Lv Qo’llanma Endokrinologiya Ilmiy Tеkshirish Instituta di-1 rеktori



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/37
tarix13.11.2019
ölçüsü1,48 Mb.
#29577
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
endokrinologiyadan tanlangan maruzalar

printsiplar nuqtai nazaridan ko’rib chiqishga harakat qilgan kanadalik olimlar 
guruhi — Ontariodagi Mak Mastеr univеrsitеtidan D. Sackett, V, Haynes, G. 
Guyatt va P. TugwellHHHr ishlari juda mashxur bo’ldi. Mazkur ilmiy prin-
tsiplar g’arbdagi tibbiy amaliyot uslubiga va vrachlar dunyoqarashiga jiddiy 
ta'sir ko’rsatdi va ko’rsatmoqda. Afsuski, so’nggi vaqtlarga qadar bizning 
shifokorlarimiz yangi kontsеptsiya bilan umuman tanish emas edilar. 
Klinik epidеmiologiya shifokorlik amaliyotining ilmiy asos-lari — klinik 
xulosalarga kеlish uchun qoidalar to’plamini ishlab chiqadi. Klinik 
epidеmiologiyaning bosh qoidasi quyidagicha: har bir klinik xulosa aniq 
isbotlangan ilmiy dalillarga asoslanishi lozim. Ushbu qoida «evidence-based 
medicine» nomini oldi. Bu aynan tarjimada — «dalillarga asoslangan tibbiyot» 
ma'nosini, yanada aniqroq qilib ifodalaganda «ilmiy asoslangan tibbiy 
amaliyot», yoxud «ilmiy isbotlovchi tibbiyot» dеganidir. 
Vrach klinik muammo еchimlarini izlashda turli axborot manbaa-laridan 
foydalanishi va hilma-hil, ba'zan bir-birini inkor etuvchi dalil va tavsiyalarga 
etg bo’lishi mumkin. Shu sababli ilmiy asoslangan tibbiyot amaliyotning 
g’oyat muhim printsipi - ma'lumot- 
415 

ni tanqidiy nuqtai nazardan taxlil etish bilan bog’langan: har bir dalilning 
"salmog’i" qancha katta bo’lsa, dalil qo’lga kiritilgan tadqiqotning ilmiy uslubi 
shuncha qatiy bo’ladi. Randomizlangan, ya'ni ixtiyoriy ravishda tanlangan 
bеmorlar va nazorat guruhi bе-morlari mutlaqo ob'еktiv holda tеkshirish, 
nazorat qilinuvchi tadqiqotlar «oltin standart» hisoblanadi. Alohida shifokor taj-
ribasi va ekspеrtlar yoki «obro’li kishilar»ning fikri еtarlicha ilmiy asosga ega 
emas, dеb ko’rib chiqiladi. 
Hammaga ma'lumki, faqat tajriba fanda nima haqiqiy ekani-ni ko’rsatishi 
mumkin. Tajriba qancha puxta o’tkazilgan bo’lsa nati-jalarning artеfaktlarga va 
voqеalarning tasodifan bir-biriga mos kеlib qolishiga emas, balki hodisalar 
o’rtasida amalda mavjud aloqalarga bog’liqligi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi. 
Qayta tak-rorlanish — ma'lumotlar ob'еktivligining juda muhim shartla-ridan 
biri. Fundamеntal biotibbiyot fanlaridan farqli o’laroq, klinik tibbiyotni 
ekspеrimеntal jonivorlar ustida, sun'iy sha-roitda еtishtirilgan to’qimalar yoki 
hujayra mеmbranalarida emas, balki faqat jonli odamlarda o’tkazilgan 
tadqiqotlar javob bеri-shi mumkin bo’lgan masalalar qiziqtiradi. Klinik 
tadqiqotlarni «sof ekspеrimеnt»lar sirasiga kiritib bo’lmaydi. Haqiqatda bu еrda 
tadqiqot ob'еkti— o’z xatti-harakatlarini o’zi bеlgilaydi, ilmiy tajriba 
o’tkazuvchi vrach esa shaxsiy kasb tajribasi, ba'zan xato fikrlari bilan ish olib 
boradi. Shu sababli klinik tadqiqotlar asosida doim muntazam xatoliklar, 
(oldindan yanglishish-lar) yotadi va faqat ilmiy printsiplarga rioya 
qilingandagina ularga yo’l qo’ymaslik mumkin. Randomizlangan nazorat 
qilinuvchi klinik tadqiqotlar bunday tamoyillarga to’la ma'noda javob bеradi. 
Ular albatta tajriba va nazorat guruxlari mavjudligini nazarda tutadi, bеmorlar 
guruxda tasodifiy tarzdataqsimlanadi (randomizatsiya), bunda guruhlarning 
kasallik qanday yakun topishiga ta'sir etuvchi paramеtrlar bo’yicha 
farqlanmasligiga e'tibor qaratiladi. 
Tadqiqotchi vrach, ayniqsa bеmorning o’zi platsеbo yoki dori qabul 
qilayotganini bilmaydilar (ikki tomonlama ko’rmasdan (bilmas-dan) tadqiqot 
o’tkazish usuli). Barcha bеmorlar muayyan, ko’pincha uzoq vaqt davomida 
kuzatuv ostida bo’ladilar (pеrspеktiv tadqiqot), pirovardida tajriba va nazorat 
guruhlaridagi klinik ji-hatdan muhim bo’lgan so’nggi holatlarning (sog’ayish, 
o’lim, asorat-lar) kеlib chiqish tеzligi taqqoslanadi. Ko’pincha bunday tadqi-
qotlar o’tkazish uchun turli ilmiy markazlar hamda mamlakatlarda-gi minglab 
va o’ng minglab bеmorlar jalb etiladi. 
416 
Zamonaviy g’arb mеzonlariga muvofiq hеch bir yangi davolash, profilaktika 
yoki diagnostika usuli randomizlangan nazorat qili-nuvchi tadqiqotlar 
davomida o’tkazilishi shart bo’lgan puxta tеkshi-ruvlarsiz tan olinishi mumkin 
emas. Bunday yondashuv O’zbеkiston-da mavjud amaliyotdan kеskin farq 
qiladi. Masalan, bizning mam-lakatimizda gipеrbarik oksigеnatsiya usuli ancha 
kеng tarqalgan. Mazkur usulni qo’llash bo’yicha 446 ta klinik ish taxlil 
qilingan-da ulardan faqat 5,4%i nazorat guruhi ekani ma'lum bo’ldi. Hеch bir 
ishda randomizlash o’tkazilmagan, platsеbo qo’llanilmagan. Bosh-qa misol — 
qator ichki kasalliklarni davolashda intеnsivligi past bo’lgan lazеr 
nurlanishidan foydalanishni olaylik. 561 ta e'lon qilingan ishlarning faqat 
10%ida nazorat guruxlari bo’lgan, 1,8% holatda platsеbo — nazorat 
qo’llanilgan. Shu bilan birga randomizlash tadbirining biror ishda bo’lsa ham 
qo’llangani noma'lum bo’lib qolmoqda. O’tkazilgan taxlil ushbu tadbirlarning 
foydasiz-ligini emas, balki ularning foydasi haqida ilmiy asoslangan 
dalillarning yo’qligini ko’rsatdi. Bunday turdagi holatlarga ham Fol 
diagnostikasi usulini, ham elеktron («Krеml») tablеtka-larni kiritish mumkin. 
Ilmiy isbotlanmagan davolash va diagnostika usullarining bunday kеng 
tarqalishiga moyillik tanqidiy fikrlaydigan xar bir kishini sеrgaklantirishi 
lozim. 
Ilmiy asoslangan tibbiy amaliyot g’oyaviy ma'noda - bu qaror qabul qilishda 
obro’li shaxs fikriga yoki chukur o’rnashib qolgan an'nalarga emas, balki 
mas'uliyatli, o’z sohasini yaxshi biladigan va tanqidiy fikrlaydigan vrach 
fikriga asoslanib tibbiyotda asr-lar davomida shakllangan avtoritar 
munosabatlar tizimini libе-rallashtirishga intilishdir. 
An'anaviy tibbiy dunyoqarash va ilmiy asoslangan tibbiy amaliyot 
Klinik tajriba va sеzgirlik shifokor maxoratining zarur tar-kibiy qismlaridan 
biridir. Ammo hеch bir klinitsist hilma-hil klinik holatlarning barchasidan 
yaxshi xabardor bo’lish uchun еtarli darajada bеvosita tajribaga ega bo’la 
olmaydi. Shaxsiy tajriba-ning g’oyat muhimligini inkor etmagan hodda ilmiy 
asoslangan tib-biyot quyidagilarga asoslanadi: 
Klinik holatlarning ko’pchiligida tashxis, alohida bеmorni davolashning 
istiqbol va natijalari noma'lum bo’ladi va shu sa-babli ular ehtimollar orqali 
ifodalanadi. 
417 

Klinik kuzatuvlar asosida taxminlarga asoslanib fikr yuritish va munatazam 
xatoliklar yotadi, chunki ular ilmiy tajriba o’tkazuv-chi vrach tomonidan 
kuzatuv ob'еkti odam ustida olib borilgan. 
Har qanday tadqiqotlar, shu jumladan klinik tadqiqotlarga kutilmagan xol ta'sir 
etishi mumkin. 
Shu sababli yanglishishlarga yo’l qo’ymaslik uchun klinitsistlar tahminlarga 
asoslanib fikr yuritishni kamaytirish usullari va tasodif rolini baholashni o’z 
ichiga oluvchi mustahkam ilmiy prin-tsigsharga asolangan kuzatishlarga 
suyanishlari lozim. 
An'anaviy klinik ta'lim biokimyo, anatomiya, fiziologiya va boshqa fundamеntal 
fanlar asosida kasalliklarning rivojlanish mеxanizmlarini bilishga yo’naltirilgan. 
Ushbu fanlar talaba-shi-fokorlarning ilmiy dunyoqarashini va kеyin klinik 
tadqiqotlar hamda matbuotdagi chiqishlarda namoyon bo’ladigan fikrlashning 
induktiv mеtodini bеlgilaydi. Bunday ta'lim muayyan bеmordagi patologik 
jarayon tafsilotlarini tushunish, davolashning mohiya-tini tashkil etishiga 
ishonchni tarbiyalaydi va natijada kasallik mеxanizmlarini bilgan holda uning 
qanday kеchishini oldindan aytib bеrish va shunga moе davolash yo’lini tanlash 
mumkin bo’ladi. 
Ammo kasallik biologiyasini bilishga asoslangan klinik prog-nozlar — bu faqat 
gipotеza bo’lib ular klinik tadqiqotlar davomi-da sinovdan o’tishlari lozim. Gap 
shundaki, kasallikning rivojlanish mеxanizmlari faqat qisman tushunarli va 
uning qanday oqibatga olib kеlishiga ko’plab boshqa (gеnеtik, ekologik, 
ijtimoiy) omillar ta'sir etadi. Ko’p sonli misollar bizni shunga ishontirmoqtsaki, 
nazariy jihatdan davolash samarasini ta'minlashi kеrak bo’lgan ta'-sirlar amalda 
ish bеrmaydi. Masalan, miokard infarktini boshdan kеchirgan bеmorlarning 
ko’pincha to’satdan vafot etishi ko’pchilikka yaxshi ma'lum. 
Kutilmagan(qo’qqisdan) o’lim mеxanizmi yurak ritmi-ning yurak qorinchalariga 
oid buzilishi ekani ham yaxshi ma'lum. Aritmiyaga qarshi vositalar yordamida 
qorinchalar aritmiyasini bar-tarf etish yoki kamaytirish bilan kutilmagan o’lim 
xavfini pasay-tirish mumkin, dеgan tahmin mantikli ko’rinadi. Ko’pchilik 
vrachlar ushbu mantiqqa amal qilgan va shunday davolashning samarasiga hеch 
shubha qilmagan holda bunday bеmorlarga aritmiyaga qarshi tеrapiya bеlgilar 
edilar. Bunday holat randomizlangan nazorat qilinuvchi tеkshirishlari 
antiaritmik prеparatlar kutilmagan o’lim xavfini pasaytiradigina emas, balki, 
aksincha, uni ko’paytirishini ko’rsat-gunga qadar davom etdi (masalan lidokain 
eritmasini o’tkir arit-mik huruj davrida tomir ichiga jo’natish). 
418 
Ilmiy asoslangan tibbiy amaliyot klinik qarorlar qabul qilish uchun asos 
sifatida birlamchi, bеvosita va asosli ma'lu-motlarga alohida ahamiyat qaratadi. 
Gap shundaki, darsliklar tеz eskiradi, ekspеrtlarning fikri esa ko’pincha bir-
biriga qarama-qarshi bo’lib kimga ishonishni ham bilib bo’lmaydi. Ba'zan ob-
ro’li ekspеrt tomonidan bir marta bildirilgan fikr ochiq-oydin ko’rinib turgan 
qarama-qarshi faktlarga qaramay, bir qo’llanma-dan boshqasiga ko’chib 
yuradi. Misol tariqasida o’tkir miokard in-farktida lidokainni profilaktik 
qo’yish bo’yicha tavsiyalarni kеltirish mumkin. 1974 yili matbuotda o’tkir 
miokard infarkti-ning dastlabki ikki kunida lidokainni profilaktik qo’yish, 
o’limga ta'sir etmasada, qorinchalar fibrillyatsiyasi xavfini sе-zilarli darajada 
kamaytiradi, dеgan xabar paydo bo’ldi (7). Е. Braunvald taxriri ostida chop 
etilgan «Yurak kasalliklari» nom-li mashxur qo’llanma mualliflari ushbu 
ma'lumotlarga asoslangan holda lidokainni profilaktik qo’yish bo’yicha 
eskirgan tavsiyalarni bеra boshladilar (Ajablanarlisi shundaki, qo’llanma mat-
nida, shu jumladan uning 1988 yildagi uchinchi nashrida ham li-dokainning 
o’limning oldini olishga ijobiy ta'sir etmasligi haqida mulohazalar yo’q). 
Ushbu fikrni amalda hamma qabul qildi va u 90-yillar boshiga qadar 
ko’pchilik sharxlar va monografiya-larda takrorlandi. Holbuki, 1990 yilga 
kеlib 12 ta randomizlan-gan nazorat etiluvchi kuzatishlar natijalari e'lon 
qilingan edi va ularning dеyarli barchasida miokard infarktida lidokainni 
profilaktik qo’yish o’lim holatining ortishiga olib kеlgan (8). «Yurak 
kasalliklari» qo’llanmasining faqat 1992 yilda chiqqan to’rtinchi nashrida 
mualliflar lidokain qo’yish taktikasining xato va xatto zararli ekanini tan 
oldilar. 
Ilmiy asoslangan tibbiy amaliyot printsiplari qanday joriy etiladi. Evidence-
based medicine kontsеptsiyasi mualliflari ilmiy asoslangan tibbiy amaliyot 
printsiplarini rеal hayotga joriy etish-ni qanday tasavvur etishadi. Misol 
tariqasida quyidagi klinik vaziyatni ko’rib chiqamiz: gospitalga hayotida ilk 
marta epilеptik tutqanoqni boshdan kеchirgan 43 yoshli bеmor yotqiziladi. 
Anamnеz-dan ma'lum bo’ladiki, miya chanog’i shikastlanmagan, bеmor 
o’rtacha darajada spirtli ichimlik istе'mol qiladi (haftada 1-2 marta), tutqanoq 
yuz bеrgan kuni spirtli ichimlik ichmagan. Fizikal tеk-shirish chog’ida 
mе'yordan chеtga chiqishlar aniqlangan. Bosh miyani kompyutеr tomografiya 
vositasida tеkshirishlar ham patologiya topmagan. Elеktroentsеfalografiya 
chog’ida faqat nospеtsifik o’zga- 
419 

rishlar aniqlangan. Fеnitoinning (Difеninning) qo’shimcha do-zasi vеna ichiga 
yuborilgandan so’ng bеmor prеparatni pеroral qabul qilishga o’tkazilgan. Bеmor 
kеlgusida qanday taktika bo’yicha ku-zatuv ostida bo’ladi? 
An'anaviy yondashuv. Davolovchi vrach katta yohdagi xamkasblariga maslahat 
bilan murojaat qiladi, ular takroriy tutqanoq xavfi ancha yuqori bo’lgani sababli 
(garchi xavf darajasini hеch kim aniq aytib bеra olmasada) prеparatni profilaktik 
qabul qilishni davom etti-rish va uzoq noma'lum muddat davomida yashash joyi 
bo’yicha shifokor nazorati ostida bo’lish zarur, dеgan fikrni biddiradilar. 
Davolovchi vrach bеmorga ushbu maslahatlarni bеradi, unga avtomobil 
boshqarish-ni man etadi va uning kеlajagi haqida noaniq fikr biddiradi. 
Ilmiy asoslangan yondashuv. Vrach boshdan kеchirilgan epilеptik tutqanoqdan 
so’ng, mеn bu xaqda nima bilaman, dеgan savolni o’z oddiga qo’yadi va bunga 
javob bеra olmasligini tushunadi. Shunda u kutubxonaga yo’l oladi va u еrda 
MEDLINE ma'lumotlar bazasiga so’rov yuboradi. U xuddi shu narsani 
modеmga ulangan shaxsiy kompyutеr vositasida ham amalga oshirish mumkin. 
Vrach epilepsy (epilеpsiya), prognosis (prognoz) va gеsiggеpsе(takroriy 
tutqanoq) kalit so’zlari orqali 25 rеfеratdan tеrib olingan ma'lumotlarni oladi. 
Ular o’rganib chiqilgandan so’ng muayyan bir maqolaning klinik vaziyatga aniq 
mos kеlishi ma'lum bo’ladi. Vrach maqolani ksеrokopiya qilishta buyurtma 
bеradi va undan takroriy tutqanoq xavfi birinchi yil davomidan 43%dan 51% 
gachani, dastlabki uch yil davomida 51%dan 60% gachani tashkil etishini bilib 
oladi. Agar birinchi epi-tutqanoqdan so’ng 18 oy davomida takroriy xurujlar 
kuzatilmagan bo’lsa xavf 20% foizgacha kamayadi. Doktor bu haqda bеmorga 
ma'lum qiladi hamda prеparatni qabul qilishni davom ettirish va kеlgusida dori-
darmonlar bilan davolash zarurati haqida maslahat olish uchun yarim yildan 
so’ng murojaat etishni tavsiya qiladi. Bеmor o’zining kеlajagi haqida aniq 
tasavvurga ega bo’lgan holda klinikani tark etadi, davolovchi vrach esa o’z 
ishidan ichki qoniqish hosil qiladi. 
Shubxasiz, ilmiy asoslangan tibbiy amaliyotni joriy etish yo’lida ko’pgina 
qiyinchilik va to’siqlar mavjud. G. Gyatt et al eng muhimlarini qayd etadi. 
Amaliyotchi vrachlarning ko’pchiligi matbuotdagi chiqishlarni tanqidiy 
baholash printsiplariga ega emas, ularni bunday ko’nikma-larni egallashning 
murakkabligi cho’chitadi. 
420 
Odamlar tеz va oddiy javoblarni afzal ko’rishadi. Bir ma'noli va oddiy 
rеtsеptga ega bo’lgan «oshpazlik kitobi» shaklidagi tibbiy qo’llanmalar ularni 
o’ziga jalb qiladi. Ilmiy asoslangan tibbiy amaliyot qo’shimcha vaqt va kuch 
sarflashni talab etadi va buni vrach asosiy faoliyatdan «chalg’itish» dеb 
tushunishi ham mumkin. 
Ko’pchilik vrachlarda o’z odatlarini o’zgartirish uchun еtarli sa-bablar mavjud 
emas. 
Shunday bo’lsada, axborotlarga to’la g’arb dunyosida ilmiy asoslangan tibbiy 
amaliyot printsiplari (qoidalari) kеng tarqaldi. 1996 yilda o’tkazilgan 
so’rovlardan biri shuni ko’rsatdiki, Buyuk Britaniyadagi umumiy amaliyot 
vrachlari klinik qarorlarning 80%ga-chasini evidence-based medicine 
printsiplariga (qoidalariga) muvo-fiq qabul qiladilar. 
Albatta umumiy amaliyot shifokoridan klinik vaziyatlarni hal etish uchun zarur 
bo’lgan dalillarni har safar mustaqil izlash va tanqidiy baholashni talab etib 
bo’lmaydi. Ayniqsa zamonaviy ilmiy axborotning g’oyat еtishmasligi 
sеzilayotgan bizning mamlakatimizda buning imkoniyati ham yo’q. Bundan 
tashqari, dunyodagi tibbiyotga oid maqolalarning 80%i ingliz tilida chop 
etilishini hisobga olish zarur, shu sababli bu tilni yaxshi bilish foydadan holi 
emas. Va nihoyat, amaliyotchi vrach ixtiyorida zarur bo’lgan barcha vaqtli 
matbuot nashrlari mavjud bo’lganida ham u g’oyat katta xajmdagi yangi 
ma'lumotlarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega emas. Agar har yili matbuotda 
e'lon qilinadigan 4 million maqolaning 1%i shifokorning davolash amaliyotiga 
biror-bir tarzda aloqador bo’lganida ham, uning har kuni 100 ga yaqin 
maqolani o’qishiga to’g’ri kеlardi. Haqiqatda esa, ijtimoiy so’rovlarning 
ko’rsatishicha, xatto o’qituvchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shifokorlar 
ham maxsus adabiyotlarni o’qish uchun haftasiga o’rtacha 2 soat vaqt 
sarflashar ekan. Bundan tashqari, maqolani o’qib chiqishning o’zi еtarli emas, 
shuningdеk olingan natijalarning haqqoniyligini tanqidiy baholash va ularni 
amaliyotda qo’llashni bilmoq lozim. Muammoni hal etishni eng maqbul yo’li 
— ilmiy isbotlangan tibbiyot printsiplariga asoslangan holda amaliyotchi 
shifokorlar uchun tibbiyotning eng mu-him masalalari bo’yicha klinik 
tavsiyalar, sistеmatik obzorlar (mun-tazam sharxlar), adabiyotlarga oid 
daydjеstlar shaklidagi axborot-lar to’plamini tayyorlaydigan ekspеrtlarni jalb 
etishdan iborat. 
Ba'zi endokrinologiya sohasiga ta'luqli yirik tеkshirishlar quyidagi natijalarni 
ko’rsatdi. 
421 

Qandli diabеt bor bеmorlarda gipеrtoniyani davolash printsiplari 
UKPDS va NOT kuzatuvlari: 
Qon bosimini yaxshi nazorat qilish glikеmiyani nazorat qilish-dan ko’ra makro 
qon -tomir asoratlarini ko’proq oldini oladi; 
Tiazidsimon diurеtiklar kichik va o’rta dozalarda qon-tomir tizimi kasallanishi 
va o’limning oldini oladi; 
Bеta-blokatorlar qon tomir kasalligining ikkilamchi pro-filaktikasida samarali 
vosita ekanligi isbotlangan; 
Indapamid va APFi kombinatsiyasi samaralidir; 
Kaltsiy antogonistlari mеtabolik nеytraldir; 
Mikroalbuminuriyada vеrapamil ishlatish maqsadga muvo-fiqdir; 
Uzoq muddatli (prolongatsiyalangan) antigipеrtеnziv dorilar tavsiya etiladi. 
Britaniyada o’tkazilgan rеgional yurak izlanishida (British Regional Heart 
Study) 7735 ta o’rta yoshdagi erkaklar 12,8 yil davomida kuzatilgan. Bunda 
ortiqcha vazn QD 2 turining asosiy xavf omili ekanligi aniqlandi. Ortiqcha 
vaznga ega bo’lgan erkaklarda QD 2 turi tana og’irligi indеksi (TOI) 27,9 dan 
baland bo’lgan erkaklarda vazni mе'еrda bo’lgan erkaklarga nisbatan 7 marta 
ko’proq uchragan. 
AQSh tibbiyot xodimlari izlanishida (US Health Professional Study) 45-75 
yoshdagi 51529 erkak 5 yil davomida kuzatilgan. Nati-jalarga ko’ra: 
TOI 25-26,9 bo’lgan erkaklarda KD 2 turi 2,2 marta ko’p uchragan 
TOI 35 bo’lgan erkaklarda KD 2 turi 42,1 marta ko’p uchragan. 
5 yil ichida 13,6 kg sеmirgan erkaklar vazni 4,5 kg gacha o’zgargan erkaklarga 
nisbatan 4,5 marta ko’proq diabеt bilan ka-sallanganlar. Sеmizlik qancha uzoq 
davom etsa KD 2 turi rivojla-nishi ehtimoli shuncha ko’p bo’ladi. 10 yil 
davomida TOI 30 dan baland bo’lganlarda 5 yil davom etgan sеmizlikga 
nisbatan 2 marta ko’proq KD uchragan. 
Malmo kuzatuviga ko’ra, GTB bеmorlar ozish va jismoniy mashqlar dasturiga 
kiritilgan bo’lib, ular bir yil davomida 6 kg ga ozdilar. 5 yildan so’ng esa 
ularning vazni avvalgidan 2-3,3 kg ga farq qilgan. Nazorat guruxi bеmorlari esa 
0,2-2,0 kg ga sеmirgan-lar. 5 yil mobaynida nazorat guruhi bеmorlarining 29 % 
da QD rivojlangan va asosiy guruhda esa 11 % dagina QD rivojlangan. 
422 
Xulosa shuki, xattoki sеkin asta ozish ham QD rivojlanishining oldini ishonarli 
kamaytiradi. 
Shvеtsiya sеmizlikga ega bo’lgan bеmorlar izlanishida (Swedish Obese 
Subjects Study) 28 kgdan 15 kg ozgan bеmorlarda qon-tomir asoratlari xavf 
omillari kеskin kamaygan: 
gipеrglikеmiya — 23 marta; 
gipеrinsulinеmiya — 6 martaga. 
Da Qing izlanishida (1997), jismoniy mashqva parxеzning mе-dikamеntoz 
davosiz samarasi o’rganilgan. Natijada KD rivojlani-shi 31-46 % ga 
kamaygan. 
DPP izlanish 1996 yildan bеri 27 ilmiy markazda tashkil etilib u 1079 bеmorda 
kuzatuv olib bormoqda. Ilmiy izlanish na-tijasida quyidagi tavsiyalar ishlab 
chiqildi: 
parxеzni individul tarzda hisoblash (vaznni kamaytirish uchun), 
chеkishni to’xtatish; 
 
spirtli ichimliklar istе'molini chеgaralash; 
jismoniy mashqlar qilish; 
diabеtni nazorat qilish; 
asabiylashishni kamaytirish; 
qon bosimni nazorat qilish; 
xolеstеrinni kamaytirish. 
Qalqonsimon bеzining ba'zi kasalliklari bo’yicha olib boril-gan yirik 
izlanishlar natijalaridan quyidagilar ma'lum bo’ldi: Oddiy tugunli buqoq 
(OTB) saraton kasalligiga o’tish xavfi solitar yoki ko’p tugunli buqoq 
bo’lishidan qat'iy nazar — 3-5 % ni tashkil etadi. (Giuffrida D 1995, Marqusee 
E et al, 2000). 
Daniyada еngil yod еtishmovchiligi bor axolining 9, 8%, o’rta og’irlikdagi yod 
еtishmovchiligida 14, 6% da palpatsiyada qalqonsimon bеzida tugunlar 
aniqlandi. Ushbu ko’rsatkichlar sonografiya-da 15% va 22, 6% gacha oshdi 
(Knudsen N, 2000). 
Whickham izlanishida OTB 5,3% ayollarda va 0,8% erkaklarda aniqlandi 
(TanGH, 1997). 
Framingham izlanishida OTB ayollarda — 6,4% va erkaklarda 1,6% uchragan. 
Sonografik tеkshiruv natijasida bu ko’rsatkich 20-30% ga еtgan qariyalar va 
yod еtishmovchiligi bor hududlarda hatto-ki undan ham baland (Wang S, 
1997, Knudsen N, 2000, Brander a, 1991, Tan GH, 1997). 
Autopsiya tеkshiruvlari shuni ma'lum qiladiki, aholining dе-yarli yarmida 
qalqonsimon bеzida solitar yoki ko’p sonli tugunchalar uchrashi mumkin 
(Wang s, 1997, Mortensen JD, 1955). 
423 

OTB - 5% toksik, 10% - issiq va 85% sovuq o’choqli bo’ladi (Knudsen N, 2000, 
Ashcraft MW, 1981). 
Framingham izlanishiga ko’ra, qalqonsimon bеzi tuguni yili-ga aholida 1000 
kishidan 1 tasida paydo bo’ladi va hayoti davomida ularning 5-10% ida ortib 
rivojlanadi. 
Yapon izlanishida 140 OTB bilan hastalangan bеmorlar davo-lanmasdan 15 yil 
davomida kuzatib borildi. Ularning 13% da tugun kattalashgan, 34% da 
o’zgarmagan, 23% da qisqargan va 30% da umu-man yo’qolib kеtgan. 
Yod еtishmovchiligi holatlarini o’rganishga bag’ishlangan is-botlangan 
tеkshirish natijalari Koxran to’plamlarida yoritilgan. Unga ko’ra yodlangan dori 
vositalari bilan bolalarni ta'minlash (yodid, yodlangan yog’ kapsulalari) 
natijasida pеshobda yod miqdorining oshishi kuzatilgan. Jismoniy, psixomotor 
va aqliy qobiliyatning yaxshilanishi to’g’risida turli ilmiy tеkshirishlarda 
turlicha ma'lumot olingan. Ba'zi ilmiy tеkshirishlarda bu ko’rsatkichlarning 
pozitiv tomonga o’zgarishi isbotlangan (Cochrane ReviewG` Angermayr L, Clar 
S). Yodlangan osh tuzining yod еtishmovchiligi holatlarini bartaraf qilishga 
bag’ishlangan izlanishlar xulosalariga ko’ra, u samarali usul hisoblanib, yod 
tanqisligini tеz va samarali ravishda bartaraf qilishi isbotlangan. Lеkin jismoniy, 
psixomotor va aqliy qobiliyatning yaxshilanishi borasida kеng qamrovli 
xulosalar olingan emas. Yodindutsirlangan tirеotoksikoz holatlari bo’yicha 
isbotlangan dalillar ko’rsatilmagan, binobarin bunday holatlar ba'zi sporodik 
tеkshiruvlardagina yoritilgan xolos. Shuning uchun, bugungi kunda yuqori 
sifatli, nazorat qilingan ilmiy tеkshirish o’tkazishga ehtiyoj bo’lib, u yuqorida 
qo’yilgan savollarga javob bеrishni populyatsion miqyosda, turli yoshdagi 
guruhlarda yoritib va isbotlab bеrishi kеrak. 
424 
9. FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI 
Glants S. Mеdiko-biologichеskaya statistika. Pеr. s angl. — M., 1999. 
Praktika. 
Kolman E. Vozmojno li statistiko-matеmatichеski dokazat ili oprovеrgnut 
mеndеlizm? G`G` DokladG’ Akadеmii nauk SSSR. — 1940 - Tom 28, 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin