4. Tanish bo’lmagan so’z bilan ifodalangan tushunchani tanish
bo’lgan so’z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga)
taqqoslash orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y so’zini yolg’onchi so’ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.
Ko’chma ma’noda ishlatilgan so’z va so’z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So’zni o’ziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni boshqacha ifoda etish
bilan tushuntirish. Bunda tushuntiriladigan so’zning izohi qisqa
va aniq bo’lishi kerak. Masalan, o’zboshimchalik − o’z xohishicha
ish tutish, ishni o’zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis − biror
hunar egasi; shunqor − uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush; mesh − mol
terisidan tikilgan idish; guldon − gul solib qo’yiladigan idish va boshq.
Ba’zi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn − bir vaqtning o’zida donni o’radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo’jalik mashinasi; ekskavator - bir vaqtning o’zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo’nadigan joy va hok.
Dostları ilə paylaş: |