§ 7. Advokatning sud qarorlari idrosi bosqichida ishtiroki Davlatimiz Konstitutsiyasi, qo‘lga olingan, qamoqqa olingan, jinoyatni sodir etishda ayblangan shaxs qo‘lga olingan, qamoqqa olingan, ayblov e'lon qilingan vaqtdan boshlab advokat (himoyachi) yordamidan foydalanish huquqiga ega ekanligini belgilab, har bir insonga malakali yuridik yordam olish huquqini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi JIK)10-m.ga muvofiq, yuridik yordam olish uchun mahkumlar advokatlarning malakali yuridik xizmatidan foydalanishi mumkin. Jazoni o‘tash bosqichida yuridik yordam quyidagi masalar yuzasidan ko‘rsatilishi mumkin: jinoiy jazoni o‘tash, uning tartibi va shartlari, rag‘batlantirish va undirish choralarini qo‘llash; hukm ijrosining davom etishi va shartli- muddatdan oldin ozod etish, avf etish yoki amnistiya va sh.k.
г ч/
O‘zbekiston Respublikasi JIK 9-m.ga muvofiq, mahkumlar muassasalar ma'muriyatiga va jazoni o‘tash organlariga og‘zaki va yozma shaklda bayon etilgan takliflar, arizalar, iltimosnomalar va shikoyatlar yuborishlari mumkin. Qamoqqa, intizomiy harbiy qismga, ozodlikdan mahrum etishga, umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan mahkumlarning O‘zbekiston Respublikasi JIK 9-m.da ko‘rsatilgan organlarga kiritiladigan takliflari, arizalari va shikoyatlari jazoni o‘tash muassasalari va organlari ma'muriyatlari orqali yuboriladi. Boshqa turdagi jazoga hukm qilinganlar takliflar, arizalar va shikoyatlarni mustaqil yuboradilar. Jazoni o‘tash muassasalari va organlari faoliyati ustidan nazorat va kuzatuvni amalga oshiruvchi organlarga yuboirilgan bunday arizalarni senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi va bir sutkadan kechiktirmay (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) tegishli joyga jo‘natiladi. Mahkumlarning takliflari, arizalari va shikoyatlari yuborilgan organlar va mansabdor shaxslar ularni qonunchilikda ko‘rsatilgan muddatda ko‘rib chiqishlari va qabul qilingan qarorlarni mahkumlarga yetkizishlari kerak. Mahkumning iltimosnomasi bevosita sudga yuborilmaydi, balki jazoni o‘tash muassasasi yoki organi ma'muriyatiga beriladi, ular, sudga murojaat qilishdan oldin, muayyan tayyorgarlik ishlarini ko‘rishlari kerak. Sud majlisida qatnashayotgan mahkum va himoyachi sudga taqdim etilgan materiallar bilan tanishish, ularni ko‘rib chiqishda qatnashish, iltimosnomalar va rad etishlar kiritish, tushuntirishlar berish, hujjatlar taqdim etish huquqga egalar, ya'ni ular sud jarayonidagi tomonlaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Sud majlisida birinchi bo‘lib taqdimni kiritgan muassasa yoki organ vakili chiqish qiladi, u masalaning mohiyatini so‘zlab beradi, taqdim etilgan hujjatlarga tayanadi, mahkumni tavsiflaydi. Shundan keyin taqdim etilgan materiallar o‘rganiladi, sud majlisiga kelgan shaxslar tushuntirishlari, prokuror fikri (u majlisda qatnashish huquqiga ega) tinglanadi. Masala yagona sudya tomonidan shaxsan ko‘rib chiqiladi, keiyn sudya qaror chiqaradi. Qaror ustidan umumiy asoslarda shikoyat qilinishi mumkin. sudya qarori ustidan shikoyat qilish huquqi iltimosnoma bilan murojaat qilgan mahkum shaxsga, uning shikoyat yubora oladigan himoyachisiga yok protest kiritshi mumkin bo‘lgan prokurorga tegishli bo‘ladi.