səhifə 3/21 tarix 02.01.2022 ölçüsü 1,53 Mb. #38946
Lyuks
2. I yorug‘lik kuchi yorug‘lik manbayidan fazoviy burchak bo‘ylab tarqalayotgan yorug‘lik oqimining shu fazoviy burchakka nisbati bilan aniqlanadi:
I = Φ/ Ω (3.1)
Yorug‘lik kuchining SI dagi birligi – kandela (cd) (lotincha candela – sham so‘zidan olingan) asosiy yorug‘lik birligi hisoblanadi.
1 cd – 540•1012 Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan manbaning energetik kuchi 1/683 W/sr bo‘lgan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi.
Agar to‘la fazoviy burchak 4π sr ga tengligini nazarda tutsak ,
I = Φ/4π (3.2)
ni hosil qilamiz.
Agar (3.1) dan yorug‘lik oqimini aniqlasak ,
Φ = I · Ω (3.3)
ni olamiz.
Topilgan ifoda yordamida yorug‘lik oqimining SI dagi birligi lumenni (lm) aniqlash mumkin.
Lumen – 1 sr burchak bo‘ylab 1 cd yorug‘lik kuchiga teng nurlanish chiqaradigan nuqtaviy manbaning yorug‘lik oqimi.
Dostları ilə paylaş: