Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasi quyidagi savolga javob berishi
lozim: jamiyatning barcha a’zolari hayotiy manfaatlarini xisobga olishda, ancha kam
ta’minlangan fuqarolarning turmushiga e’tiborni kuchaytirish, ijtimoiy ishlab
chiqarish natijalarini taqsimlashda adolat talabiga amal qilishlari kerak. Bu ustuvor
yo‘nalishlardan eng muhimlarini tanlab olish mehnat bozorini tartibga solish
jarayonining ijtimoiy yo‘nalishlari hamda mehnat bozorini tartibga solish tamoyillari va ularni amalga oshirish usullarini belgilab beradi.
Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasini ishlab chiqish vaqtida,
birinchidan, barcha jarayonlarning jamiyat va iqtisodiyotning olg‘a tomon
rivojlanish talablari, ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga bo‘ysunishi,
jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarning
ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi zarur.
Ikkinchidan, «faol jamiyat»ni shakllantirishga e’tibor berish kerak, unda
iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi va har bir fuqaroning qonuniy-demokratik jamiyat
barpo etishdagi faolligi rag‘batlantiriladi. Bunday siyosat jamiyatdagi har bir
sog‘lom a’zoning o‘z mehnati bilan erishiladigan farovonlik uchun javobgarligini
e’tirof qilishga asoslangan.
Uchinchidan, «faol jamiyat» va unga mos keladigan mehnat bozoridagi faol
siyosat teng imkoniyatlar prinsipi bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Uning
asosiy mohiyati – ishga ega bo‘lish va uni saqlab qolishdagi tengsizlikni barham
toptirish yoki eng kam holatga keltirishga imkon beradi. Bunday tengsizlik
nogironlik, oilaviy sharoitlar, malakaning etishmasligi va hokazo sabablarga ko‘ra
kelib chiqishi mumkin.
Mehnat bozorini tartibga solishning aniq maqsadli vazifasi – ishchi kuchiga
bo‘lgan ehtiyojni kengaytirish va ish kuchini samarali taklif etishni qo‘llabquvvatlashga
ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, bundan ko‘zda tutilgan maqsad:
-iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini yaxshilash uchun mehnat resurslarini
rivojlantirish va ularni tarkibiy o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish;
-noqulay sharoitlarda yashayotgan aholi guruhlarini ish bilan ta’minlash uchun
imkoniyatlarni yaxshilash, ish bilan bandlikka bo‘lgan qobiliyatni oshirish yo‘li
bilan ijtimoiy tenglikka ko‘maklashish va boshqalar.
Iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan, bu institutlarning asosiy vazifasi (agar gap
mehnat bozorini tartibga solish to‘g‘risida boradigan bo‘lsa) xodimning o‘ziga mos
ish o‘rni qidirish uchun, ish beruvchining esa mos keladigan xodim qidirish uchun
vaqt sarflashi, moddiy moliyaviy resurslar sarflashini qisqartirishdir. SHu boisdan
mehnat bozori institutining asosiy vazifasi «bozorning noaniqligi»ga barham berish,
ish beruvchilar va xodimlar ega bo‘lgan axborotning mukammal bo‘lishini
ta’minlashdir, chunki aynan axborotning yo‘qligi chiqimlarning kopayib ketishiga
olib keladi.