Apellyasiya instansiyasi sud qarori qanday bo‘ladi (huquqiy me'yorga tayaning)? Advokatlar Semin va Mirzoev a'zo bo‘lgan Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi bunday holatda qanday yo‘l tutishi kerak? vaziyat.
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, advokat yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur ma'lumotlar yig‘ish, jumladan, davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa tashkilotlardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlari so‘rash huquqiga ega. Qonunning ushbu qoidasiga tayanib, advokat Semin unga ishonch bildiruvchi shaxs (bog‘dorchilik shirkati) soliq inspeksiyasi tekshirgan davrda hyech qanday tijorat faoliyati bilan shug‘ullanmaganligini, shirkatni tadbirkorlik faoliyatidan qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lamaganlik haqidagi soliq javobgarligiga tortilishiga sabab bo‘lgan inspeksiyaning xulosasi xato ekanligi to‘g‘risida ma'lumotlar to‘pladi. Shirkatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha advokat va uning ishonch bildiruvchisining keying harakatlari qanday bo‘ladi? BOB
ADVOKAT VA XO‘JALIK SUDI Advokatning xojalik sudi ishidagi maqomi. Advokat - xojalik jarayonining sudgacha bosqichida. Advokat va birinchi instansiya sudida ish yurituvi. Advokat va apellyasiya instansiyasi sudida ish yurituv. Advokat va kassatsiya instansiyasi sudida ish yurituv. Advokat va sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish. Advokat va sud hujjatlarining bajarilishi. Advokat va chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo ‘Imagan shaxslar ishtirokidagi ishlar yurituvi. § 1. Advokatning xo ‘jalik sudi ishidagi maqomi O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik-protsessual kodeksi 40- m.ga muvofiq, xo‘jalik sudida ish ko‘rilishida ishda qatnashuvchi barcha shaxslar o‘z vakillariga ega bo‘lishlari mumkin. Sud vakilligini layoqatli insongina amalga oshirishi mumkin, agar u O‘zbekiston Respublikasi XPK 53- m.ga muvofiq, xo‘jalik sudida vakil bo‘lishga haqqi yo‘q shaxslar doirasiga kirmasa. Xo‘jalik sudida ish yuritishga vakil vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi XPK 52- m.ga muvofiq tasdiqlanishi va rasmiylashtirilishi lozim. Xo‘jalik sudida ish yuritish uchun advokatning vakolati O‘zbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuna muvofiqtasdiqlanadi. Xo‘jalik-protsessual kodeksda xo‘jalik sudida ishonch bildiruvchi nomidan ish yuritishga advokatlik vakolatlarini order bilan rasmiylashtirish to‘g‘risida imperativ ko‘rsatmalar mavjud emas. Shu tariqa, advokat xo‘jalik jarayonida ishonch bildiruvchiga order va (yoki) ishonchnoma asosida vakillik qilishi mumkin. Hyech kimning advokatdan va uning ishon bildiruvchisidan advokatning ishga kirishishi uchun yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv taqdim etishni talab qilishga haqqi yo‘q. Vakillikni rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga rioya etilmaganda advokat sud tomonidan jarayonda qatnashishga qo‘yilmaydi.