Luqmonov Dilshod 411-19 gurux talabasi Tarmoq boshqaruvi fanidan



Yüklə 357,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix03.04.2023
ölçüsü357,32 Kb.
#92800
  1   2
5-labaratoriya



Luqmonov Dilshod 411-19 gurux talabasi 
Tarmoq boshqaruvi fanidan
5-Laboratoriya ishi 
STP/RSTP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini 
o‘rganish 
 
Ishdan maqsad: Kanal pog„onasi protokoli STP/RSTP protokollarini 
ishlash prinsipini o„rganish va ularni sozlash bo„yicha ko„nikmalarni hosil 
qilish. 
Nazariy qism 
STP protokoli OSI modelining kanal pog„onasi protokoli bo„lib, IEEE 
802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia 
Perlman tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari 
mavjud: VBST ( VLAN-Based Spanning Tree), RSTP, MSTP, STP. 
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog„idagi ixtiyoriy 
topologiyada bir-biriga bog„langan bir nechta kommutatorlar o„rtasidagi 
kanalda halqa (loop) hosil bo„lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli 
tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan bog„lanishlarning mantiqiy daraxtini 
yaratishga asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root 
switch) va undan keyingi shoxlarida, ya‟ni ildiz bo„lmagan kommutatorlar 
joylashadi. Kommutatorlar bir-biri bilan bog„langan holatda, asosiy magistral 
kanalni ishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog„lab, lekin mantiqiy 
jihatdan avtomatik bloklab qo„yish imkoniyatini beradi (5.1-rasm). Daraxtni 
qurish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
Tarmoqda 
asosiy 
bo„lgan 
ildiz 
kommutatorni 
tanlashda 
kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati 


asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili 
anglatadi, ya‟ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. 
Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo„natib qaysi 
biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi. Qo„shnilardan olingan kadrlarning 
imtiyoz va ID identifikator qiymatlari taqqoslanadi va ularning qiymatlari 
yuqoriroq bo„lsa, u ildiz lavozimiga da‟vo qilishni to„xtatadi va g„olibga Hello 
BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar 
taqqoslanganda ular teng qiymat bo„lib qolsa, u holda ularning identifikatorini 
taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi. 
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida 
tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo„shimchalar kiritilgan. 
MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo„llab-quvvatlash 
maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko„rinishi 
hisoblanadi. U tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda 
yuklamani muvozanatlash imkoniyatini ta‟minlaydi. 802.1s MSTP standartiga 
qo„shimcha 802.1Q standartida qo„shimcha kiritilgan. Spanning Tree Protocol 
(STP) – bu IEEE 802.1D da, Rapid Spanning Tree Protocol (RSTP) – IEEE 
802.1W da va Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1S da 
belgilangan. 
Qoida sifatida, kommutatsiyalangan Ethernet tarmoqlarida ortiqcha 
kanallardan tarmoqni ishonchliligini oshirish va kanallarni zahiralash uchun 
ishlatiladi. Biroq ortiqcha kanallardan foydalanish halqalarni (loop) hosil qilishi 
mumkin, bu esa MAC manzillar jadvalini beqarorlashtiradi va translyatsiya 
(eshittirish) bo„ronlarini keltirib chiqaradi. Natijada aloqa sifati yomonlashadi 
va aloqa xizmatlari uzilishi mumkin. Ushbu muammolarni hal qilish uchun 
Spanning Tree Protocol (STP) qo„llaniladi. STP halqalarni (loop) oldini oladi. 
Faol STPga ega qurilmalar bir-biri bilan bog„lanish orqali tarmoq halqalarini 


aniqlaydi va halqalarni yo„q qilish uchun ba‟zi portlarni bloklaydi. STP, RSTP 
va MSTP protokollarini solishtirish natijalari 5.1- jadvalda keltirilgan. 
Murakkab tarmoqda ortiqchalikni amalga oshirish uchun tarmoq 
ma‟murlari ikkita qurilma o„rtasida bir nechta fizik aloqalarni o„rnatishga moyil 
bo„lib, ulardan biri asosiy kanal, qolganlari esa zaxira bo„ladi. Translyatsiya 
bo„ronlari yoki MAC jadvalining beqarorligiga olib keladigan halqalar paydo 
bo„lishi mumkin. Tarmoq ma‟muri tarmoqni ishga tushirgandan so„ng, 
halqalarni oldini olish uchun RSTP ni sozlashi mumkin. Tarmoqda halqalar 
mavjud bo„lganda, RSTP halqalarning oldini olish uchun portni bloklaydi. 
RSTP protokoli kommutatorga paketlarni qayta ishlash imkoniyatini berish 
uchun paketlarni cheksiz aylanishini oldini oladi. 

Yüklə 357,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin