Luqmonov Dilshod 411-19 gurux talabasi
Tarmoq boshqaruvi fanidan
5-Laboratoriya ishi
STP/RSTP protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini
o‘rganish
Ishdan maqsad: Kanal pog„onasi protokoli STP/RSTP protokollarini
ishlash prinsipini o„rganish va ularni sozlash bo„yicha ko„nikmalarni hosil
qilish.
Nazariy qism
STP protokoli OSI modelining kanal pog„onasi protokoli bo„lib, IEEE
802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia
Perlman tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi
spetsifikatsiyalari
mavjud: VBST ( VLAN-Based Spanning Tree), RSTP, MSTP, STP.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog„idagi ixtiyoriy
topologiyada bir-biriga bog„langan bir nechta kommutatorlar o„rtasidagi
kanalda halqa (loop) hosil bo„lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli
tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan bog„lanishlarning mantiqiy daraxtini
yaratishga asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root
switch)
va undan keyingi shoxlarida, ya‟ni ildiz bo„lmagan kommutatorlar
joylashadi. Kommutatorlar bir-biri bilan bog„langan holatda, asosiy magistral
kanalni ishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog„lab,
lekin mantiqiy
jihatdan avtomatik bloklab qo„yish imkoniyatini beradi (5.1-rasm). Daraxtni
qurish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Tarmoqda
asosiy
bo„lgan
ildiz
kommutatorni
tanlashda
kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati
asosida tanlanadi. Bu yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili
anglatadi, ya‟ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi.
Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo„natib qaysi
biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi. Qo„shnilardan olingan kadrlarning
imtiyoz va ID identifikator qiymatlari taqqoslanadi va ularning qiymatlari
yuqoriroq bo„lsa, u ildiz lavozimiga da‟vo qilishni to„xtatadi va g„olibga Hello
BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi.
Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar
taqqoslanganda ular teng qiymat bo„lib qolsa, u holda ularning identifikatorini
taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida
tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo„shimchalar kiritilgan.
MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo„llab-quvvatlash
maqsadida IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko„rinishi
hisoblanadi.
U tarmoqni tezroq ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda
yuklamani muvozanatlash imkoniyatini ta‟minlaydi. 802.1s MSTP standartiga
qo„shimcha 802.1Q standartida qo„shimcha kiritilgan. Spanning Tree Protocol
(STP) – bu IEEE 802.1D da, Rapid Spanning Tree Protocol (RSTP) – IEEE
802.1W da va Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1S da
belgilangan.
Qoida sifatida, kommutatsiyalangan Ethernet
tarmoqlarida ortiqcha
kanallardan tarmoqni ishonchliligini oshirish va kanallarni zahiralash uchun
ishlatiladi. Biroq ortiqcha kanallardan foydalanish halqalarni (loop) hosil qilishi
mumkin, bu esa MAC manzillar jadvalini beqarorlashtiradi va translyatsiya
(eshittirish) bo„ronlarini keltirib chiqaradi. Natijada aloqa sifati yomonlashadi
va aloqa xizmatlari uzilishi mumkin. Ushbu muammolarni hal qilish uchun
Spanning Tree Protocol (STP) qo„llaniladi. STP halqalarni (loop) oldini oladi.
Faol STPga ega qurilmalar bir-biri bilan bog„lanish
orqali tarmoq halqalarini
aniqlaydi va halqalarni yo„q qilish uchun ba‟zi portlarni bloklaydi. STP, RSTP
va MSTP protokollarini solishtirish natijalari 5.1- jadvalda keltirilgan.
Murakkab tarmoqda ortiqchalikni amalga oshirish uchun tarmoq
ma‟murlari ikkita qurilma o„rtasida bir nechta fizik aloqalarni o„rnatishga moyil
bo„lib, ulardan biri asosiy kanal, qolganlari esa zaxira bo„ladi. Translyatsiya
bo„ronlari yoki MAC jadvalining beqarorligiga olib
keladigan halqalar paydo
bo„lishi mumkin. Tarmoq ma‟muri tarmoqni ishga tushirgandan so„ng,
halqalarni oldini olish uchun RSTP ni sozlashi mumkin. Tarmoqda halqalar
mavjud bo„lganda, RSTP halqalarning oldini olish uchun portni bloklaydi.
RSTP protokoli kommutatorga paketlarni qayta ishlash imkoniyatini berish
uchun paketlarni cheksiz aylanishini oldini oladi.