Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


yil 17 iyulda Koreya Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat tarixida demokratik va atvoritar boshqaruv davrlari ketma-ket o‘tdi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə76/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
Адвакатлар дарслик

1948 yil 17 iyulda Koreya Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mamlakat tarixida demokratik va atvoritar boshqaruv davrlari ketma-ket o‘tdi.
Demokratik rivojlanish yo‘lida mamlakat siyosiy to‘ntarishlarni boshdan keichrishiga to‘g‘ri keldi va Koreya Respublikasi Konstitutsiyasiga to‘qqiz marta o‘zgartirishlar kiritildi - oxirgi marta 1987 yil 29 oktyabrda. Koreya Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari xalq suverenitetini, hokimiyatlar bo‘linishini, Janubiy va Shimoliy Koreyalarning tinch va demokratik birlashishiga intilishni, butun dunyoda tinchlik o‘rnatilishini va xalqaro hamkorlikni, qonunning ustuvorligi va davlatning xalq farovonligiga erishishga javobgarligini mustahkamladi.
Davlat qurilishidagi, iqtisodiyot, madaniyatdagi jo‘shqin o‘zgarishlar, agrar mamlakatning yuksak rivojlangan sanoat davlatiga aylanishi katta miqyosdagi ijtimoiy o‘zgarishlarga, yuksak texnologik axborot jamiyati shakllanishiga olib keldi, bu esa Koreyaning konservativ, an'anaviy yopiq advokaturasiga ta'sir ko‘rsatmay qolmadi.
Konservativ”, “yopiq”, “an'anaviy” - bular tasodifiy tamg‘alar emas, ular Koreyadagi advokat” tushunachisi mohiyatining jilolarini juda aniq namoyon etadi. Advokat - bu saylangan, yuqori hurmatga ega, kasbiy elitaga mansub jamiyat a'zosi. Koreyada advokatlik maqomiga erishish nihoyatda murakkab. Biroq har kimda buning uchun ikoniyat bor. Malaka tekshirish sinoviga har qanday shaxs kiritilishi mumkin, yuridik ta'lim zaruriy shart sanalmaydi, qolaversa, oliy ma'lumotning bo ‘lishi ham amalda talab qilinmaydi.
Malaka imtihoni ikkita yozma nazorat ishi va og‘zaki suhbatdan iborat bo‘ladi. Sinovlar mutlaq koreys tilida olib boriladi. Nomzodning yuridik bilimlari va huquqiy madaniyati darajasigina emas, uning umumiy o‘qimishliligi, milliy tarix va madaniyatdan, koreys jamiyati etiketi va an'analaridan xabardorligi ham qat'iy baholanadi.
Advokatlik maqomi olishga katta konkursning mavjudligi Koreya uchun an'anaviy bo‘lgan advokaturaga qabul qilish limiti bilan bog‘liq. Uzoq vaqt davomida bir yilda 300 ta litsenziyali kvota amalda bo‘lib klegan, va faqat 1996 yilda litsenziyalar soni 1000 taga oshirildi. 1997 yildan 2000 yilgacha faqat 3 foiz nomzodlar sinovdan o‘ta olgan. Shunday bo‘lsa-da, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tish 1000 nafar baxt egalariga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini bermaydi: advokat kasbiy faoliyatiga kirishishidan oldin, davlat Huquqiy tadqiqotlar va stajirovkalar instituti (Judicial Research and Training Institute (JRTI))da majburiy ikki yillik kursni o‘tashi kerak.
1981 yilga qadar advokat sudya yoki davlat ayblovchisi alvozimida amaliyotni o‘tar edi, keyin o‘zining advokatlik kabinetini ochardi. Uning faoliyati faqat fuqarolik va jinoiy jarayonlarga yo‘naltirilgan bo‘lardi. 1980 yillardan Koreyada yirik advokatura idoralari paydo bo‘la boshladi, keyin yuridik firmalar yuzaga keldi, korporativ huquq, qimmatli qog‘ozlar, soliq huquqi, ekologik huquq va monopoliyaga qarshi qonunchilik borasidagi mutaxassislarga ehtiyoj sezildi, 1990-yillar oxirlaridan yuridik xizmatlar bozori gullab-yashnadi.
Koreyada yangi yuridik maktablar va institutlar ochila boshladi, yirik advokatlik idoralari shakllana boshladi, yuridik gigant firmalar tashkil topdi, advokaturaga qabul kvotasi oshdi, 1999 yildan advokaturadagi xotin-qizlar vakillari soni 10 barobarga oshdi (hozir Janubiy Koreyada 1000 nafar atrofida advokatessalar ishlaydi), huquqiy konsultantlar sifatida koreyalik yuridik firmalarda xorijiy advokatlar va yuristlar ishlashiga ruxsat berildi.
Mutaxassislar baholashiga ko‘ra, kelgusi yetti yil ichida advokatlar soni ikki barobarga ortadi, bunga Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv imzolangani sabab bo‘ladi. yangi yuridik
maktablar 2015 yildan boshlab har yili 2000 nafar advokat chiqara boshlaydi. 2003 yilda mamlakatda atigi 250 ta yuridik firma mavjud edi, besh yil o‘tgach, ulaming soni 400 taga yetdi.
Oltita eng yirik firma - “Kim & Chang”, “Kwangjang”, “Bae”, “Kim & Lee”, “Hwawoo”, “Shin & Kim” va “Yulchon” - Koreya yuridik xizmatlar bozoridagi daromadning yarmini o‘zaro bo‘lashadilar, ularga faqat amaldagi advokatlarning 10 foizigina ishlaydi. Individual amaliyot yurituvchi advokatlarga qaraganda yuridik firmalar ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Individual advokatlar da'volarning keskin tushib ketishi tufayli ( 10 yil ichida - deyarli ikki barobarga) ko‘p hollarda mijoz qidirish uchun “broker”lar yollashga majbur bo‘ladilar (“broker”lar mehnat haqi oyiga 10 000 dollargacha yetadi).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin