Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


ma'lumotlarni to‘plash advokatlik faoliyatining yetarli axborot bazasini ta'minlaydi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə30/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138
Адвакатлар дарслик

ma'lumotlarni to‘plash advokatlik faoliyatining yetarli axborot bazasini ta'minlaydi;
yuridik yordam ko‘rsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan so‘ralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishi shart bo‘lgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni so‘rash va olish. Advokat to‘plashi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxati qt'iy sanalmaydi. U yoki bu advokatlik faoliyatiga qarab, olinadigan ma'lumotlar xarakteri va hajmi o‘zgarishi mumkin;
yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning ma'lumotnoma- maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan so‘rash va olish. Mutaxassislar advokatning bilimi to‘g‘ri qarorni qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda jalb qilinishi mumkin;
ishga taalluqli axborotdan xabardor bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish. Shaxslarni ularning roziligi bilan so‘rovdan o‘tkazish - advokatning huquqi bo‘lib, uning, advokatning fikriga ko‘ra ishga oid axborotga ega shaxslar bilan suhbalashish imkoniyatida aks etadi. Bu vakolat advokat faoliyati maydonini anchayin kengaytiradi, unga o‘zi unga ishonch bildirgan shaxs manfaatlarini himoya qilayotgan ish bo‘yicha isbotlovchi baza yaratishga faol ta'sir ko‘rsatishda yordam beradi;
to‘plangan materiallarni o‘z ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
advokat yuridik yordam ko‘rsatayotgan ishdagi zarur ma'lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma'lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o‘z ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik;
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik ta'minlangan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida), uchrashuvlarning soni va ularning davom etish vaqti cheklanmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xoli uchrashish;

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin