1990 yil sentyabrda Nyu-Yorkda Xalqaro yuristlar assotsiatsiyasida qabul qilingan yuridik kasb mustaqilligi standartlarida belgilab qo‘yilgan: yuridik kasb va yuridik ta'limga ruxsat;
§ 7. Advokatlik faoliyatini soliqqa tortish “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 11- moddasiga muvofiq, advokatura notijorat tashkilot sanaladi va o‘z faoliyatini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. U ixtiyoriy asosda, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega advokatlar tomonidan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tashkilot sanaladi. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 4- moddasiga binoan, advokatlik byurosi, hay'atlar va firmalar ular ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar va ular ko‘rsatgan yuridik xizmat uchun fuqarolar va yuridik shaxslardan keladigan pul mablag‘lari (daromadlar) hisobiga faoliyat yuritadilar. “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 29- moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlarining mol- mulklarining shakllanishi manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: agar nizomda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kirish va a'zolik badallari; muassislar, ishtirokchilar (a'zolar)dan bir martalik va doimiy tushumlar; ixtiyoriy mulkiy badallar va ionalar; faqat nizomdagi maqsadlar yo‘lidagi tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlar (foyda);