Lte tarmoqlarida “billing” xizmatini tashkil etish



Yüklə 26,74 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü26,74 Kb.
#180404
LTE TARMOQLARIDA



LTE TARMOQLARIDA “BILLING” XIZMATINI TASHKIL ETISH
18.1. Hisob-kitob operatsiyalari
To‘rtinchi avlod keng polosali mobil texnologiyalarning rivojlanib
borishi operatorlar oldida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish
hamda tarmoqni samarali boshqarishni muhim asoslaridan bo‘lmish
“billing” xizmatini tashkil etishda qator murakkab vazifalarni
qo‘ymoqda.
Mobil aloqa tarmoqlarida “billing”ni tashkil etishni ifodalash
uchun zamonaviy mobil aloqa tarmoqlarining umumiy boshqaruv
tizimida ushbu xizmatning o‘rni va vazifalari to‘g‘risida ayrim tushunchalarni
berib o‘tish lozim topildi.
“Billing” xizmatini ekspluatatsiyani qo‘llab-quvvatlash
tizimi (ingl. Operations Support Systems, OSS) hamda biznesni
qo‘llab-quvvatlash tizimi (ingl. Business Support System, BSS)
tarkibida ko‘rish odatga kirgan. Ushbu tizimlar aloqa operatorlari
tarmoqlarida boshqaruv hamda biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
uchun ishlatiladi va ko‘p hollarda birgalikda OSS/BSS deb
nomlanadi (ba’zida, BOSS, BSS/OSS, B/OSS).
OSSning asosiy funksional imkoniyatlariga quyidagilar kiradi:
hisob-kitob hamda telekommunikatsiya resurslarini rejalashtirish
(misol uchun, raqam sig‘imlarini, trafikni); xizmatlar ko‘rsatilishini
boshqarish (angl. Service delivery software); QoS xizmat
ko‘rsatish sifati darajasini hamda uning ko‘rsatkichlarini boshqarish
kabilar kiradi. Shuningdek, OSS ning funksional vazifalariga
quyidagilar ham kiritiladi: telekommunikatsion ma’lumotlar
darajasida ehtimol qallobliklarni nazorat qilish (ingl. Fraud control
software); xizmatlarga bo‘lgan talabni ta’minlash hamda uni
bashorat qilish (ingl. Service provisioning software); shuningdek,
operatorning dasturiy infratuzilmasini telekommunikatsion muhit
bilan o‘zaro bog‘lash — “mediatsiya tizimi” deb (ingl. Mediation
software) ataladi.
275
BSSning vazifalariga mobil aloqa operatorining biznes-jarayonlarini
qo‘llab-quvvatlovchi vositalari, yuqorida ta’kidlab o‘tilgandek
— “billing” (abonentlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga
oshirish, hisob varaqalarini yaratish, to‘lovlarga ishlov berish, tarifikatsiya),
CRM (abonentlar haqidagi ma’lumotlarni boshqarish,
ular bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlarni sotish,
marketing tahlillarini o‘tkazish) hamda ERP-tizimlari (moliyaviy
menejment jarayonlarini ta’minlash, buxgalteriya hisobi, personalni,
loyihani va asosiy jamg‘armalarni boshqarish) kiradi.
Shunday qilib, “billing” mobil aloqa tarmog‘ining boshqaruv
tizimida umumiy OSS/BSSlarining muhim tashkil etuvchisi
hisoblanadi va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish
to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ularni tarifikatsiyalash,
abonentlar hisoblarini yaratish, to‘lovlarga ishlov berish va shu
kabi qator vazifalarga mas’ul qarorlar qabul qiladi va kompleks
jarayonlarni amalga oshiradi. Amalda “billing” jarayonlarini
qo‘llab-quvvatlash uchun “billing tizimi” deb nomlanuvchi maxsus
amaliy dasturiy ta’minot qo‘llaniladi. Ta’kidlash joizki, “billing
tizimlarini” yaratish yuqori daromad keltiradigan biznes deb
hisoblanadi.
Odatda “billing” xizmati uch asosiy bloklarga bo‘linadi: hisob-
kitob operatsiyalari, axborot xizmatlarini ko‘rsatish va iqtisodiy
xizmatlar ko‘rsatish.
Kengroq miqyosda, “billing” xizmati daromadlarni boshqarish
xizmati (ingl. Billing and revenue management) bilan birgalikda
ko‘rilganda qo‘shimcha quyidagi vazifalargaham mas’ul: daromad
olishni kafolatlash (ingl. Revenue assurance), abonent foydaliligini
boshqarish (ingl. Profitablity management) hamda tarmoqda qalloblikni
nazorat qilish (ingl. Fraud management).
18.2. Hisob-kitob operatsiyalari
Hisob-kitob operatsiyalari blokida: iste’molni aniqlash (misol
uchun, kommutatordan qo‘ng‘iroqlar haqidagi batafsil ma’lu276
motlarni olish, kommutatsion qurilmadan sarf qilingan trafik
to‘g‘risida ma’lumotlarni olish va ularga ishlov berish, mediatsiya
tizimidan ma’lumotlar olish); iste’molni baholash (iste’mol
haqidagi ma’lumotlarning hisob-kitob ko‘rsatkichlarini aniqlash);
baholarni birlashtirish (agregatsiya) va abonentlarga ishlatilgan
xizmatlari
uchun hisob yozishni tashkil qilish, soliqlar, chegirmalar
va qo‘shimchalarni hisoblash, xatolarni to‘g‘irlash, to‘lov
uchun hisob varaqalar yaratish, to‘lov hisob-kitoblarini abonentlarga
yetkazish yoki ma’lum qilishni ta’minlash, abonentlarning
shaxsiy hisob raqamlarini boshqarish va shu kabi boshqa qator
funksiyalar amalga oshiriladi.
Hisob-kitob operatsiyalari bloki telekommunikatsiya xizmatlarining
turiga hamda abonentlar bilan o‘zaro munosabatlar modeliga
qarab turlicha tashkil etilishi mumkin. Xususan, “oldindan
to‘lash” (ingl. Prepaid) yoki “fakt asosida to‘lash” (ingl. Postpaid)
modellari ajratiladi.
Yüklə 26,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin