Tug‘ma yurak nuqsonlari –bu guruhli kasallik bo‘lib, yurakning anatomik yetishmovchiligi (klapan, tomir), onaning qornida kechadigan, yurak ichi va gemodinamikaning buzilishi bilan xarakterlanadigan kasallik. Asosiy belgilari terining oqarishi, ko‘karish belgilari, yurak shovqinlari, rivojlanishdan ortda qolish, nafas va yurak yetishmovchiligi belgilaridir.
Agar tug‘ma yurak nuqsoniga shubha bo‘lsa, EKG, FKG, rentgen, ExoKG, yurak kateterizatsiyasi, aortagrafiya, kardiografiya, yurak MRT si o‘tkaziladi. Ko‘p xollarda kardioxirurgik davolash usuli qo‘llaniladi.
Tug‘ma yurak nuqsonlari bu – yurak va yirik qon tomirlar kasalligi bo‘lib, qon oqimi o‘zgarishlari, yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Tug‘ma yurak nuqsonlarining uchrash ehtimoli tug‘iladigan barcha chaqaloqlarning 0,8 dan 1,2 % ini tashkil qiladi.
Yurak tug‘ma nuqsonlarining bir necha xil klassifikatsiyalari mavjud. O‘pka qon aylanish doirasiga ta’siri ko‘ra:
Kichik qon aylanish doirasidagi o‘zgarish: aorta klapani yetishmovchilishi, aorta stenozi, o‘pka arteriyasi klapan yetishmovchiligi, mitral yetishmovchilik, aorta koarktatsiyasi;
Oq yurak tug‘ma nuqsonlarida kichik qon aylanish doirasida gipervolemiya hisobiga gipertenziya, ko‘k yetishmovchilikda esa kasallarda gipoksemiya kuzatiladi. 50 % bemorlar kardioxirurgik davolash amliyoti o‘tkazilmasa, hayotining birinchi yilidayoq nobud bo‘ladi. Sianozlik yurak tug‘ma nuqsonida arterial qonning venoz qon bilan aralashishi tufayli katta qon aylanish doirasida zo‘riqish va kichik qon aylanish doirasida gipovolemiya kuzatiladi. Bunda teri va shilliq qavatlar ko‘karishi mumkin.
Bunday paytda organizmning kollateral qon tomirlar kompensator tarzda ishga tushadi va bemor hayotini uzoqroq davom etishini ta’minlaydi. Uzoq vaqt zo‘riqish bilan ishlash yurak miokardining o‘zgarib bo‘lmas o‘zgarishlarga olib keladi. EKG da yurakning turli qismlari gipertrofiyasi, yurak joylashuvi, aritmiya kabilarga tashxis qo‘yish mumkin.
Yurak tug‘ma nuqsonlari belgilari
Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda o‘ziga xos belgilar kuzatiladi. Ya’ni ularning yuragida shovqinlar paydo bo‘lishi mumkin, terida ko‘karishlar, rangparlik, kamqonlik, harakatdagi sustkashliklar bezovta qiladi. Bemor bolalar tengdoshlariga nisbatan jisman rivojlanishdan orqada qolishi, shuningdek organizm himoya kuchlari susayib, yuqumli va boshqa kasalliklarga ko‘proq chalinishlari mumkin.
Yurak tug‘ma nuqsonlarini davolash
Hozirgi kunda bolalar kardiologiyasining asosiy muammolaridan bir bu tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarni hayotining birinchi yilida operativ davolash usuli hisoblanadi. Ko‘plab operatsiyalar sianozli yurak tug‘ma nuqsonlari uchun olib boriladi. Har bir yurak tug‘ma nuqsoni holatiga ko‘ra davolanadi. QATЕ, BATЕ kabilar plastika yo‘li bilan operativ muolaja o‘tkaziladi. Aortal yetishmovchiliklarda esa, masalan, aorta kaorktatsiyasida ballonli kengaytirish, aorta stenozida plastika muolajalari o‘tkaziladi. Ochiq Batalov yo‘lida bu yo‘lni bog‘lash operatsiyasi o‘tkaziladi. Agar radikal operatsiya o‘tkazish imkoni bo‘lmasa Fonten, Senning, Mastarad operatsiyalari qo‘llaniladi.
Bugungi kunda tug‘ma yurak nuqsonlarini davolash, oldini olishga qaratilgan tadbirlar mavjud bo‘lib, bu sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va kasallikni belgilariga qarab davolashdan iborat. Jarrohlik yo‘li bilan davolash zaruriyati tug‘ilganda, ko‘pincha tug‘ma yurak nuqsonlari bilan kasallangan bolalar 3-10 yoshligida operatsiya qilinadilar
Yurak nuqsonlari rivojlanishining oldini olishda revmatizm, ateroskleroz, zahm kabi kasalliklarga qarshi kurashish, shuningdek burun-og‘iz bo‘shliqlarini sog‘lomlashtirish, surunkali tonzillit va kasallangan tishlarni davolash ham muhim ahamiyatga ega.
Yurak qopqoqlari (klapanlari) va ularning yo‘llaridagi to‘qimalarda salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lganda, yurakda qon aylanishi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Bemorni infeksiyalardan, ayniqsa revmatizm qaytalanishidan asrash, burun-tomoq yo‘llaridagi, og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiya o‘choqlarini aniqlab, o‘z vaqtida davolash tadbirlarini o‘tkazish muhim hisoblanadi.