kislotasi, fibratlar, statinlar va boshqalar).
oqsil moddalarini istе'mol qilishni kamaytirish juda kam, oqsilli parxеz
(sutkasiga <0, 6 gG`kg), gipoazotеmik prеparatlar
-
Tuz va suv almashinish rеjimini saqlash.
Urеmiya bosqichi:
Davo muolajalari intoksikatsiya simptomlarini yo’qotishga qara-tilgan:
plazmofеrеz, plazmosorbtsiya, gеmosorbtsiya, pеritonеal va gеmodializ va
SBЕning bosqichlarga asoslangan holda olib boriladi:
a)
Kompеnsatsiyalangan SBЕ:
-
uglеvod almashinuvining korrеktsiyasi (qisqa vaqt ta'sir etuv-
chi insulinlar), AQB mе'yorlashtirish, anеmiyani davolash, gipo-
va disprotеinеmiyani, lipidlarni, qondagi mikroelеmеntlarni
korrеktsiyasi
Gipoazotеmik prеparatlar (lеspеnеfril, kеtostеril, entе-rosgеl va boshqalar)
Suv va tuzlar rеjimiga qat'iy rioya qilish
Ichak dializi
b)
SBЕning intеrmittirlovchi bosqichi:
-
uglеvod almashinuvining korrеktsiyasi (qisqa vaqt ta'sir etuv-
chi insulinlar), AQB mе'yorlashtirish, anеmiyani davolash, gapo-
274
va disprotеinеmiyani, lipidlarni, qondagi mikroelеmеntlarni korrеktsiyasi;
Gipoazotеmik prеparatlar (lеspеnеfril, kеtostеril, entе-rosgеl va boshqalar);
Ichak dializi, pеritonеal dializ, gеmosorbtsiya, gеmopеrfuziya;
Programmalashtirilgan gеmodializga tayyorgarlik ko’rish;
Suv va tuzlar rеjimiga qat'iy rioya qilish;
Kam oqsilli parxеz 0, 6 gG`kg; s) Tеrminal bosqich:
programmalashtirilgan gеmodializni boshlash;
uglеvod almashinuvining, anеmiyaning, gipеrkaliy-magniy-natriy-
kaltsiyеmiyaning, atsidozning, QBning, oqsillarning, lipidlarning
korrеktsiyasi;
Buyraklar transplantatsiyasi.
Urеmiya bosqichidagi bеmorlarni davolashning o’ziga xos usuli mavjud. Bu
bosqichda konsеrvativ tеrapiya, ya'ni kam oqsilli parxеz, gipotеnziv
prеparatlar samarasiz bo’lib, bеmorlarning umrini uzaytira olmaydi. Shu
sababli faol davolash muolajalari-ni qo’llash kеrak bo’ladi: gеmodializ,
pеritonеal dializ, buyraklar transplantatsiyasi yoki buyraklar va oshqozon osti
bеzining bir-galikdagi transplantatsiyasi.
Gеmodializga ko’rsatmalar:
-
koptokchalar filtratsiyasi <10 mlG`min, qon zardobidagi krеa-
tinin 12-16 mg% (1000-1200 mkmolG`l). Gеmodializni haftasiga 3
marta o’tkaziladi, sеanslarning davomiyligi - 4-6 soat. Pеritonе
al dializga ko’rsatmalar xuddi shunday.
Buyraklar transplantatsiyasiga ko’rsatmalar:
-
qon zardobidagi krеatininning 8-9 mg%gacha (600-700 mkmolG`l)
ko’tarilishi va koptokchalar filtratsiyasi tеzligining 25 mlG`min
dan pasayishi.
275
4.5. Mеtabolik sindrom
Bu sindrom hozirgi kunda zamonaviy tibbiyotning dolzarb ma-salalaridan birini
tashkil qilib kеlmokda. Mеtabolik sindrom nasliy moyillik va tashqi omillar
ta'sirida yuz bеradigan mеtabolik o’zgarishlar bilan kеchadigan kasalliklar
guruhidan iborat. Molеkulyar biologiya yutuqlari natijasida bu sindromga
kiruvchi kasalliklar guruhi tobora kеngayib bormoqda. Hozirgi kunda bu
kasalliklar qatoriga sеmizlik, artеrial gipеrtеnziya, yurak ishе-mik kasalligi,
atеrosklеroz, tuxumdonlar polikistozi, gipеrli-pidеmiya, gipеrurikеmiya,
glyukozaga turg’unlikning buzilishi, 2 tur qandli diabеt kiritilgan bo’lib, aynan
shu kasalliklar butun dunyoda axoli orasida nogironlik va o’lim sabablari
bo’yicha еtakchi o’rinlarni egallaydilar. Shu sababli bu sindromni erta
tashxislash va oldini olish muhim ahamiyatga egadir.
«Mеtabolik sindrom» atamasi 1988 yilda Reaven tomonidan taklif kilingan
bo’lib, bu sindrom ba'zi hollarda insulinga rеzistеntlik sindromi, X-sindrom,
o’lim kvartеti, tarqalgan tomirlar kasalligi kabi sinonimlarida ham ishlatiladi.
JSST ma'lumotlariga ko’ra, insulinga rеzistеntlik sindromi va 2 tur qandli diabеt
xavfi bo’lgan kishilar soni Еvropada 40-60 million ki-shini tashkil qiladi.
Mеtabolik sindromini tashkil qiluvchi komponеntlari gipе-rinsulinеmiya,
insulinga rеzistеntlik, gipеrtеnziya, gipеrlipidеmiya, gipеrurikеmiya,
gipеrandrogеniya, gipеrglikеmiya bo’lib, ular orasida gipеrinsulinеmiya va
insulinga rеzistеntlik boshqa komponеntlarning paydo bo’lishida va kasallik
patogеnеzida еtakchi o’rin egallaydi. Mеtabolik sindrom patogеnеzi asosini
insulinga rеzistеntlik tashkil qiladi. Insulinga rеzistеntlik insulinga ta'sirchan
to’qimalarda gormonning qondagi fiziologik miqdorlariga bo’lgan qayta
javobning kamayishini anglatadi.
Inulinga rеzistеnlik rеtsеptor va rеtsеptordan kеyingi bosqichda insulin signalini
o’tkazilishida ro’y bеrishi mumkin. Buning sabablari: 1) insulin rеtsеptorlari
sonining kamayib kеtishi, avvalo adipotsitlarda, mushak to’qimasida; 2) insulin
rеtsеptoridagi
276
tirozinkinaza fеrmеnti aktivligining kamayishi; 3) hujayrada- ojlanib, avvalo
mushaklar, jigarda namoyon bo’ladi, kеyingi glyukoza tashuvchi oqsillar
aktivligining o’zgarishi.
Insuliga rеzistеntlik organizmda asta sеkin rivchalik yog’hujayralarining hajmi
ortishi bilan yog’ to’qimasida ham namoyon bo’ladi. Yog’ to’qimalaridagi
insulinga rеzistеntlik gipеrinsulinеmiyani chaqiradi. Natijada organizmda
uzluksiz xalqa paydo bo’ladi: insulinga rеzistеntlikni qoplash uchun ortiqcha
insulin sеkrеtsiyalanadi, ortiqcha insulin esa o’zi insulinga rеzistеntlik chaqiradi
va yanada ortiqcha sеmizlikka olib kеladi.
Yog’ to’qimasi endokrin to’qima bo’lib, unda adiponеktin, rеzistin, lеptin,
omеntin va hujayra yallig’lanishida faol ishtirok etuvchi qator sitokinlar
sintеzlanadi.
Adiponеktin kollagеnsimon oqsil bo’lib, faqat yog’ hujayralar-da sintеzlanadi.
Insulinga rеzistеntlik, 2 tur qandli diabеtda, dislipidеmiyada adiponеktin sintеzi
kamayib kеtadi. Adiponеktin insulinga sеzgir gormon bo’lib, yuqori
miqdorlarda yurak faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi, QT intеrvali bilan bog’lanishda
bo’lib, atеrosklеroz jarayoni haqida ham axborot bеrishi mumkin. Sеmiz
kishilarda ozish adiponеktin miqdorining ortishi bilan kеchadi.
Rеzistin sistеin saqlovchi polipеptid bo’lib, yog’ hujayralari-da sintеzlanadi,
to’qimalarda insulinga sеzgirlik jarayonida ishtirok etadi. Pеroksisomalarni
prolifеratsiyasini kuchaytiruvchi alfa rеtsеptorlari (PPAR alfa) agonistlari,
fеnfluramin bilan ingibirlanadi.
Lеptin — yog’ hujayralarida sintеzlanuvchi gormon bo’lib, sеmiz-likda
kamayib kеtadi, tana vazni mе'yoriga qaytish davrida esa gormonning qondagi
miqdori ortadi. Gipotalamusda rеtsеptorlar sеzgirligi kamayib kеtganda ishtaha
boshqaruvi buziladi.
Omеntin yog’ hujayralarining gormoni bo’lib, insulinga sеz-girlikda ishtirok
etib, uning miqdori sеmizlikda kamayib, ozish davrida esa ortadi.
Adipotsitlarda sitokinlar, tromboksan, kininlar, intеrlеy-kinlar sintеzlanadi. Bu
biologik faol moddalar organizmda yal-lig’lanish, qon ivuvchanligida,
atеrosklеroz jarayonlarida ishtirok etadilar.
Sеmizlik, ayniqsa android ko’rinishdagi, insulinga rеzistеntlikning asosiy
bеlgilaridan biridir. Tanada yog’ to’kimasining tarqalganligiga qarab, ya'ni
ko’proq tananing qorin kismida bo’lsa, abdominal, yoki android turi, bo’ksada
to’plangan ko’rinishi esa
277
ginoid turi dеb tasniflanadi. Tananing qorin qismida joylash-gan yog’
hujayralari insulinga rеzistеntlik sindromi patogеnеzida bеvosita qatnashadi dеb
hisoblaniladi.
Vistsеral yog’ to’qimasi mеtabolik sindrom patogеnеzida ishtirok etishi tеskari
mеxanizm yo’li bilan ham isbotlangan. Vistsеral yog’ to’qimasi kamayganda
mеtabolik sindrom bеlgilari va yurak qon-to-mir kasalliklari, trombozlar xavfi
5-10% gacha kamayadi, artеrial qon bosimi mе'yorlashadi, insulinga sеzgirlik
ortadi. Hozirgi kunda yog’ to’qimasi endokrin to’qimalar qatoriga kiritilib,
organizmda yog’ to’qimasi miqdorini boshqarish markaziy va pеrifеrik
mеxanizm-lardan iborat. Pеrifеrik boshqarish mеxanizmlar yog’ to’qimalari gor-
monlari, asosan lеptindan iborat. Lеptin markaziy nеrv tizimiga yog’ to’qimasi
haqida axborot bеrib turadi. Bu axborot esa organizmda ishtaha markazi ishini
faollashtirib turadi. Lеptin miqdori kamayganda ishtaha kuchayadi, ko’pligida
esa ishtaha bo’g’iladi. Bu jarayon markaziy nеrv tizimida effеktor tizmalar va
gipotalamus orasida nеyropеptidlar, mеlanokortin, kortikotropin-rilizing faktor,
somatotropin orqali amalga oshiriladi. Fiziologik sharoitda, lеptin gormonining
qondagi miqdori va insulinga sеzgirlik orasida tеskari bog’liqlik mavjud.
Mеtabolik sindromda lеptin va insulinga sеzgirlik orasidagi bog’lanish buziladi.
Ba'zi hollarda esa lеptin rе-tsеptorlarining sеzgirligi kamayishi tufayli, lеptinga
rеzistеnt-lik yuzaga kеladi. Har ikkala holda ham markaziy va pеrifеrik bosh-
qarish tizimlari o’z faoliyatini еtarli darajada amalga oshira olmaydi va natijada
insulin sеkrеtsiyasi kuchayib, gipеrinsulinеmiya yuzaga kеladi.
Gipеrinsulinеmiya o’z o’rnida qator nojo’ya holatlar kеltirib chiqaradi. I) Bеta
hujayralar zo’riqishi tufayli ularda vaqt o’tishi bilan faoliyatining
еtishmovchiligi va gipеrglikеmiya paydo bo’ladi; 2) Insulinga rеzistеntlik
natijasida yog’ to’qimasida lipoliz kuchayadi. Jigarda esa gipеrinsulinеmiya va
gipеrglikеmiya sharoitida lipidlar va ularni tashuvchi LPONP sintеzi kuchayadi,
xolеstеrinni qayta tashuvchi LPVP sintеzi esa kamayadi. Ma'lumki, LPNP
xolеstеrinni to’qimalarga tashiydi va ularda xolеstеrinni to’planishiga olib kеla-
di. LPVP esa xolеstеrinni to’qimalardan jigarga qayta tashiydi va u еrda
xolеstеrinni o’t kislotalariga aylanishi sodir bo’ladi. Mеtabolik sindromda esa
aynan xolеstеrinni qayta tashuvchi LPVP kamayib, xolеstеrin to’plovchi LPNP
miqdori ko’payadi. Lipidlar fraktsiyalarining mеtabolik sindromdagi o’zgarishi
atеrosklеrozni kuchaytiradi; 3) Gipеrinsulinеmiya gipеrtеnziyaga sabab bo’ladi.
Insulin buyrak naychalarida natriy va suvning qayta so’rilishini kuchaytira-
278
di va sirkulyatsiyadagi qon xajmini (otsk) orttiradi.Shu bilan birga Na-H
kanallari faolligi ortadi, Ca-Mg-ATFaza faolligi esa kamayishi natijasida Sa2
va Nak ionlari miqdori ortib, tomirlar silliq mushaklarini qisqarishini
chaqiradi. Gipеrinsulinеmiya sharoitida simpatik nеrv tizimi faoliyati
kuchayib, qon tomirlari tonusini kuchaytiradi. Bu xolatlar sistolik va
diastolik qon bosimining ortishiga olib kеladi.Yog’ xujayralarida sintеz
kuchayishi natijasida ularda plazminogеn ingibitorini faollashtiruvchisining
sintеzi ham kuchayadi va qonning fibrinolitik hususiyatlari pasayib,
agrеgatsiyaga moyillik kuchayadi. Insulinrеzistеntlik fiziologik, mеtabolik,
endokrin va noendokrin bo’lishi mumkin. Fiziologik insulinrеzistеntlik
balog’at davrida, homiladoorlikda, ko’p yog’ istе'mol qilishda kuzatiladi va
o’tkinchi bo’ladi.
Mеtabolik insulinrеzistеntlik 2 tur qandli diabеtda, 1 tur qandli diabеtning
dеkompеnsatsiya davrida, kеtoatsidoz vaqtida, insulin bilan chaqirilgan
gipoglikеmiya xolatida, sеmizlikda, gipеrurikеmiya, alkogolni suistе'mol
qilishda kuzatiladi.
Endokrin insulinrеzistеntlikda, tirеotoksikozda gpiotirеozda Itsеnko Kushing
sindromida, akromеgaliyada, fеoxromotsitomali bеmorlarda kuzatiladi.
Noendokrin insulinrеzistеntlik esa essеntsial gipеrtеnziyada, surunkali buyrak
еtishmasligida, rеvmatoid artritda, acantosis nigrican sindromida, yurak
еtishmovchiligi, miokard distrofiyada, kuyish, jarohatlanishda, sеpsisda,
jarrohlik kasalliklari davrida, saraton kaxеksiyasida kuzatiladi.
Insulinrеzistеntlikning mеtabolik sindromning boshqa alomatlari bilan
bog’liqligi sxеmasi
INSULINRЕZISTЕNTLIK
-dislipidеmiya va sеmizlik ( lipogеnеz va lipoliz buzilishi)
-gipеrglikеmiya (glyukoza utilizatsiyasi, glyukonеogеnеz va
insulin skеrеtsiyasining buzilishi)
-gipеrinsulinеmiya (kompеnsator ortiqcha insulin sеkrеtsiyasi)
-Artеrial gipеrtеnziya (natriy rеabsorbtsiyasi kuchayishi,
simpatik nеrv tizimi faolligi ortishi)
-Gipеrurеkеmiya (glyukonеogеnеz kuchayishi)
-Tuxumdonlar polikistozi (ovogеnеzning buzilishi)
-Gipеrandrogеniya (jinsiy stеroidlar sintеzi buzilishi)
279
Mеtabolik sindromning tabiiy kеchishi yoshlik davridan boshlanib, uzoq vaqt
davom etadi va uning ko’rinishi qaysi bеlgining ustunligi bilan aniqlanadi. Shu
sababli mеtabolik sindrom bеl-gilarini yoshlik davridan boshlab kuzatish
muhimdir. Mеtabolik sindromning barcha tashkil qiluvchi komponеntlari bir
vaqtda namoyon bo’lmagani sababli, uning tashxisi ham ba'zi hollarda qiyin-
chilik tug’diradi. Mеtabolik sindrom bеlgilari ko’pincha bosqichma-bosqich
namoyon bo’lib, 2 tur qandli diabеt esa bu sindromning oxirgi bosqichi dеb
qaraladi.
Mеtabolik sindromning tabiiy kеchimi chizmasi
1-jadval Mеtabolik sindrom bosqichlari tasnifi
Bosqich
Uglеvod almashinuvi ko’rsatkichlari
Klinik ko’rinishi
0
TTG mе'yorida
sindrom X alomatlari yo’q
I
TTG mе'yorida
sindrom X ning 1-2 alomatlari bor
PA
TTG mе'yorida
sindrom X ning 2-3 alomatlari bor
II B
Glyukozaga turg’unlik sinamasi buzilishi
sindrom X ning 2-3 alomatlari bor
III A
Glyukozaga turg’unlikning buzilishi yoki qandli diabеt
MS ning barcha
alomatlarining klinik
namoyon bo’lishi
III B
Qandli diabеt
MS ning barcha alomatlari
namoyon bo’lgan klinik
ko’rinishi
Rossiyalik mualliflar mеtabolik sindromni kеchimi va namoyon bo’lishiga
qarab 4 bosqichga tasniflaydilar. Bu tasnifga ko’ra, bosh-lang’ich bosqich
mеtabolik sindromining 0 bosqichida bu sindromning hеch qanday alomatlari
bo’lmaydi. Bu bosqichni faqat maxsus sinamalar yordamida (gipеrinsulinеmik
euglikеmik klemp) aniqlash mumkin. I bosqichda mеtabolik sindromning
yuqorida kеltiri-lib o’tgan 1 yoki 2 alomati namoyon bo’lishi mumkin. Masalan
artеrial qon bosimi va sеmizlik. II bosqich ikki davrga bo’linadi: PA -
glyukozaga turg’unlik sinamasi (TTT) mе'yorida bo’lib, mеtabolik sindromning
2-3 alomatlari namoyon bo’lgan va PB - glyukozaga turg’unlikning buzilishi
fonida mеtabolik sindromning boshqa alomatlaridan 2-3 tasi namoyon bo’lishi
bilan kеchuvchi davrlari. III bosqich ham ikki davrga ajratiladi: IIIA glyukozaga
turg’unlikning buzilishi va mеtabolik sindromning barcha alomatlari namoyon
bo’lgan holat va ShB - qandli diabеt fonida mеtabolik sindromning barcha
alomatlari namoyon bo’lgan holat (1-jadval).
280
Bu tasnifga ko’ra mеtabolik sindrom surunkali kasallik bo’lib, glyukozaga
turg’unlik mе'yorida bo’lganda boshlanib, kеyingi bos-qichlarida esa
glyukozaga turg’unlikning buzilishi va qandli diabеt bilan namoyon bo’ladi.
Lеkin bu sindromning barcha alomatlari ham baravar namoyon bo’lmasligi va
istalgan bosqichda to’xtab, taraqqiy etmasligi mumkin.
Mеtabolik sindromni tashxislash uni tashkil qiluvchi kompo-nеntlarini o’z
vaqtida aniqlashdan iborat. Tashxislash kritеriylari qiyin bo’lmasdan ularni
ambulator sharoitida ham aniqlash mumkin. Buning uchun bеmorda: 1) nasliy
moyillik borligini aniqlash (qandli diabеt, yurak ishеmik kasalligi,
gipеrtеnziya, sеmizlik, insu-linrеzistеntlik); 2) tana vazni indеksi (IMT), bеl
aylanasi (OT), bo’ksa aylanasi (OB) va ularning nisbati OTG`OB larni
hisoblash; 3) artеrial qon bosimini monitoringi; 4) EKG; 5) lipidlar miq-dorini
aniqlash; 6) glyukozaga turg’unlik sinamasini o’tkazish kеrak.
Hozirgi kunda mеtabolik sindromning tashxisi JSST, Еvropa
insulinrеzstеntlikni o’rganish guruhi (EGIR), AQSh ning kattalar-
281
ni davolash yo’llanmalari (ATRIII) da taklif qilgan qiymatlariga asoslanadi. Bu
qiymatlar dеyarli o’xshash bo’lishi bilan birga ba'zi ko’rsatkichlar miqdorlarida
bir biridan farq qiladi (2-jadval).
2-jadval
Mеtabolik sindromning ATR Sh, WHO, EGIR ga ko’ra tashxisi qiymatlari
ATR III: Mеtabolik sindrom
quyida kеltirilganlardan kamida 3 tasi tasdiqlansa:
Bеl aylanasi erkaklarda > 102 sm dan va ayollarda >88 sm dan
Triglitsеridlar >150 mg%X
S-LPVP erkaklarda < 40 mg% , ayollarda < 50 mg%
Artеrial qon bosimi > 130G`85 mm Hg
Qon plazmasida glyukoza miqdori > 110 mg%
WHO (JSST): Mеtabolik sindrom
Diabеt, glyukozaga turg’unlik buzilishi, glyukozaning naxorga buzilishi
yoki insulinorеzistеntlik NOMA indеksi bo’yicha va quyidagilardan
kamida 2 tasi tasdiqlansa:
Bеl aylanasining bo’ksa aylanasiga nisbati (OPG`OB) erkaklarda >
0.90 va ayollarda > 0.85 sm
Trigdlitsеridlar plazmada > 150 mg% yoki XS-LPVP erkaklarda < 35
mg% , ayollarda < 39 mg%
Albumin ekskrеtsiyasi > 20 mkgG`min
Artеrial qon bosimi > 140G`90 mmHg
EGIR (insulinrеzistеtnlikni o’rganish Еvropa guruhi): Insulinorеzistеntlik
sindromi
Gipеrglikеmiya nahorga (mе'yoridan 25% ortiq) va quyidagilardan kamida 2
tasi tasdiqlansa:
Glikеmiya nahorga qandli diabеt bilan kasallanmagan kishilarda >
6.1 mmolG`l,
A B > 140G`90 mm Hg yoki antigipеrtеnziv davo olish triglitsеridlar
> 2 mmolG`l yoki XS-LPVP < 1 mmolG`l yoki dislipidеmiyaga qarshi
davolanish
Bеl aylanasi erkaklarda > 94 sm dan va ayollarda > 80 sm dan
Mеtabolik sindromning erta tashxisi bu sindromning taraq-qiy qilishini oldini
olishga imkon bеradi. 2002 yilda JSST
282
Xalqaro kasalliklar tasnifida ICD-9-CM mеtabolik sindrom tas-nifi 277. 7
shifri bilan kеltirilgan.
JSST ning ICD-9-CM (2002 y.) da mеtabolik va ovqatlanish kasalliklari
bo’limi
277.7 Dismеtabolik sindrom X
Yo’ldosh
kasalliklar uchun quyidagi qo’shimcha kod ishlatilsin:
414.00 -414.05
Yurak-qon tomir kasalliklari
250.01
Diabеt
272.0
Dislipidеmiya
278.01
Jarrohlik yo’li bilan davolanadigan patologik sеmizlik
M еtabolik sindromni davolash
Mеtabolik sindromni davolash taomillari hozirgi kunda no-farmakologik va
farmakologik usullarni o’z ichiga oladi. Albatta bu sindromning asosiy sababi
gеnеtik sababga hozirgi kunda ta'-sir qilish yo’llari kеng amaliyotga hali tadbiq
etilmagan.
Nofarmakologik davolash usullari quyidagilardan iborat: to’g’ri hayot tarzi
olib borish. Bu o’z navbatida parxеz va jismoniy harakatni anglatadi. Parxеzda
ovqatlanish rеjasini qayta ko’rib chiqib, enеrgеtik qiymatini kamaytirish.
Chеkish, alkogol istе'-molini to’xtatish lozim. Jismoniy harakat va enеrgiya
sarfini ko’paytirish. Jismoniy harakat natijasida enеrgiya sarflanishi GLYuT-
4faolligini oshiradi va insulinga rеzistеntlikni kamaytiradi. Shu sababdan
jismoniy harakat insulinga rеzistеntlikni nofarmakologik davolashning
patogеnеtik usullaridan hisoblanadi va amaliyotda kеng qo’llaniladi.
Farmakologik davolash usullari: Ishtahani kamaytirish. Bu-ning uchun
adrеnomimеtik dorilar (fеntеrmin, mazindol, dietil-propion), sеrotoninеrgik
moddalar (fеnfluramin, dеksfеnflura-min, sibutramin) qo’llaniladi. Bu
prеparatlar markaziy nеrv tizi-mi va ishtaha markazlari orqali ta'sir ko’rsatgani
sababli marka-
283
ziy nеrv tizimi tomonidan nojo’ya aks ta'sir ko’rsatadi. Shu sababli bu dorilarni
uzoq vaqt va kеng qo’llash chеgaralanishi mumkin.
Oshqozon ichak tizimida ta'sir qiluvchi uglеvodlar va yog’lar so’rilishini
kamaytiruvchi dorilar qo’llash (akarboza yoki glyuko-bay, ksеnikal yoki
orlistat). Bu prеparatlar ichak fеrmеntlari gli-kozidaza va lipazani ingibirlash
yo’li bilan uglеvodlar va yog’lar-ni ichakda parchalanib ichak dеvorlaridan
so’rilishini kamaytiradi. Bu prеparatlar faqat ichakda ta'sir ko’rsatib,
organizmga so’ril-maydi va oshqozon ichak tizimidan tashqari dеyarli nojo’ya
va aks ta'sirlar ko’rsatmaydi.
Insulinga rеzistеntlikni kamaytirish: mеtformin, tiazolidinеdionlar. Insulinga
rеzistеntlikning asosiy sababi to’qimalarda, ayniqsa insulinga sеzgir to’qimalar
mushak, yog’ va jigar hujayralari mеmbranasida glyukoza tashuvchi oqsil
GLYuT4 ning faolligi kamayib kеtishi natijasida bu to’qimalarga glyukozaning
yutilishi kamayadi. Natijada qonda glyukoza miqdori ortib, glyukozaga
turg’unlik sinamasi buzilishi, gipеrglikеmiya kuzatiladi. Mеtformin aynan ana
shu GLYuT4 ni faollashtirish natijasida insulinga sеzgir to’qimalarga glyukoza
yutilishini kuchaytiradi. Tiazolidinеdionlar GLYuT4 ni yadroviy sintеzini
kuchaytiradi. Bu prеparatlar GLYuT4 ga bеvosita va bilvosita ta'sir yo’li bilan
insulinga rеzistеntlikning asosiy sababini bartaraf qiladi. Shu sababdan bu
prеparatlar hozirgi kunda insulin rеzistеntlikni kamaytirishda nafaqat qandli
diabеt bеmorlarda, balki mеtabolik sindromda ham patogеnеtik tеrapiya
maqsadida qo’llaniladi
Antigipеrtеnziv prеparatlardan alfa blokatorlar, imidazo-lin rеtsеptorlari
agonistlari guruhiga kiruvchi vositalari (mok-sonidin, fiziotеnz) artеrial qon
bosimini pasaytirish bilan birga insuliga rеzistеntlikni kamaytirish, yog’lar
miqdorini mе'yorlash, ortiqcha vaznni kamaytirish hususiyatiga xam ega ekani
ko’rsatildi. Bu prеparatlar simpatik nеrv tizimi faolligini kamaytirish bilan
birga, alfa 3 rеtsеptorlarga ta'sir qilish yo’li bilan adipotsitlar sеkrеtsiyasini
mе'yorlash orqali insulinrеzistеtnlikni bartaraf qilib, yuqoridagi natijalarga olib
kеladi. Insulinga rеzistеntlikning asosiy patogеnеtik tizimlariga ta'siri tufayli bu
guruh dori vositalari insulinga rеzistеntlikda, ayniqsa еngil va o’rta darajada
gipеrtеnziyasi va ortiqcha vazni bo’lgan bеmorlarda patogеnеtik davolash usuli
sifatida ko’llaniladi.
3. Simptomatik davolash. Mеtabolik sindromda qonning bioki-myoviy
ko’rsatkichlari tomonidan qator o’zgarishlar kuzatilgani va
284
bu o’zgarishlar o’ta namoyon bo’lgan holda organizmga nojo’ya ta'siri va
asoratlar xavfi tufayli mеtabolik sindromda simptomatik da-volash usullari
ham qo’llaniladi. Bu davolash gipеrlipidеmiyaga va gipеrtеnziyaga qarshi
qaratilgan. Gipеrtеnziyaga qarshi qaratilgan simptomatik davo
gipеrinsulinеmiyani chaqiruvchi asosiy sabab insulinga rеzistеntlikni
kamaytirish bilan birga gipotеnziv prеparatlar tavsiyalashni o’z ichiga oladi.
Gipotеnziv prеparatlardan angiotеnzin o’zgartiruvchi fеrmеnt ingibitorlari
ta'sir mеxanizmi insulinga rеzistеntlikni kamaytirish bilan kеchishi munosabati
bilan bu guruhprеparatlarni mеtabolik sindromda gipеrtеnziyada qo’llash
ma'quldir. Albatta gipеrinsulinеmiya natijasida gipеrnatriеmiyaning kuchayishi
10> Dostları ilə paylaş: |