Advokaturani huquqiy tartibga solish qay tarzda ro ‘y berishini aniqlang? AQShdagi advokatlik tuzilmalarining o‘ziga xosligini ko ‘rib chiqing. BOB
ADVOKAT VA FUQAROLIK SUD ISHI Advokat - shartnomaviy (ko'ngilli) vakil sifatida. Advokatning ishonch biliruvchini qabul qilish va vakil sifatida sudda qatnashishga tayyorgarlik ko ‘rish bo'yicha faoliyati. Advokat - ishning qo‘zg‘atilishi va sudda ko'rilishiga tayyorlash bosqichida. Advokat va birinchi instansiya sudida ishning ko‘rilishi. Advokat va birinchi instansiya sudi hukmi va ajrimi yuzasidan apellyasiya shikoyati (protest kiritish). Advokat va birinchi instansiya sudi hukmi va ajrimi yuzasidan kassatsiya shikoyati (protest kiritish). Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va qarorlarining qonuniyligi, asoslanganligi va adolatliligini tekshirish bosqichida advokatning ishtiroki. Advokat va sud hukmlarining ijrosi.
§ 1. Advokat - shartnomaviy (ko ‘ngilli) vakil sifatida Fuqarolik sud ishida vakil bo‘ladigan advokat faoliyatiga advokatning tashkiliy-huquqiy va protsessual-huquqiy holati bilan bog‘liq ko‘plab xususiyatlar xos. Huquqiy maqom xususiyatlari quyidagilarda aks etadi: advokat: yetarli bilim va tajribaga ega professional yurist sifatida fuqarolik- protsessual faoliyatni amalga oshiradi;
o‘zining umuman fuqarolik jarayonidagi vakil va xususan muayyan fuqarolik ishi bo‘yicha o‘zining vakillik funksiyalarini aniq biladi;
o‘z kasbiy vazifalarini va kasbiy majburiyatlarini bajarishning qonunda ko‘rsatilgan choralari, vositalari va usullarining keng ko‘lamiga ega bo‘ladi;
tomon, fuqarolik ishidagi uchinchi shaxslar topshirig‘iga binoan, protsessual faoliyatini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishi lozim.