Zarurat tug‘ilganda, ishda qatnashuvchi shaxslar luqmalariga javob berish uchun luqma tashlash huquqidan foydalanish va bu chiqishlarga har tomonlama baho berish kerak
Zarurat tug‘ilganda, ishda qatnashuvchi shaxslar luqmalariga javob berish uchun luqma tashlash huquqidan foydalanish va bu chiqishlarga har tomonlama baho berish kerak. O‘zbekiston Respublikasi FPK 23- m.ga muvofiq, ishda qatnashayotgan shaxslar, ularning vakili sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va u imzolanganidan keyin 5 kun ichida, unda yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar va (yoki) uning to‘liq emasligini ko‘rsatib, yozma ravishda fikr-mulohaza taqdim etishlari mumkin. Ilm-fanda advokatning isbotlashdagi ishtirokiga nisbatan turfa xil fikrlar mavjud. Jumladan, ba'zi olimlar advokat-vakil ishda qatnashmaydigan, isbotlashga na huquq va na majburiyat bor bo‘lgan, biror-bir mustaqil qonuniy huquqqa egalikka ega bo‘lmagan shaxs emas, balki isbotlashning mustaqil sub'ekti sanaladi, deb fikr bildiradilar. A.A.Vlasovning fikriga ko‘ra, isbotlashda advokat-vakilning ishtiroki uchun asos mijoz bilan shartnomaning mavjudligi bo‘ladi.59 amaliyotda uchrovchi tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun esa, u vakillikning orderli shaklini takomillashtirishni, advokatning sudda va ijro ishidagi vakolatlarining aniq ro‘yxatini ko‘zda tutishni yoki bir vaqtning o‘zida order va ishni ko‘rishda va sud hukminig ijro etilishidagi vakilning aniq vakolatlarini o‘z ichiga olgan ishonchnomani rasmiylashtirishni taklif etadi. Qonunchilik esa dalillar taqdim etish huquqini tomonlarga va jarayonning boshqa ishtirokchilariga bergan, vakilni ular sirasiga qo‘shmagan. Biroq, da'vogar yoki javobgar bergan ishonchnomaga asosan, advokat mijoz manfaatlarini ilgari surish, binobarin, isbotlashda tomonlardan birining fikrini bildiruvchi mustaqil sub'ekt sifatida ishtirok etish huquqiga ega. Bunda advokat unga yanada professional darajada o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus bilimlarga ega. Ish bo‘yia dalillarqonunda ko‘zda tutilgan tartibda olingan faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘lib, ular asosida sud tomonlarning talablari va e'tirozlariga asos bo‘luvchi holatlarning, ishni to‘g‘ri ko‘rib chiqish va hal etishda ahamiyatga ega boshqa holatlarning mavjudligi yoki mavjud emasligini belgilaydi.
Qonunda ko‘zda tutilgan protsessual shaklda ifodalangan sud dalillariga tomonlar va uchinchi shaxslar tushuntirishlari, guvohlar ko‘rsatmalari, yozma va ashyoviy dalillar, audio- va videoyozuvlar, ekspertlar xulosalari kiradi (O‘zbekiston Respublikasi FPK 56- m.). Dalillar tegishlilik va joizlik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak (O‘zbekiston Respublikasi FPK 58, 59- m.lar). advokat sudga taqdim etilayogan dalillar ish uchun ahamiyatli bo‘lishini kuzatishi lozim. Bundan tashqari, shunday holatlar ham borki, ular qonunga ko‘ra tegishli isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi kerak. binobarin, bu holatni ham tekshirish lozim.