Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatlik byurosi yuridik shaxs bo‘lgani sababli, FKning ko‘rsatilgan qoidalari unga nisbatan ham qo‘llaniladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə32/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatlik byurosi yuridik shaxs bo‘lgani sababli, FKning ko‘rsatilgan qoidalari unga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Qonun advokatga advokatlik byurosi joylashuvi uchun o‘zi yoki oilasi a'zolariga mulk sifatida tegishli bo‘lgan noturar joylardan foydalanishga ruxsat beradi.
Individual advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokat bankda hisobraqam yoki hisobraqamlar ochishi, muhr, shtamp va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan blankalarga ega bo‘lishi lozim.
Uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda advokat o‘z nomidan ish ko‘radi. Advokatlik byurosida yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni bevosita advokat va unga ishonch bildiruvchi tuzadilar va advokatlik byurosi hujjatlarida ro‘yxatga olinadi.
Advokatlik byurosi vositasida individual advokatlik faoliyatini amalga oshiradigan advokat egalik mulk huquqida mulkka ega bo‘ladi, advokatlik faoliyatini amalga oshirish davomida mulk xarid qiladi, bu mulkni meros qilib qoldirishi mumkin. ko‘rsatilgan mulkka vorislik huquqi tatbiq etiladi. Advokat qonunga zid kelmaydigan har qanday bitimlarni amalga oshirishi va majburiyatlarda qatnashishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
Advokatlik byurosi shaklida advokatlik faoliyatining afzalligi shundaki, bunda byuro zaruriyatlariga ajratmalar - amalda o‘z ustida ishlash va o‘zini ta'minlashga ajratmalardir, boshqa advokatlik tuzilmalari zaruriyatlariga ajratmalar esa, jamoaviy ehtiyojlarga sarflanadigan mablag‘lar bo‘ladi. bundan tashqari, tashkiliy jihatdan advokatlik byurosidagi faoliyat boshqa advokatlar bilan o‘zaro majburiyatlarga bog‘liq bo‘lmaydi, jamoaviy boqsharuv organi oldida hisobotdorlikni yuzaga keltirmaydi, bunday ish o‘zida individual faoliyatining barcha afzalliklari va kamchiliklarini aks ettiradi.
Advokatlik firmasi - notijorat tashkiloti bo‘lmish advokatlik tuzilmasi, u sheriklikka asoslanadi va advokatlar tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ta'sis etiladi. Advokatlik firmasi advokatlik faoliyatini amalga oshirishning jamoaviy shakli sanaladi. Advokatlik firmasining ta'sis hujjati uning ta'sischilari tomonidan tasdiqlanuvchi nizom sanaladi. Advokatlik firmasi oddiy yozma shaklda sheriklik shartnomasini tuzish orqali ta'sis etiladi. Sheriklik shartnomasiga ko‘ra advokat-sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatishga o‘z kulcharini birlashtirish majburiyatini oladilar.
Sheriklik shartnomasini tuzib, advokat-sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatishga o‘z kulcharini birlashtirish majburiyatini oladilar.sheriklik shartnomasi oddiy shirkat shartnomasi xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, fuqarolik qonunchiligi qoidalarini bevosita ularga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi, chunki oddiy shirkat shartnomasiga ko‘ra shaxslar yuridik shaxs tashkil qilmay harakat qilishga kelishadilar, advokatlik firmasi esa yuridik shaxs sanaladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin