Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


prokuror va sudya mavqyeidan farqlanuvchi jihatlarga



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə89/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
Адвакатлар дарслик

prokuror va sudya mavqyeidan farqlanuvchi jihatlarga;
uning ishtirokisiz ko‘rilgan, lekin unga ishonch bildiruvchining manfaatlariga daxldor qarorlarga;
birinchi instansiya sudi qarorlarining to‘liq bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi holatlarida.
Nazorat instansiyasi sudida ish yuritilishi birinchi instansiya sudidagi ish yuritilishi bilan bir xil asoslarga qurilgan. Ular o‘rtasidagi farq sud muhokamasi predmetining turfaligidan kelib chiquvchi xususiyatlarga, nazorat instansiyasi sudi funksiyasining tekshiruv (reviziya) xrakteriga egaligigagina oiddir.
Ishda qatnashuvchi shaxslar, ularning vakillari nazorat instansiyasi sudida keng protsessual huquqlarga egalar. Ular ushbu instansiya sudida ish muhokamasi kuni haqida xabardor qilinishlari lozim, sud muhokamasida qatnashish, sudga kelib tushgan barcha materiallar bilan tanishish, ish bo‘yicha tushuntirish berish, shikoyatni qo‘llab-quvvatlash, shikoyatga qarshi raddiya bildirish, shuningdek qo‘shimcha materiallar taqdim etish huquqiga egalar. Lekin ularning qatnashmasliklari shikoyatni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ular shu sababli ham alohida qiziqish uyg‘otishadiki, ular sud organlari faoliyatida sezilarli kamchiliklar boriligiga dalolat qiladilar. Apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining noqonuniyligida advokat protestni nazorat tartibida amalga oshirish vakolatiga ega prokurorga sud nazorati tartibida protest kiritish iltimosnomasini taqdim etish huquqiga ega.
Sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va qarorlari ishda qatnashuvchi shaxslar yoki ularning vakillari arizasiga ko‘ra, yangi aniqlangan asoslarga ko‘ra ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu ariza hukm, ajrim yoki qaror chiqargan sudga yuboriladi. Bunday arizani yuborish muddati qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘luvchi holatlar aniqlangandan keyin uch oy davomida deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi FPK bunday asoslarga quyidagilarni kiritadi: ish uchun salmoqli bo‘lgan, oldin arizchiga ma'lum bo‘lmagan va bo‘la olmagan holatlar; sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilangan, noqonuniy yoki asoslanmagan qaror chiqarilishiga olib kelgan guvohning qasddan bergan yolg‘on ko‘rsatmasi, ekspertning qasddan yolg‘on xulosasi, qasddan noto‘g‘ri tarjima, hujjatlarning yoki dalillarning qalbakilashtirilishi; qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan baniqlangan tomonlarning, boshqa ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning yoxud ular vakillarining jinoiy harakatlari yoki sudyalarning ushbu ishni ko‘rib chiqishdagi jinoiy qilmishlari; sudning xulosasi, hukmi, ajrimi yoki qarorini yoki boshqa organning ushbu qarorni, ajrim yoki hukmni chiqarishga asos bo‘lgan qarorini bekor qilish.
Yangi yuzaga kelgan asoslar bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar ro‘yxati sudda tegishli ish yuritilishini qo‘zg‘at uchun hujjatlar to‘playotgan advokatning harakatlarini belgilab beradi. Ishning apellyasiya (kassatsiya) va nazorat instansiyalarida ko‘rilishida bo‘lgani kabi, arizachi va ishda qatnashuvchi shaxslar sud majlisi vaqti va joyi haqida xabardor etiladi, biroq ularning qatnashmasligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘siq bo‘la olmaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin